Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash prorektorining 2014-2015 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisobot

Qarshi Davlat Universitetining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi “Ta’lim to‘g‘risida”gi  Qonun, Prezident  Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar mahkamasining Qarorlari  hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, bo‘yruqlari, modemogrammalari, 2014-2015 o‘quv yili uchun  tuzilgan  ish rejasi  asosida universitetdagi  28 ta kafedra  hamda  ularga biriktirilgan 39 ta akademik litsey  va  kasb-hunar kollejlari bilan  hamkorlikda  faoliyat  olib  bormoqda.

Qarshi Davlat Universitetining  28 ta kafedralari Qashqadaryo viloyatidagi 4 ta akademik litseyga va 35 ta kasb-hunar kollejlariga biriktirilgan.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi tomonidan 2014-2015 o‘quv yilining birinchi yarimida  AL va KHKlari  va universitet  kafedralari  o‘rtasida  hamkorlik shartnomalarini bajarilishi  bo‘yicha  amalga oshirilgan ishlarni  monitoringi   olib borilmoqda.

Qarshi  davlat universiteti  qoshidagi akademik litsey bitiruvchilarining 2013-2014 o‘quv yilida  Oliy  ta’lim muassasasiga  o‘qishga kirish holati tahlil qilindi.

1.QDU qoshidagi 1-AL 2013-2014 o‘quv yilida 328 nafar tamomlagan  o‘quvchilardan 41 % i ya’ni, 136 nafari  OTMga o‘qishga qabul qilingan.

2. QDU qoshidagi 2-AL 309 nafar bitiruvchidan 104 nafari OTM qabul qilingan bu 33,6% ni tashkil etadi.

3. Shahrisabz AL 323 nafar bitiruvchidan 94 % i OTMga o‘qishga qabul qilingan.

4. QDU qoshidagi 4-AL 232 nafar bitiruvchidan 44 nafari OTMga qabul qilingan, bu 18,9% ni tashkil etadi.

Fan olimpiadalariga  ishtirok etgan  akademik litsey  o‘quvchilari to‘g‘risida ma’lumot.

1. QDU qoshidagi 1-ALdan quyidagi o‘quvchilar Viloyat bosqichida ishtirok etib: Nemis tili fanidan Samandarova Z, Tirkasheva N 1-o‘rin

Informatika fanidan Normurodov T 1-o‘rin Kimyo fanidan Allaberdiyev I 1-o‘rinni egallagan va respublika  bosqichida  qatnashish  imkoniyatini  qo‘lga kiritgan.

2. QDU qoshidagi 2-ALdan fan olimpiadasi Viloyat bosqichida qatnashib 6 nafar o‘quvchi Kimyo, Geografiya, Rus tili, Informatika, Ona tili, Fizika fanidan  2-o‘rinni, 1 nafar o‘quvchi biologiya fanidan 3-o‘rinni egallagan.

3. Shahrisabz ALdan Malikov Musurmon matematika fanidan Viloyat fan olimpiadasidan 1-o‘rinni olgan.

4. QDU qoshidagi  4-AL To‘rayeva N. Rus tili fanidan  1-o‘rin, Omonova D. Nemis tili  fanidan  1-o‘rin, Sobirova Sh. Ona tili fanidan  1-o‘rinni,  4 nafar o‘quvchi esa  Geografiya, Biologiya, Tarix, O‘zbek tili fanlaridan     2-o‘rinni egallagan.

Qarshi davlat  universitetining 2012 yil 30 noyabrdagi 2-sonli ilmiy kengash qarori hamda 2014 yil 15 apreldagi 49-I sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Qarshi davlat universiteti kafedralarining AL va KHKlaridagi filiali to‘g‘risida” ishlab chiqilgan Nizom asosida biriktirilgan AL va KHKlarida 25  ta kafedra filiallari tashkil etilib, hamkorlik ishlari kafedra filiallari orqali olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan. AL va KHKlarida universitet kafedralarining filiallari  kasb-hunar kolleji rahbariyatining buyruq va qarorlari asosida hujjatlashtirilgan. Ushbu hujjatlar nusxalari AL va KHK bilan ishlash  bo‘limiga  topshirilgan. Shuning bilan birga haligacha kafedra filiallarini tashkil etilishi bilan bog‘lik ishlarga mas’uliyatsizlik bilan yondoshib kelayotgan rahbarlar ham yo‘q emas. G‘uzor qishloq xo‘jaligi  kasb-hunar kollejida Lingvistika  kafedrasi, Chiroqchi tumani yengil sanoat  KHKida , Chiroqchi maishiy  xizmat kursatish KHKida Energitika kafedrasi, Kitob  iqtisodiyot maishiy  xizmat KHKida  Ingliz tili kafedrasi,  QDU qoshidagi 1-ALda  Nemis tili kafedrasi, Dehkonobod  sanoat  maishiy xizmat KHKida  Mehnat  va chizmachilik kafedralari tomonidan kafedra  filiallari tashkil etilmagan, Qarshi davlat  universitetining 2012 yil 30 noyabrdagi 2-sonli ilmiy kengash qarori hamda 2014 yil 15 apreldagi 49-I sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Qarshi davlat universiteti kafedralarining AL va KHKlaridagi filiali to‘g‘risida” ishlab chiqilgan Nizom talablari  bajarilmagan. (1-jadval)

Qarshi davlat universiteti  fan kafedralarida Akademik litsey  va kasb-hunar kollejlari bilan  ishlash sohasida kafedralar va AL va KHKlar o‘rtasida uch yilga mo‘ljallangan hamkorlik shartnomalari, besh yillik istiqbolli rejalari va  2014-2015 o‘quv yili uchun ish rejalari asosida faoliyat olib borilmoqda.

Qarshi davlat universiteti kafedralari hamda biriktirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikda bir qator  ijobiy ishlar amalga  oshirib kelinmoqda:  

- AL va KHKlarda  ta’lim sifatini oshirish, ta’limda uzluksizlik va uzviylikni  ta’minlash  zamonaviy pedagogik va axborot  texnologiyalarini  qo‘llashda  o‘zaro hamkorlikni  kuchaytirish  maqsadida universitetning 52 nafar   professor –o‘qituvchilari va magistrlari  o‘rindoshlik  asosida  ta’lim  tarbiya berib kelmoqdalar. (4-jadval ilova qilinadi.)

- 2014-2015 o‘quv yili  davomida  Universitet kafedralari  professor-o‘qituvchilari ilmiy  salohiyatidan  foydalanib  AL va KHK o‘qituvchilari uchun  o‘quv –uslubiy  majmualar  yaratish  va ularni  amaliyotda  tadbiq etish ishlari  samarali tashkil etib kelinmoqda.(2-jadval). 2014-2015 o‘quv yili  davomida universitet professor-o‘qituvchilari  tomonidan    91 ta o‘quv –uslubiy   qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar yaratilgan. Jumladan: Jabborov A. “O‘qituvchi etna psixologiyasi” monografiya “Nasaf” 2015 yil. R.Primov “Shaxs kamolotida musiqa tarbiyasini o‘rni” Monografiya  “Nasaf” 2014 yil.

-AL va KHKlarda  ma’naviy –ma’rifiy  ishlarni yanada  takomillashtirish  maqsadida  kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan   turli ma’naviy –ma’rifiy  tadbirlar  uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. 2014-2015 o‘quv yilining birinchi choragida 84 ta  turli  mavzudagi  ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar  o‘tkazildi. Masalan,  2014 yil 2 dekabr Qarshi madaniyat kollejida  “Konstitutsiya-  oliy qomusimiz” mavzusidagi tadbir  Psixologiya  kafedrasi  professor-o‘qituvchilari  hamkorligida  o‘tkazildi.  2015 yil  10 yanvarda “Mardlar qo‘riqlaydi  Vatanni”  mavzusida adabiy badiiy  kecha  G‘uzor agrobiznes  kasb-hunar kollejida  Adabiyotshunoslik  kafedrasi  professor-o‘qituvchilari bilan  hamkorlikda  o‘tkazildi. 2014 yil 4 noyabrda  “Ibn Sinoning  ilmiy, ma’naviy  merosi – bashariyat uchun  bebaho  xazina” mavzusida konferensiya Qarshi  tibbiyot kollejida  Anatomiya va fiziologiya  kafedrasi  professor-o‘qituvchilari bilan  hamkorlikda  o‘tkazildi. 2014 yil 10 dekabr  Rustili va adabiyot kafedrasi 2-Akademik litsey o‘quvchilari  bilan “Internet: pol’za i vred” mavzusida  ma’naviy –ma’rifiy  tadbirlarni keltirishimiz mumukin.

Al va KHKlarida  ta’limni  zamonaviy axborot texnologiyalaridan  foydalangan holda  olib borish, axborot komunikatsion texnologiyalardan  unumli foydalanish  maqsadida  kompyuter sinflari bilan ta’minlangan. 39 ta AL va KHKlaridan   internet tarmog‘iga  ulanganlari 21tani  tashkil etadi. Qolgan 18 ta  internet tarmog‘iga  ulanmagan, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli  foydalanmayotgan kasb-hunar kollejlariga biriktirilgan  kafedralar va ushbu kasb-hunar kollejlarida faoliyat  yuritayotgan kafedra  filiali  ma’sullariga   alohida  mas’uliyat yuklaydi.

AL va KHKlarida  ta’lim –tarbiya jarayonini   sifatli tashkil etilishi,  o‘qituvchilarning ilmiy  kasbiy salohiyatini oshirish bilan  bevosita  bog‘liqdir. Shu ma’noda   AL va KHKlari  pedagog  o‘qituvchilari  belgilangan  reja asosida  malaka  oshirish kurslaridan o‘tib kelmoqda. 2014-2015 o‘quv yilining  birinchi choragida   39 ta akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridan 339 nafar pedagog o‘qituvchilar malaka oshirish  kurslarida  o‘tdilar.  Masalan:  Qovchin qishloq xo‘jaligi   kasb-hunar kollejida 14 nafar o‘qituvchi, Muborak tibbiyot kollejida  24 nafar, Qarshi pedagogika  kollejidan  34 nafar, QDU qoshidagi 2- Akademik litseydan  15 nafar  o‘qituvchilar  malaka oshirishdan o‘tganlar.   AL va KHKlari  o‘qituvchilarning  malaka oshirish va qayta  tayyorlash  kurslarida  ishtirok etishlari unversitet kafedralari o‘qituvchilari tomonidan  nazorat  qilish ham yo‘lga  qo‘yilgan. 

Ta’limda  sifat va samaradorlikni  ta’minlovchi  asosiy  omil bu – o‘quvchilarning  darslarga  qatnashish  davomati hisoblanadi. Biriktirilgan  akademik litsey va kasb-hunar  kollejlarida o‘quvchilarning  darsga  qatnashishi  bo‘yicha   quyilgan   savolnoma asosida   o‘tkazilgan monitoring  natijasida:  8 ta  kasb-hunar kolleji  akademik litseylar  96% dan  -100 % gacha natija ko‘rsatgan.   14  KHKlari  86 % dan   96 % gacha  natija ko‘rsatgan. Qolgan 17 ta kasb-hunar   kollejlari  86 %  dan  past natija ko‘rsatganlar. Dehkonobod, Shahrisabz, Qarshi  tibbiyot kollejlarida  o‘quvchilarning darsga  qatnashish  davomati 98-99 %  ga  to‘g‘ri  kelmoqda. Shu bilan birga   o‘quvchilarning  darsga  qatnashish  davomati past ko‘rsatgichga ega  bo‘lgan  kasb-hunar kollejlariga Chiroqchi  maishiy  xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji  (Energetika  kafedrasi  63 %), Kasbi  Denov qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji    ( Falsafa va sotsiologiya 74 %)ni misol keltirishimiz mumkin. AL va KHKlarida  o‘quvchilarning  darsga  qatnashish  davomatini   yaxshilash  bo‘yicha  chora-tadbirlar  belgilab  olingan. Bu boradagi ishlarni  yanada takomillashtirish  zarur.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining  oliy ta’lim  muassasalariga   o‘qishga  kirishi  ko‘rsatgichi   ta’lim muassasida  o‘quv  tarbiya  jarayonini  qanday  tashkil etilganligidan  daolat beradi. Universitet kafedralari biriktirilgan  39 ta akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilaridan 2013-2014 o‘quv yilida  541 nafar    bitiruvchilar  oliy  ta’lim  muassasalariga  o‘qishga  qabul  qilinganlar. Bulardan  Muborak  tibbiyot  kollejidan 25 nafar(Psixalogiya qafedrasi), Qarshi tibbiyot  kollejidan  41  nafar(Anatomiya va fiziologiya kafedrasi) ,Qarshi  pedagogika  kollejidan  21 nafar(Pedagogika qafedrasi),  Beshkent kasb-hunar kollejidan 46 nafar(Fizika kafedrasi) o‘quvchilar Oliy o‘quv yurtiga o‘qishga qabul qilingan. Chiroqchi  sport  pedagogika  kolleji (Fakultetlararo jismoniy tarbiya kafedrasi), Koson  qishloq  xo‘jalik  kasb-hunar (Fransuz tili kafedrasi)  kollejlaridan 1 nafar ham  bitiruvchi o‘quvchilar Oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirmagan.


Qarshi Davlat universitetida 2015 yilning 1 mart kunida universitet birinchiligi uchun Viloyatdagi 7ta Akademik litsey  o‘quvchilari o‘rtasida «XXI asr intellektual yoshlar asri» shiori ostida umumta’lim fanlaridan fan olimpiadasi shuning bilan birga “Ochiq eshiklar kuni”tadbiri  o‘tkazildi.

Qarshi davlat universiteti  fan kafedralari  va  biriktirilgan AL va KHKlar hamkorligini  yanada  takomillashtirish, kasb-hunar kollejlarida  ta’lim  sifati  va samaradorligini oshirish  maqsadidagi  ishlarni   yana ham   yaxshilash uchun  quyidagi   taklif  va mulohazalarni  bildiramiz.

1. Universitet kafedra  professor-o‘qituvchilari va kollej o‘qituvchilari hamkorlikda ilmiy  konferensiyalar o‘tkazish.

2. Universitet kafedralaridan  biriktirilgan  o‘qituvchilarining ma’suliyatini oshirish.

3. Universitet kafedralarida  oyida bir kunni (oyning oxirgi haftasi Chorshanba kuni )  AL va KHKlar kuni  deb e’lon  qilish.Ish rejaga kiritilgan tadbirlarni  belgilangan kunda  bajarilishini ta’minlash.

Mustahkam hamkorlik – ta’lim taraqqiyoti omili  

Qarshi davlat universiteti fan kafedralari o‘zlariga biriktirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘rtasida muntazam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv-usubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot va pedagogik sohalarida olib borilayotgan ishlarni misol keltirish mumkin. Universitet professor-o‘qituvchilari hamkorlikda akademik litsey va kasb hunar kollejlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda “Prezident I.Karimov g‘oyalarining yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy shakllantirishdagi ahamiyati”, “Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish”, “Jahon va O‘zbekistondagi siyosiy jarayonlar”, “Demokratik islohotlar-fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidagi qadamlar”, “Yoshlar taqdiri-kelajak mas’uliyati”, “Yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlashda psixologik hayotning o‘rni” mavzularida ma’ruzalar bilan qatnashib kelmoqdalar.

 

2015 yil 27 mart kuni Qarshi davlat universiteti Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi va Qarshi Olimpiya zahiralari kolleji hamkorligida  yig‘ilishda Mamlakatimiz rahbarining 2015 yil 16-23 yanvar kunlari Vazirlar Mahkamasi majlisida “Mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlari”  mavzusidagi hamda Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma majlisida qilgan ma’ruzalari mazmuni va ahamiyati to‘g‘risida  so‘z bordi. Yig‘ilishda kollej pedagog-o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi. Qarshi davlat universiteti “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar bilan ishlash bo‘limi” boshlig‘i D.Umarova, “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi mudiri F.Eshpo‘latov, o‘qituvchi B.Salohiddinovlar Mamlakatimiz  rahbarining 2015 yil 16-23 yanvar kunlarida o‘tkazilgan majlislarda qilgan ma’ruzalari mazmun mohiyati to‘g‘risida ma’ruza qildilar.

 

“Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar bilan ishlash bo‘limi” boshlig‘i D.Umarova Muhtaram yurtboshim ma’ruzalarida keltirilgan yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, yoshlar ma’naviyati, ularni turli yot g‘oyalardan asrash, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka yo‘naltirish va Prezident saylovi to‘g‘risidagi masalalarga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi mudiri F.Eshpo‘latov Qarshi davlat universiteti “Jismoniy madaniyat” fakultetiga o‘qishga kirish tartiblari hamda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, sport zallar, sport jihozlari, sport sohasida yutuqlarga erishgan talabalar haqida ma’lumot berdi. Yig‘ilishda kollej o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

JoomShaper