O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’ruzasi

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 16 yanvardagi yil yakuniga bag‘ishlangan majlisida va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2015 yil 23 yanvardagi qo‘shma majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’ruzasi mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 16 yanvardagi yil yakuniga bag‘ishlangan majlisida va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’ruzasi mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida Qarshi Davlat universiteti kafedralari tomonidan biriktirilgan kasb-hunar kollejlarida va akademik litseylarda 2015 yilning 7-15 fevral kunlari yig‘ilish va uchrashuvlar o‘tkazildi.

 

Yig‘ilish va uchrashuvlarda universitetning professor-o‘qituvchilari kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarning o‘qituvchi va o‘quvchilariga Mamlakat rahbarining Vazirlar Mahkamasi majlisida hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida qilgan ma’ruzalari mazmuni va ahamiyati to‘g‘risida yig‘ilganlarga tushuncha berdilar.

Jumladan, shu mavzuga bag‘ishlangan tadbir 2015 yil 11 fevralda Qarshi pedagogika kollejida universitetning pedagogika kafedrasi bilan, 2015 yil 12 fevralda Qarshi san’at kollejida universitetning musiqa kafedrasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. 

Bu yig‘ilishlarda Qarshi Davlat universiteti Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.Mallayev, Pedagogika kafedrasi mudiri dotsent N. Jumayeva, Musiqa kafedrasi mudiri M. Murodov, dotsentlar O. Haydarova, G. Eshmurodova, Q.Qurbonov va boshqalar ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Muhtaram Yurtboshimizning ma’ruzalarida keltirilgan fakt va raqamlarga asoslanib, 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2015 yilda va keyingi yillarda mamlakatimizni har tamonlama rivojlantirishning strategik vazifalari belgilab berilganligi va eng muhim dolzarb vazifalar:

Birinchidan, tarkibiy  o‘zgartirishlarni kengaytirish va  chuqurlashtirish,  sanoat yetakchi  tarmoqlarini  modernizatsiya va faol  diversifikatsiya qilish hisobiga  iqtisodiyotning  raqobotbardoshligini  oshirish, axborot-kommunatsiya texnologiyalarini  keng  joriy etish,  makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash.

Ikkinchidan, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada taraqqiy ettirish uchun bu  yo‘ldagi barcha to‘siqlar va cheklashlarni  bartaraf etish, ushbu soha rivojiga to‘liq erkinlik berish.

Uchinchidan, iqtisodiyotda davlat ishtiroki darajasini  tanqidiy baholash, uni strategik va iqtisodiy asoslangan darajagacha qisqartirish.

To‘rtinchidan, korporativ boshqaruv tizimidagi  tamoyillar va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish, shuningdek, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va investitsiya jarayonlarining korporativ menejmentiga doir xalqaro zamonaviy standartlarni  joriy etish.

Beshinchidan,   ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini  kengaytirish.

Oltinchidan,  rivojlangan infratuzilmani, birinchi navbatda,  axborot-kommunikatsiya tizimlarini  yaratish, yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya qurilishi bo‘yicha amalga  oshirilayotgan  ishlarni  yangi  bosqichga ko‘tarish.

Yettinchidan,  aholi  bandligini ta’minlash, eng avvalo, kasb-hunar kollejlari  va OTM bitiruvchilarini  ishga  joylashtirish uchun yanada  keng shart-sharoitlar yaratish haqidagi fikr-mulohazalarga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ushbu strategik vazifalar Hukumatning Harakat Dasturiga asos va poydevor hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2015 yil 23 yanvaridagi qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan Harakat Dasturi taqdim etildi.    

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri va tumanlaridagi 40ta akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida xuddi shunday uchrashuvlar Qarshi Davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazildi.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari 
bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i:   D.Umarova

JoomShaper