Qarshi davlat universiteti kafedralarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi filiallari to‘g‘risida NIZOM

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

“KELISHILDI”

Viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunab
ta’limi boshqarmasi boshligi
_________Q.Normuhammedov
«____»______________2015 yil

“TASDIQLAYMAN”

rektori_________B.Shoimqulov
«____»_________
______2015 yil

 

Qarshi davlat universiteti kafedralarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi filiallari to‘g‘risida

NIZOM

1. Umumiy qoidalar

1.1.O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi universitet kafedrasi filiali (bundan keyin kafedra filiali) Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi 77-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi PQ-1761-sonli qarori va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 27 fevraldagi 50-sonli buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil qilinadi hamda universitetning ta’lim muassasalari bilan o‘quv, ilmiy, metodik, ma’naviy-ma’rifiy xamkorligini ta’minlovchi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi.

1.2. Kafedra filialining tashkil qilinganligi, ikki tomonlama shartnomaga asosan Qarshi davlat universitetining kengashida muhokama etilib, universitet rektorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

1.3. Kafedra filiali o‘z faoliyatini amaldagi qonunlar, universitet va hamkor muassasasining Ustavlariga muvofiq yuritadi.

1.4. Kafedra filiali  ta’lim turlari o‘rtasida uzluksizlik, o‘quv fanlari orasidagi uzviylikni ta’minlash, O‘MKH ta’limi muassasalariga o‘quv, metodik yordam ko‘rsatish, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalaini joriy etish maqsadida tashkil etiladi.

1.5. Kafedra filialini tashkil eish va uning mudirini tanlashda o‘rta maxsus, kasb-hunar  ta’limi muassasasining  ixtisosligi, xususiyatlari va moddiy texnika bazasi, pedagogik salohiyati hisobga olinadi.

1.6. Kafedra filiali xamkor muassasalarga o‘quv jarayoni, tashkiliy tizim va ta’lim berish faoliyatini takomillashtirish, uni axborot manbalari bilan boyita borish, zamon talablarga javob beruvchi raqobatbardosh kasb egalarni tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatadi. 

2. Kafedra filialining asosiy maqsadi va vazifalari: 

2.1. Ta’lim turlari o‘rtasidagi uzluksizlik, o‘quv fanlari orasidagi uzviylikni ta’minlash maqsadida barcha turlardagi davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar o‘quv fanlari bo‘yicha muvofiqlashtirish borasida ilmiy, metodik  taxlillar, xulosa va takliflarni tayyorlash;

2.2. Hamkor muassasalarni malakali kadrlar bilan ta’minlashda, umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishda ko‘maklashish;

2.3. Universitet talabarining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida olib boriladigan o‘quv-laboratiya va pedagogik amaliyotini samarali o‘tkazishda xamkorlik qilish;

2.4. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim jarayonining sifati va mazmuniga qo‘yiladigan, ilmiy-metodik jihatdan asoslangan tadbirlarni belgilashda ishtirok etish.

2.5. Ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot va metodik ishlarga rahbarlik qilish va amaliy yordam ko‘rsatish;

2.6 Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodlarini ishlab chiqish va uni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;

2.7. O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari iqtidorli o‘quvchilarning ilmiy yo‘nalanishlarini amalga oshirishlarida amaliy yordam ko‘rsatish;

2.8. Darslik, o‘quv va metodik qo‘llanmalarni hamkorlikda tayyorlash;

2.9. Universitetning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchi pedagoglari uchun amaliyot o‘tkazish sharoitini yaratish;

2.10. Universitet professor-o‘qituvchilari, magistrlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining murojaatlariga muvofiq o‘rindoshlik asosida faoliyat olib borishlarini tashkil etishdan iborat. 

3.Kafedra filiallarning tuzilishi.

3.1. Kafedra filiali yuridik shaxs hisoblanmaydi, ular Qarshi davlat universitetining mutaxassis chiqaruvchi kafedralari tasarrufida bo‘lib, uning tarkibiy qismi deb belgilanadi.

3.2. Kafedra filiallarini odatda ilmiy daraja, ilmiy unvonga yoki o‘quv, metodik, ilmiy va tashkiliy ishlar bo‘yicha katta darajaga ega bo‘lgan muassasa rahbarlari bilan kelishilgan holda kafedraning tavsiyasiga binoan fakultet kengashida tasdiqlangan mudir boshqaradi.

3.3. Kafedra filialida ishchi rejaga asosan faoliyat tashkil qilinadi. Filial mudiri kafedra mudiri oldida hisobot berib turadi va kafedra mudiri filiali faoliyati uchun mutasaddi hisoblanadi.

3.4. Kafedra filialidagi o‘qituvchilarning va filialning ish rejalari O‘MKH muassasa rahbari va asosiy kafedraning mudiri kelishuvida tuzilib, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi .

3.5. Kafedra filiali kafedra tasdiqlagan ish rejaga muvofiq iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash ularni yetakchi professor-o‘qituvchilarga “Ustoz-shogird” tizimi asosida  biriktiriladi va maqsadli ish olib boriladi.

3.6. Kafedra filialining tarkibi hamkor muassasa va kafedra tomonidan biriktirilgan profesor-o‘qituvchilardan iborat bo‘ladi. Uning tarkibi faoliyati zaruriyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

3.7. Kafedra  filalining  mudiri  filial  tarkibidagi  o‘qituvchilar tomonidan  o‘z  vazifalarini  bajarishlarini  nazorat  qiladi va belgilangan tartibda  ularni  ma’naviy  yoki moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha  takliflar  beradi.

3.8. Kafedra filialining mudiri universitet huzuridagi  O‘rta maxsus, kasb-hunar va  Oliy  ta’lim integratsiyasi bo‘yicha  muvofiqlashtiruvchi kengash ishida  muntazam  ishtirok etib, kafedra  filiallari  bajarayotgan tadbirlarni  muvofiqlashtirish  borasidagi  masalalarni  muhokama qilib   boradi.           

4. Kafedra filialining  moliyaviy  faoliyati. 

4.1. Kafedra filiallarining moliyaviy ta’minoti universitet va hamkor muassasa  tomonidan amalga  oshiriladi.

4.2. Kafedra filialining moliyaviy  ta’minoti, homiylik tushumlari (shu jumladan universitetning), yuridik va jismoniy  shaxslarning  ajratmalari, budjetdan  tashqari mablag‘laridan  tashkil  topishi mumkin.

4.3. Kafedra filialining mudiriga  uning faoliyatidan kelib  chiqib 30% gacha ustama  belgilanadi. 

5. Yakuniy  qism.

5.1. Universitet kafedralarining  o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi  muassasalaridagi  filiallarini tugatish universitet rektorining  buyrug‘i bilan  amalga  oshiriladi va bu haqida O‘MKH ta’limi muassasasiga  yozma xabar beriladi.

JoomShaper