Marketing bo'limi

Bo’lim tarkibi: 

Bo’lim boshlig’i:    

Katta nazoratchi:  U. Axmedov

Nazoratchi:            Sh. Raximova

Nazoratchi:            M. Negmatillayeva 

Bo’lim xodimlar soni talabalar kontengentiga bog’liq holda 2-4 kishidan iborat bo’lib, unga rahbarlikni boshliq amalga oshiradi. Xodimlarning shtat jadvali rektor tomonidan tasdiqlanadi. Bo’lim xodimlarining ish haqi (razryadi) universitetning umumiy smetasi doirasida hal qilinadi va bo’limning ish natijalariga ko’rа byudjet mablag’ hisobidan 50 % gacha qo’shimcha haq belgilash huquqiga ega. 

Marketing  xizmati bo’limi  inspektorlari vazifalari

Bo’lim boshlig’i:

  1. Respublika va tegishli hududlar (viloyatlar) iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi ta’lim yo’nalishlari yoki mutaxassislarni ochish, shuningdek  ta’lim bozori talablariga javob bermaydiganlarni to’xtatish bo’yicha tayyorlangan takliflarni tahlil qilish va vazirlikning tegishli bo’limlariga taqdim etish.

  2. Talabalar qabuli ko’rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar)ning mavjud ta’lim yo’nalishlari yoki mutaxassisliklarga bo’lgan talablari (buyurtmalar)ni hisobga olgan holda davlat grantlari va to’lov-kontrakt bo’yicha joriy va istiqbolli «buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish.

  3. Universitet bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo’yicha komissiyasini tashkil etish, taqsimot komissiyasi tomonidan ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo’lgan real  ehtiyojlariga muvofiq bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini (dastlabki,aniqlashgan) ishlab chiqish vа yakuniy taqsimotni o’tkazib, uning natijalari bo’yicha bitiruvchilarning shahsiy taqsimot qaydnomasini tuzish hamda umumlashtirish.

  4. Yangi o’quv yili qabul rejasining bajaralishi (davlat grantlari va to’lov-kontrakt bo’yicha qabul rejasi, tushgan arizalar, konkurs, qabul qilingan talabalar soni, ularning kurslari, ta’lim yo’nalishlari bo’yicha (mutaxassisliklar) bo’yicha taqsimlanishi, o’qitish tillari vа ҳ.к.) haqida ma’lumotlar bankini yaratish.

  5. Bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha talabalarning kasbiy mahoratini oshirish vа bitiruvchilarni ishga taqsimlash borasida universitetning tegishli bo’linmalari (turli-ilmiy uslubiy kengashlar, ilmiy, o’quv-uslubiy bo’linmalar, fakultetlar, kafedralar ҳ.к.) bilan hamkorlik qilish, ular tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va baholashda ishtirok etish, marketing siyosatini amalga oshirishda barcha tegishli bo’linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish.

To’lov-shartnoma asosida o’qiydigan talabalar bilan shartnomalar rasmiylashtirish va nazorat qilish  inspektorlari vazifalari

  • Korxona, muassasa, tashkilotlar, jismoniy shahslar bilan mutaxassislar tayyorlash bo’yicha kontraklarni rasmiylashtirish.

  • To’lov-shartnoma asosida o’qiyotgan talabalar bilan o’qish bo’yicha xarajatlar farqi hisob-kitobini olib borish (tegishli meyoriy xujjatlar asosida).

  • To’lov-shartnoma asosida o’qiyotgan talabalar bilan o’qish bo’yicha xarajatlarni o’z vaqtida to’latish ishlarini amalga oshirish (dekanlar bilan hamkorlikda).

  • Xalqaro marketing bo’yicha ishlarni olib borish hamda mahalliy va xorijiy jamg’armalar, dasturlardan foydalanish, loyihalar tayyorlashda ishtirok etish.

  • To’lov-shartnoma asosida o’qiyotgan talabalar soni bo’yicha ma’lumotlar tayyorlash (ishchi reja аsosidа, kadrlar bo’limi bilan birgalikda).

Yosh kadrlar bilan ishlash  inspektorlari  vazifalari

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-2006 o’quv-yilida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul tog’risida”gi 2005 yil 2 iyun PQ-92-sonli qaroridagi barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha davlat granlari asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini kamida uch yil ishlab berish sharti bilan ta’lim muassasalarigа, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash borasidagi  vazifalarni o’z vaqtida bajarish va nazorat qilish.

  • Universitetda  tayyorlanayotgan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasа ва tashkilotlarning extiyojini fakultetlar, kafedralar va ma’muryat bilan o’rganish asosida ma’lumotlar bankini shakllantirish.

  • Mehnat bozori konyukturasini o’rganish, qabul ko’rsatkichlariga taklifni , istemolchilarning bitiruvchilarga bo’lgan real buyurtmalari asosida shakllantirish, talabalar kontengenti, bitiruvchilarning ishga joylashtirish to’g’risidagi respublika ma’lumotlar bazasini tashkil etishga doir xujjatlarni o’z vaqtida  Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etish (rahbaryat bilan kelishgan holda).

  • Davlat granti asosida qabul qilingan bakalavr va magistrlar bilan o’qishni bitirgandan so’ng ta’lim muassasalarida yoki korxonalarda kamida uch yil ishlab berish haqida shartnoma tuzish (bir oy ichida) bitiruvchilarni xohish istagini inobatga olgan holda.

  • Davlat granti asosida bitirgan yosh mutaxassislarni respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlarida samarali foydalanish uchun ularni o’z vaqtida ish bilan taminlashga ko’maklashish (rahbaryat bilan).

  • Ishga yo’llangan talabalarning mehnat sharoitlari va shartnoma talablarini bajarilishi yuzasidan arizalarni prorektorlar yordamida ko’rib chiqish va yechim qabul qilish.

  • Bitiruvchi talabalarga bo’lg’usi ish o’rni to’g’risida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni o’tkazishni tashkil etish (rahbaryat yordamida).

  • O’tgan o’quv yili bitiruvchilarini ishga joylashganligi to’g’risida ma’lumotlar tayyorlash.

    Bakalavriyat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha bitiruvchilari haqida
    ma'lumot

    Qarshi davlat universiteti 2015-2016 o‘quv yilida bakalavriat va magistratura bitiruvchilarga Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi va O‘rta maxsus Kasb-xunar kollejlari boshqarmasiga qarashli ta’lim muassasalarida bo‘sh ish o‘rinlarga kelib tushgan talabnomalar  haqida
    M A ’ L U M O T

JoomShaper