QARSHIDU STIPENDIYASI VA UNI TAYINLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOM

 “QarshiDU stipendiyasi va
uni tayinlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM”

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktabrdagi 226-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nomli davlat  stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi” to‘g‘risidagi Nizom asosida ishlab chiqildi.

1. Qarshi davlat  universiteti stipendiyasi o‘rta maxsus ta’limi muassasalarida o‘qiydigan   (bundan buyon matnda Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari deb yuritiladi) o‘quvchilarning eng iqtidorlilariga tayinlanadi.
2. O‘quv yili uchun QarshiDU stipendiyasi soni har bir umumta’lim fan yo‘nalishiga bir martalik eng kam ish haqi miqdorida bitta stipendiya hisobidan belgilanadi.
3. “QarshiDU stipendiyasi”ga Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, Respublika Davlat nomli tadbirlarning Respublika bosqichi g‘olibi, xalqaro, respublika fan olimpiadasi g‘oliblari bu stipendiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tavsiya etiladi.
4. QarshiDU stipendiyasini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
-AL yoki kasb-hunar kollejda o‘qish davomida barcha fanlardan reyting nazorati bo‘yicha maksimal ballarga o‘qish; 
-ilmiy va ijodiy ishlarda faol ishtirok etish;
-namunali xulqga, yuksak ma’naviy - axloqiy fazilatlarga ega bo‘lish, o‘quv yurtining jamoat ishlarida faol ishtirok etish;
-tillarni - davlat tilini va bitta xorijiy tilni bilish;
-zamonaviy kompyuter texnologiyalari va tizimlarini o‘zlashtirish.
Fan olimpiadasi bo‘yicha eng yuqori natijaga erishganligi umumiy talablar darajasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan talablari hajmida belgilanadi.
QarshiDU stipendiyasiga talabgorlar umumta’lim fanlaridan bittasi bo‘yicha o‘z bilimlari darajasini aniqlash uchun universitet birinchiligi fan olimpiadasida  kafedralarda tuzilgan komissiyaning tanlovidan o‘tadilar.
5. QarshiDU stipendiyasini tayinlash uchun nomzodlar fan olimpiadasi natijalariga ko‘ra tavsiya etiladi. Bitta fan yo‘nalishiga bir o‘quvchi tavsiya etiladi. Qarshi Davlat universiteti ilmiy kengashi universitet birinchiligi fan olimpiadasi g‘olibiga QarshiDU stipendiyasini tayinlash haqida qaror qabul qiladi.
QarshiDU stipendiyasiga talabgorlar universitet  Ilmiy Kengashiga quyidagilarni taqdim qiladilar:
Fan olimpiadasining natijasi haqida ma’lumotnoma;
Hay’at (kafedra) a’zolarining tavsiyasinomasi;
Barcha hujjatlar jildga tikilgan yoki papkaga joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada QarshiDU stipendiyasi, fan yo‘nalishi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, o‘quv muassasasi nomi, kursi, guruhi ko‘rsatiladi.
6. Universitet Ilmiy Kengashi ochiq ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qaror qabul qiladi.
7. Universitet Ilmiy Kengashi QarshiDU stipendiyasini tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta mart oyidagi yig‘ilishida ko‘rib chiqadi.
8. Universitet Ilmiy Kengashining qarori universitet rektorining o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilariga QarshiDU stipendiyasini tayinlash va to‘lash haqidagi buyrug‘ini rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi.     
QarshiDU stipendiyasi universitetning joriy yil xarajatlar smetasida tasdiqlangan universitetning qo‘shimcha budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan tayinlanadi. Stipendiya bir martalik bir muddatga, Qarshi Davlat universiteti birinchiligi fan olimpiadasida eng yuqori natijaga ega bo‘lgan o‘quvchiga, to‘lanadigan eng kam ish haqi miqdorda tayinlanadi. Stipendiyalarni yangi muddatga qaytadan tayinlash ham aynan shu tartibda amalga oshiriladi.
9. QarshiDU stipendiyasiga sazovor bo‘lgan o‘quvchilarga “QarshiDU stipendiyasining sohibi” sertifikati beriladi.
Sertifikatlar o‘rta  maxsus ta’lim muassasalarining pedagogik Kengashida tantanali vaziyatda topshiriladi.
10. O‘quvchilarni kundalik darslarni o‘zlashtirmaganlik, o‘quv yurti ichki-tartib qoidalari “Odob - axloq qoidalari”ni buzganlik uchun o‘quv yili mobaynida QarshiDU stipendiyasidan mahrum qilish o‘rta maxsus o‘quv  yurti muassasasi rahbarining taqdimnomasiga binoan universitet rektorining buyrug‘i bilan amalga oshirilishi mumkin.
11. O‘quvchilarning QarshiDU stipendiyasi tayinlash bo‘yicha ariza va shikoyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2008 yil, 42-son, 422-modda.
AL va KXK bilan ishlash bo‘limi Nizomi universitet Ilmiy kengashida muhokama qilindi va tasdiqlandi (2015 yil “___”  _____ dagi  ____- sonli bayonnoma).

JoomShaper