Iqtidorli talabalar bilan ishlash

Universitetda iqtidorli talabalar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limining yillik ish rejasi tasdiqlangan bo‘lib, ishlar ana shu reja asosida amalga oshirilib kelinmoqda.  

Fan olimpiadalari 11 ta umumkasbiy fanlaridan va 17 ta mutaxassislik fanlaridan bo‘lib o‘tdi. Olimpiadaga 31 ta professor-o‘qituvchilar tashkiliy qo‘mita a’zolari  sifatida, 118 nafar  professor-o‘qituvchilar rahbar sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, jami 145 ta talaba ishtirokchi sifatida qatnashdi.

Shundan 28 nafar talaba Fan olimpiadasining II bosqichida mutaxassislik va umumkasbiy fanlar bo‘yicha ishtirok etdi. Ulardan pedagogika-psixologiya fakulteti talabasi 3-kurs Jumayeva Gulhayo pedagogika fani bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni, fizika-matematika fakulteti 3-kurs talabasi Musurmonova Shahlo matematika fani bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 30-iyuldagi “Menejer” loyihasi doirasidagi tanlovlarda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi 276-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida universitetning 13 nafar talabasi tanlovda ishtirok etdi.

Universitet iqtidorli talabalari orasida 2013-2014-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Davlat stipendiyalariga tanlovning 1-bosqichi o‘tkazildi.  Unda barcha tashkiliy ishlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 4-iyundagi 87-04-933-sonli modemogrammasiga binoan olib borildi. E’lonlar o‘z vaqtida barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha fakultetlarga yetkazildi. Fakultet dekanlari tomonidan a’lochi, jamoatchi va dunyoqarashi keng talabalarning nomzodlari tavsiya etildi. Tanlovda ishtirok etishni xohlab hujjat topshirgan 18 nafar talaba O‘zbekiston tarixi, chet tili (ingliz, nemis) hamda informatika fanlaridan 100 balli tizimda sinovdan o‘tkazildi. Universitet rektorining  buyrug‘i asosida tuzilgan imtihon komissiyasi tomonidan sinov imtihonlarini o‘tkazish jarayonida adolatlilik prinsiplariga qat’iy amal qilindi. Sinovda yuqori natija ko‘rsatgan 1 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga, 7 nafar talaba esa Davlat stipendiyalari Respublika bosqichida ishtirok etish uchun saralab olindi va ularning hujjatlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi komissiyaga taqdim etildi.

Ulardan uch nafari – roman-german filologiyasi fakulteti,nemis-tili yo‘nalishi  4-kurs talabasi Nodirova Maftuna va ingliz tili yo‘nalishi 3-kurs talabasi Mahmudova Umida Navoiy  nomidagi, fizika-matematika fakulteti matematika yo‘nalishi 4-kurs talabasi Xalilov Akbar Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyasiga munosib topildi.

Davlat stependiyalari sohiblari ro‘yxati

 №

 Talabalarning

 F.I.O

 Fakulteti nomi va kursi

 Stipendiya turlari

  1.

 Xalilov Akbar

 Matematika yo‘nalishi, 4-kurs

 M.Ulug‘bek

  2.

 Nodirova Maftuna

 Nemis tili yo‘nalishi, 4-kurs

 Navoiy

  3.

 Mahmudova Umida

 Ingliz tili yo‘nalishi, 3-kurs

 Navoiy

 Fan olimpiadasi sovrindorlari

 №

 F.I.SH

        Yo‘nalishi

 Kursi

 O‘rin

   1.

 Jumayeva Gulhayo

     Pedagogika

 4-kurs

 1-o‘rin

   2.

 Musurmonova Shahlo

     Matematika

 4-kurs

 3-o‘rin

 

JoomShaper