"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati

   

 

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkilotining rahbar organi

 

         

                                                               G‘aniyev Otabek Ismatovich  

          “Kamolot” Y.I.H Qarshi davlat universiteti B.T yetakchisi Qarshi davlat universiteti talabasi

 

 

 

       “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti 

Boshlang‘ich tashlilotning maqsad va vazifalari:

Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi – ta’lim muassasasidagi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlariga jalb qilish, ularning huquq, erkinlik va manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy, ma’rifiy va intellektual darajasini yuksaltirish, ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Boshlang‘ich tashkilotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyatda munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish va yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir barkamol avlodni shakllantirish, ularning siyosiy-huquqiy savodxonligi hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashish;
  • ta’lim muassasasida yoshlarni ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
  • yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan hamda “ommaviy madaniyat” niqobi ostida chetdan kirib kelayotgan tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish;
  • talaba-yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning o‘z kasbini yetuk mutaxassisi bo‘lishga qaratilgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash;
  • iste’dodli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
  • yoshlarda sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish va boshqalar.

Yuqoridagi maqsad va vazifalarni ijro etishda boshlang‘ich tashkilot o‘z faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar dasturini qabul qilishi, shuningdek, ta’lim muassasasi hamda hamkorlar tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar dasturlariga qo‘shilishi mumkin.

 

Bundan tashqari universitetning barcha fakultetlarida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining fakultet yetakchilari faoliyat yuritib kelmoqdalar.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkilotining  a’zolari soni 4615 nafarni tashkil etadi. Boshlang‘ich tashkilotning o‘z  ish rejasi, Ustavi,  O‘zbekiston  respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida Guvohnomasi, Harakatning Dasturi, Qo‘shma qarorlar va a’zolikka qabul qilinganligi to‘g‘risida talabalarning a’zolik anketalari mavjud.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti “Kamolot”YIH viloyat kengashi bilan hamkorlikda: 2013-yil fevralda viloyat hokimligida “Hokim va yoshlar”, 2013-yil 1-aprel kuni universitet yoshlar markazida 1-aprel kuni munosabati bilan “Keling kulishmaylik”, 2013-yil aprel va may oylarida Xorazm viloyatida “Talabalar bahori”, 2013-yil 30-maydan 10-iyunga qadar universitetning barcha fakultetlari ishtirokida talabalarning kasbiy darajasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini yanada oshirish, Vatan fidoiysi qilib kamol topishlariga ko‘maklashish, hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Kamolot haftaligi”,  2013-yil iyul-avgust oylarida “Bunyodkor” kabi ko‘plab loyihalarni o‘tkazib  kelmoqda. 

Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati Qarshi Davlat Universiteti boshlang‘ich tashkilotining  kengash a’zolari 9 kishidan iborat:

  • G‘aniyev Otabek Ismatovich -“Kamolot” YIH boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi. (B.T. kengash raisi)

  • Valiyev To‘ychi - universitet ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i.

  • Abdiyev Abdulaziz -”Kamolot” YIH Qarshi shahar kengashi raisi o‘rinbosari.

  • To‘rayev  Bekzod -Tarix fakulteti talabasi

  • Ibotova Aziza -Tabiatshunoslik va geografiya fakulteti talabasi

  • Umirov Samariddin - Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi. 

  • Alimardonov Adham - Kasbiy ta’lim fakulteti talabasi.

  • Jalolov Furqat -Tarix fakulteti   talabasi.

  • Bozorov Sayfiddin - Tarix fakulteti talabasi

 “Yurt kelajagi” respublika ko’rik tanlovining final bosqichi Qashqadaryoda o’tkazildi.

JoomShaper