Ilmiy bo'lim

 Ilmiy bo‘lim haqida ma’lumot

Ilmiy bo‘lim universitetda quyidagi yo‘nalishlarda bajariladigan ishlarni nazorat qiladi:

  • Kafedralarda Respublikamizning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish; 
  • Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil-izlanuvchilar institutlari faoliyatini nazorat qilish; 
  • Universitet professor-o‘qituvchilarining Davlat grantlari (fundamental, amaliy va innovatsiya) tanlovida ishtirokini ta’minlash va nazorat qilish; 
  • Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida doimiy ishtirokini ta’minlash hamda tuzilgan shartnomalarning ijrosini nazorat qilish; 
  • Kafedralarning korxona va tashkilotlar bilan korporativ hamkorlik bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish; 
  • Kafedralarda servis xizmat ko‘rsatish orqali mablag‘ topish. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni rag‘batlantirish borasida qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-916-sonli, 2010-yil 2-noyabrida “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-1426-sonli, 2011-yil 20-maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash choralari to‘g‘risida” gi PF-1533-sonli,  2012-yil 24-iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi PF-4456-sonli farmoni, O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 365-sonli qarori asosida Qarshi davlat universitetining barcha kafedralarida 2011-2014-yillarga mo‘ljalangan ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish dasturi va ustuvor yo‘nalishlari shakllantirilib, kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari ana shu dastur va yo‘nalishlar doirasida olib borilmoqda. Fanning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kafedralarning assistent o‘qituvchilarini katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar instituti orqali ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilinmoqda. Shu bilan birgalikda talabalar ham 2-kursdan boshlab ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilinmoqda.

Keyingi 3 yilda iqtidorli  talabalar bo‘limi faoliyat olib bormoqda. Unda 300 dan ortiq talabalar jalb qilingan. Har yili iqtidorli talabalar, magistr va aspirantlarning an’anaviy ilmiy konferensiyasi o‘tkazilmoqda. Shularning natijasi o‘laroq har yili 5 nafar talabalar atoqli davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritib kelmoqda.

Ilmiy bo‘lim tuzilishi: Ilmiy bo‘lim tasarrufiga katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti, iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi va universitet kichik bosmaxonasi kiradi.

Ilmiy ishlar prorektori biologiya fanlari doktori, professor: Yoziyev Lutfullo Habibullayevich

Ilmiy bo‘lim boshlig‘i:  Karimov Bahodir Safarovich

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i:  Omonov Oybek

 
Universitetda davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan tadqiqot ishlarining natijalari haqida ma’lumot

2013-yilda universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta amaliy tadqiqotlar loyihalari amalga oshirildi. Ularning umumiy qiymati joriy yilda – 92 mln 25 so‘mni tashkil etgan.

Joriy yilda universitetda bajarilayotgan 2 ta grant loyihalarida 17 nafar xodim qatnashdi. Ularning  4 tasi iqtidorli talaba va magistrlar. Bajarilayotgan 12 ta xo‘jalik shartnomalarida 42 nafar xodim qatnashadi. Ularning  7 nafari iqtidorli talabalar va magistrlardir. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, olingan ilmiy natijalar asosida 3  ta monografiya, 10 ta o‘quv qo‘llanmasi, mahalliy va xorijiy jurnallarda jami 76 ta maqola hamda xorijiy va mahalliy anjumanlarda jami 221 ta tezislar chop ettirilgan.

1-ilova 

Bajarilishi 2012-2014-yillarga mo‘ljallangan amaliy ilmiy-tadqiqot  dasturlari doirasida bajarilayotgan grant loyihalari haqida ma’lumot 

Loyiha raqami va nomi

Loyiha rahbari

Loyiha summasi, ming so’m 

Amaliy loyihalar

 1.

 ITD-9-18 “Yuksak manzarali ekzotik daraxt, butalar  va noyob gullarni Qarshi sharoitiga introduksiya  qilish, ularni ko‘paytirish metodlari va parvarishlash  agrotexnikasini ishlab chiqish”

 Yoziyev L.H.

 

 49080

 

 2.

 ITD -4-15 -Noan’anaviy energiya manbalaridan  foydalanib ishlaydigan kombinatsiyalashgan quyosh  qurilmasi “Issiqxona-suv chuchutgich-meva sabzavot  omborxona”.

 Vardiyashvili  A.B.

 

 42945

          Jami

 

 92025

 Iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilayotgan xo‘jalik shartnomalari

Joriy yilda universitetimiz kafedralari tomonidan xo‘jalik shartnomalari, servis xizmati ko‘rsatish bo‘yicha hamda homiy tashkilotlar bilan 350 mln so‘mlik shartnomalar tuzilib, ushbu shartnomalar asosida universitet hisob raqamiga jami 58 mln  so‘mdan ortiq mablag‘lar tushirildi, shundan 8 mln so‘mi xo‘jalik shartnomalari asosida, 50 mln so‘mi servis xizmatlari orqali amalga oshirildi. Bu asosan universitetdagi mavjud 38 ta kafedraning 23 tasida amalga oshirildi.

   

          Qarshi davlat universitetida 2011-2013 -yillarda amalga oshirilgan xo‘jalik shartnomalari va servis xizmatlaridan tushgan pul tushumlari (ming so‘m)

 

Ilmiy maqola, monografiya, o‘quv qo‘llanma va darsliklar chop etish

Universitet professor-o‘qituvchilari, aspirant va mustaqil tadqiqotchilari tomonidan o‘tgan 2013-yilda 6 ta darslik, shundan 1 tasi elektron o‘quv darslik, 9 ta monografiya, 2 ta risola, 50 ta  o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi (jadval). Bulardan tashqari xalqaro jurnallarda 32 ta, respublika miqyosidagi jurnallarda 103 ta hamda viloyat va universitet miqyosidagi jurnal va to‘plamlarda 138 ta ilmiy maqolalar, xalqaro miqyosdagi o‘tkazilgan ilmiy-amaliy va ilmiy-nazariy anjumanlar materiallarida 102 ta, respublika miqyosida 543 ta hamda universitet miqyosidagi konferensiya materiallarida 291 ta tezislar chop qilindi. Umumiy olganimizda, universitetimiz professor-o‘qituvchilari jami 1209 ta ilmiy maqola va tezislar chop qildirishdi. Bu ko‘rsatkichlar universitetda ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashishi uchun xizmat qiladi.

JoomShaper