AXBOROT RESURS MARKAZI

Qarshi davlat universiteti axborot-resurs markazi direktori

Rahmonova Mahfuza Xolmurodovna 

Telefon: (99893) 937-89-37

Elektron manzil:   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Markaz faoliyati haqida

 Qarshi davlat universiteti Axborot-resurs markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-381 qarori asosida universitet kutubxonasi zamirida tashkil etildi. Axborot-resurs markazi 1946 yilda pedagogika bilim yurti qoshida o‘z faoliyatini boshlagan. 1961 yildan boshlab pedagogika instituti kutubxonasi maqomi berildi. O‘sha davrda kutubxonaning umumiy kitob fondi 219500 tani tashkil etgan. Shundan darslik, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, ilmiy va badiiy adabiyotlar (rus va o‘zbek tillarida) 186500 ta, karta va izomateriallar 700 ta, jurnal va gazetalar 92 nomda bo‘lgan.

Hozirgi kunda Axborot-resurs markazi umumiy kitob fondi 550671 tani tashkil etadi 79291 nomda, elektron ko‘rinishdagilari soni 14200 nusxa. Jurnallar 216 nusxa 38 nomda, gazetalar 56 nomda 930 nusxani tashkil etadi.

Axborot-resurs markazi 6510 ta kitobxonga xizmat ko‘rsatadi. Shundan talabalar soni 5646 ta, professor-o‘qituvchilar 541 ta, boshqa kitobxonlar 362 tani tashkil etadi.

Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish uchun o‘quv zallarga 220 ta o‘rindiqlar joylashtirilgan.

Professor-o‘qituvchilar va talabalarga yangi-yangi elektron-resurslar ya’ni darslik, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlarining elektron shakli orqali xizmat ko‘rsatish amalga oshirilmoqda. Kam nusxadagi va yangi kelgan kitoblarning skaner asosdagi elektron varianti yaratilmoqda. Hozirda 800 ga yaqin elektron-resurslar manbai jamlangandir. Ular ta’lim yo‘nalishlari va fanlar bo‘yicha ajaratilgandir.

Axborot-resurs markaziga yangi axborot-texnologiyalarni joriy etish maqsadida Pentum IV rusumdagi kompyuterlar va orgtexnikalar ajratildi. Hozirgi kunda jami 54 ta kompyuter, 2 ta skaner, 2 ta printer va 2 ta nusxa ko‘chirish apparati ishlab turibdi.

Kompyuterlar universitet lokal tarmog‘iga ulangan va Internet  xalqaro axborot-tarmog‘iga bog‘lanish imkoni yaratilgan.

Axborot-resurs markazida talabalar Internet orqali

Ziyonet axborot ta’lim tarmog‘i manbalaridan foydalanish imkoni yaratilgan va milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo‘lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun kitob fondlari, ma’lumotlarning elektron bazalari, Internet resurslari orqali zarur darajadagi xizmatlar kо‘rsatilmoqda.

JoomShaper