AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLAR BILAN ISHLASH BO'LIMI

Bo‘lim boshlig‘i: vakant

Telefon:

Elektron manzil:

  

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar bilan ishlash bo‘limining maqsadi: 

Universitet kafedralari tomonidan biriktirilgan AL va KHKlarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish, hamkorlikda adabiyotlar yaratish, ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish va ilmiy maqolalar chop etish, amaliyotlarni tashkil qilish, bitiruvchilar bandliklarini ta’minlash, pedagog o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, faol pedagog o‘qituvchilar va o‘quvchi yoshlarni rag‘batlantirib borish kabi amaliy ishlarni yo‘lga qo‘yish.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi universitet akademik litseyi va kafedralariga  biriktirilgan kasb-hunar kollejlari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ta’lim muassasalarining universitet kafedralari tomonidan o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy- ma’rifiy ishlarida ko‘maklashish maqsadida tashkil qilingan.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar bilan ishlash bo‘limining vazifalari: 

  • Hamkorlikdagi shartnomalar, ish rejalarda belgilangan vazifalar bajarilishini  nazorat  qilish;
  • AL va KHK lar o‘quv-uslubiy ta’minotiga ko‘maklashish;
  • AL va KHK larida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni o‘quv jarayoniga  tatbiq etish;
  • “Ustoz shogird” tizimini yo‘lga qo‘yishda AL va KHKlarning iqtidorli  talabalariga universitet professor-o‘qituvchilarini biriktirishga yordamlashish;
  • AL va KHK pedagog-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlariga universitet professor-o‘qituvchilarini jalb  etish;
  • Ilmiy-amaliy anjuman to‘plam va respublika  miqyosidagi  jurnallarda  hamkorlikda ilmiy maqolalar chop ettirishda AL va KHK pedagog-o‘qituvchi va iqtidorli o‘quvchilarini jalb etish;
  • Universitet bitiruvchilarining AL va KHKlarda  pedagogik amaliyot o‘tkazishini tashkil etish;
  • AL va KHKlarida ma’naviy-ma’rifiy mavzularda tadbir, seminar-trening va davra suhbatlari  tashkil etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlarini o‘rganish bo‘yicha AL va KHKlarda tadbir va davra suhbatlari tashkil etish;
  • Universitet salohiyatli professor-o‘qituvchilarini soatbay va o‘rindoshlik asosida  AL va  KHKlarga  jalb etish;
  • AL va KHKlar pedagog-o‘qituvchilari va o‘quvchilariga  universitet ARMidan foydalanish imkoniyatini yaratish;
  • AL va KHKlarida keltirilgan o‘quv laboratoriya va jihozlar uchun yangi laboratoriya va amaliy darslarni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar bilan ishlash bo‘limining ustuvor yo‘nalishlari:

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagog kadrlar bilan ta’minlash darajasini o‘rganish, o‘rganish natijalari bo‘yicha malakali va tajribali, shuningdek, nopedagog va nomutaxassis kadrlarni aniqlash, ular bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash;
  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holatini tahlil qilish, universitetning ARM bazasidagi va kafedralarning o‘quv-uslubiy ishlaridan kasb-hunar kollejlarida foydalanish choralarini ko‘rish, ularni axborot-resurs va moddiy-texnik ta’minotini takomillashtirishga ko‘maklashish;
  • universitetning asosiy shtatida bo‘lgan yuqori malakali professor-o‘qituvchilarini O‘MKHTMlari o‘quv mashg‘ulotlariga soatbay va o‘rindoshlik asosida jalb etish ko‘lamini kengaytirish;
  • universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilarini  jalb  etgan holda hamkorlikda  o‘quv adabiyotlar va o‘quv-uslubiy majmualar  yaratish, ularni O‘MKHTM o‘quv jarayoniga tatbiq etilishini o‘rganib borish;
  • viloyatdagi hamkorlik faoliyatlari yo‘lga qo‘yilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining kompleks faoliyatlari bo‘yicha foto, videolavha, albomlar tayyorlash orqali ma’lumotlar bankini yaratish, yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritib borish;
  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga amaliy yordam ko‘rsatish;
  • O‘MKHTMlariga biriktirilgan universitetning tajribali professor-o‘qituvchilari salohiyatidan kollej pedagog-o‘qituvchilariga joylarda amaliy yordamlar ko‘rsatish va ularning malakasini oshirishda foydalanish;
  • O‘MKHTM to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq kasb-hunar kollejlarida  tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha Davlat  ta’lim standartlari, tarmoq ta’lim  standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini amaliyotga joriy etilishini  o‘rganish va tegishli  tashkiliy-uslubiy  yordam  ko‘rsatish,  o‘rta  maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bilan universitet o‘rtasida  uzviylik va uzluksizlikni  ta’minlash maqsadida o‘qitiladigan fanlar  ketma-ketligini  tahlil etish;
  • “Ustoz-shogird” tizimi bo‘yicha O‘MKHTMlarining iste’dodli pedagog-o‘qituvchilarini maqsadli ravishda universitet mutaxassislik kafedralarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, dissertatsiya mavzularini belgilash, ilmiy rahbarlar tayinlash orqali kasb-hunar kollejlari uchun ilmiy darajali pedagoglar tayyorlash ishlarini kengaytirish;

bitiruvchi yosh kichik mutaxassislarni ish bilan ta’milash va ta’limning keyingi bosqichiga yo‘naltirish ishlarining monitoringini olib borish va ko‘maklashish.

JoomShaper