Universitet gazetasi

 “Qarshi universiteti” gazetasining faoliyati haqida

MA’LUMOT

Qarshi davlat universiteti muassisligidagi “Qarshi universiteti” gazetasi 1966 yildan chiqa boshlagan. Gazeta O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Qashqadaryo viloyat Matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan 2007 yil 2 aprelda № 14-035 raqamli guvohnoma bilan qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Universitet rahbariyati va gazeta tahririyati o‘rtasida shartnoma tuzilgan. (2007 yil, 29 mart). 

Gazeta bosh muharriri: filologiya fanlari nomzodi Nuriddinov Shahobiddin Boboyorovich; Mas’ul kotib: G‘.Shodmonov, filolog; Texnik kotib: O.Avaznazarov, filolog;

Gazeta har oyda bir marta, 4 sahifada chop etiladi.

“Qarshi universiteti” gazetasi ijtimoiy-ma’rifiy nashr bo‘lib, uning asosiy maqsadi universitetda tahsil olayotgan talaba yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirish, yoshlarning ilmiy, ijodiy faoliyatini hamda tarbiyaviy muhitni rivojlantirish, talabalarda sog‘lom turmush tarzini yanada yaxshilash, vatanparvarlik tuyg‘usi va yuksak insoniy fazilatlar, siyosiy madaniyat va huquqiy ongni shakllantirish hamda  zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan qurollantirishga qaratilgan.

Universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari hayoti va ijodiy faoliyatini yoritish, ularning ijod namunalarini keng targ‘ib qilish, yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, Hukumat qarorlari, Vazirlikning qaror va buyruqlarini ijrosini ta’minlash, universitet hayotidagi yangiliklarni muntazam yoritib borish, gazetxonlarning taklif va tanqidiy mulohazalariga samimiy munosabatda bo‘lish, jamoatchilikni qiziqtirayotgan muammolar bo‘yicha gazeta sahifalarida chiqishlar uyushtirishni ta’minlash gazetaning asosiy vazifalaridir.

Gazetada universitetdagi o‘zgarishlar, professor-o‘qituvchilar, talabalar tomonidan turli mavzulardagi maqolalari yoritib boriladi. Materiallar ilmiy-ommabop maqola, kichik hajmdagi xabarlar, nasriy hikoya va she’riy janrlardan iborat. 1-, 4-sahifalar rangli ko‘rinishda bo‘lib, asosan, gazetaning barcha sahifalarida mavzu mohiyatini yorituvchi tasvirlardan foydalaniladi.

“Qarshi universiteti” gazetasida maqola va ma’lumotlar ayni paytda “Ogoh bo‘laylik”, “Qutlov”, “Mutolaa va mulohaza”, “Tafakkur durdonalari”, “Talabalar ijodidan”, “Oy taqvimi” kabi ruknlar ostida  chop etiladi. Shuningdek, mamlakatimiz tarixi, ma’naviy hayoti va milliy adabiyotimiz bilan bog‘liq sanalarda beriladigan maqolalarda alohida ruknlar tashkil qilingan. Keltirilgan ruknlar o‘z ostidagi maqolalarning mazmun mohiyatini to‘la qamrab olgan va maqola mundarijasiga mos.

Gazetaning jamoatchilik kengashi:

  1. L.H.Yoziyev – b.f.d., professor, universitet rektori;
  2. B.Jo‘rayev – s.f.n, ma’naviy-ishlar bo‘yicha prorektor;
  3. G‘.Y.Bobonazarov – b.f.n., dotsent, o‘quv ishlari prorektori;
  4. A.Qobilov – moliya-iqtisod ishlari prorektori;
  5. D.To‘rayev – f.f.d., professor;
  6. A.Erkayev – falsafa fanlari nomzodi, dotsent;
  7. I.Xudoynazarov – f.f.n., dotsent;
  8. Y.Bobojonov – texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Gazeta tahrir hay’ati a’zolari:

  1. N.Shodmonov – filologiya fanlari doktori, dotsent;
  2. X.Jabborov – filologiya fanlari nomzodi, dotsent;
  3. G.Imomova – filologiya fanlari nomzodi, dotsent;
  4. A.Ergashev – filologiya fanlari nomzodi, dotsent;
  5. O.Bo‘riyev – tarix fanlari nomzodi, dotsent;
  6. N.Musulmonova – filologiya fanlari nomzodi;
  7. G‘.Shodmonov – filolog, mas’ul kotib;
  8. O.Avaznazarov – filolog, texnik kotib.  
JoomShaper