Malaka oshirish markazi

Markaz boshlig'i:  t.f.n., dotsent

Maxamov Xo'jaxmat Tavashovich

Telefon: (+99895) 506-44-28

Elektron manzil: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

Qarshi Davlat universiteti qoshidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi 1999 yil 9 aprelda tuzildi. 2010 yilning mart oyida Markaz huzurida “Umumta’lim fanlari” kafedrasi tashkil topdi. Hozirgi paytda kafedrasi 2 ta professor, 9 nafar dotsent, 6 nafar katta o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.

Markaz Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim boshqarmalari-ning akademik litseylari va kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlari malakasini oshirish, qayta tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shib kelayotir. Mazkur markaz ish boshlagandan buyon zikr etilgan soha vakillaridan 4675 kishi malakasi oshirildi, 2217 kishi qayta tayyorlash dasturini bajardilar. 

Malaka oshirish va qayta tayyorlash tinglovchilari bilan kasbiy bilimlari, mahorati va ko‘nikmalari bo‘yicha suhbatlar o‘tkaziladi va guruhlar tashkil etiladi. O‘z fanini qay darajada bilishi, ma’naviy, madaniy, iqtisodiy va huquqiy savodxonligini aniqlash bo‘yicha kirish - chiqish testlari o‘tkaziladi. Ularga kasbiy malakalarini oshirishning zamonaviy usullarini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy bilimlari, mahorati va ko‘nikmalarini uzluksiz yangilab borish yo‘llari o‘rgatiladi. Ular tegishli maslahatlar olib shaxsiy vazifalarini belgilaydilar, o‘z fanlari bo‘yicha ma’ruza matnlarini tayyorlash yoki laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishning yangicha interfaol usullarini yaratishga kirishadilar.

O‘quv jarayonida zamon talablariga javob beradigan, buyurtmachi ta’lim muassasa-larining fikr-mulohazalari, o‘quv reja-lari va ta’lim dasturlari majmuasi asosida professor-o‘qituvchilar tomoni-dan markazdagi mavjud yo‘nalishlar bo‘yi-cha yaratilgan o‘quv metodik majmualar va elektron ta’lim resurslaridan keng foydalaniladi

 

 

 

 

Malaka  oshirish va qayta tayyorlash markazi olimlari ijodidan namunalar 

JoomShaper