Chet el grantlari bo‘yicha bajarilgan ishlar

  

Qarshi davlat universiteti chet el grantlari bo‘yicha faoliyati - xalqaro loyihalar doirasida TEMPUS IV dasturining “QAPD” loyihasi, Koreyaning KOICA tashkilotining “Volontyorlar dasturi”, Buyuk Britaniyaning (British Council)  “PRESETT dasturi”, Koreyaning KOICA tashkilotining “Volontyorlar dasturi”, Buyuk Britaniyaning (British Council) “PRESSETT dasturi”, Germaniya elchixonasiga qarashli Toshkendagi Gyote instituti, Fransiya elchixonasiga qarashli Fransiya instituti yordamida tashkil etildi. Universitet 2013-yilda quyidagi loyiha  ishlarini amalga oshirdi:

1.Tempusning O‘zbekistondagi ofisining 2011-yil 11-avgustdagi xatiga asosan Qarshi davlat universiteti TEMPUS dasturining 4-konkursida 516996-TEMPUS-1-2011-1-GB-TEMPUS SMGR «QAPD: Yetakchi akademik liderlarning kasbiy malakasini oshirish orqali ta’limda sifat tizimini takomillashtirish» loyihasida ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. Loyiha sovrindori  Buyuk Britaniyaning London Metropoliten Universiteti hisoblanib, uning  umumiy budjeti 869.611 yevroni tashkil etdi. Loyihaning muddati 3 yil (2011- 2014-yy). Hamkorlar JIDU, SamDCHTI, SamISI, BuxDU va Yevropa OTMlaridan London Metropoliten Universiteti (Buyuk Britaniya), Peloponnessa Universiteti (Gretsiya), Vitautas Magnus Universiteti (Latviya), Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qarashli British Council tashkiloti hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Ushbu loyiha rejasi bo‘yicha 2013-yilda ko‘plab tadbirlar tashkil etildi. Reja asosida 2013-yilning 29-31-yanvar kunlari Angliyaning London Metropoliten universitetida hamkor universitetlar rektorlari Soveti o‘tkazildi. Rektorlar sovetida loyihaning bajarilishi haqida batafsil ma’lumotlar loyiha hamkorlari - Vitautas Magnus universiteti prof. Vayva Zizuvechute, O‘zJIDU koordinatori dots. G.N.Irmuxammedova va loyiha grantxolderlari tomonidan, ya’ni prof.Aleks Kruglov, prof. D.Uorren tomonidan 3 kun davomida seminar-treninglarda ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari ta’lim sifati bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etildi. Buyuk Britaniyaning yetakchi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

2.Koreya elchixonasiga qarashli KOICA tashkiloti  bilan hamkorlik 21-yanvarda 2010-yilda shartnoma tuzilgan bo‘lib, hozirga qadar universitetda 6 ta volontyor faoliyat ko‘rsatdi, ya’ni 5 ta koreys tili bo‘yicha  - Park Jungeun, Li Jeongyun, Park Eun Suk, Cho Gyongxva, Xvan Dok Ran va kompyuter texnologiyalari bo‘yicha  1 ta – Kim Xyon Djin.

3.Germaniya elchixonasiga qarashli Gyote instituti bilan universitetning hamkorligi 2002-yildan buyon davom etib kelmoqda. Gyote instituti tomonidan  universitetning nemis tili bo‘limiga o‘quv darsliklar, professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv seminarlar, stipendial dasturlar doirasida konkurslar o‘tkazilgan.

4.Universitetning Fransiya elchixonasiga qarashli Fransiya instituti bilan hamkorligi 2001-yildan buyon davom etib kelmoqda. Fransiya instituti tomonidan  universitetning fransuz tili bo‘limiga o‘quv darsliklar, professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv seminarlar, stipendial dasturlar doirasida konkurslar o‘tkazilgan.

 

Xorijiy hamkorlar bilan amalda tuzilgan shartnoma, bitim, memorandum va protokollar

 

Xorijiy hamkor

Mamlakat, shahar

Hujjat turi va to‘liq nomi

Imzolangan kuni va joyi

Amal qilish muddati

1

Koica tashkiloti

Koreya Respublikasi

QarDU va Koica tashkiloti o‘rtasida ikki tomonlama shartnoma

 2010-yil yanvar QarDU

yanvar 2010 may 2015

2

Xalqaro Tinch okeani kolleji

 

Yangi Zellandiya

QarDU va Yangi Zellandiyaning Xalqaro Tinch okeani kolleji o‘rtasida ikki tomonlama shartnoma

2011-yil iyun QarDU

2014yil 21 iyundan

3

Angliyaning London Metropoliten universiteti

 

Buyuk Britaniya

QarDU va London Metropoliten o‘rtasidagi ikki tomonlama memorandum

2011-oktabr Toshkent

2014-yil

14-oktabr

gacha

4

Gretsiyaning Peloponessa  universiteti

 

Gretsiya

QarDU va Gretsiyaning Peloponez universiteti o‘rtasida ikki tomonlama memorandum

2011-oktabr Toshkent

2014-yil

14-oktabr

gacha

5

Latviyaning Vitautas Magnaus universiteti

 

Latviya

QarDU va Latviyaning Vitautas Magnaus universiteti o‘rtasida ikki tomonlama memorandum

2011-oktabr Toshkent

2014-yil

14-oktabr

gacha

 

JoomShaper