Xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar

Qarshi davlat universitetining xorijiy hamkorlar bilan amalda tuzilgan shartnoma, bitim, memorandum va protokollar asosida bajarilgan ishlar.

Qarshi davlat universiteti chet el grantlari va xorijiy loyihalar bо‘yicha faoliyati – Yevropa Ittifoqining TEMPUS IV dasturining  «QARD: Yetakchi akademik liderlarning kasbiy malakasini oshirish orqali ta’limda sifat tizimini  takomillashtirish» hamda «UzDOC: О‘zbekiston oliy ta’lim muassalari doktorantura tizimi sifatini oshirish» loyihasi, Koreyaning KOICA tashkilotining “Volontyorlar dasturi”, Buyuk Britaniyaning (British Council)  “PRESETT dasturi”, Germaniya elchixonasiga qarashli Toshkendagi Gyote instituti, Fransiya elchixonasiga qarashli Fransiya instituti orqali davom etmoqda.

1. Universitetda Yevropa Ittifoqining TEMPUS dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalari  ( batafsil ma’lumotlarni  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. , http://www.tempus.uz veb-saytlardan olishingiz mumkin.)

       1.1. «QARD: Yetakchi akademik liderlarning kasbiy malakasini oshirish orqali ta’limda sifat tizimini  takomillashtirish»  

            Loyiha maqsadi:

  • Universitet va vazirlik darajasida ta’lim jarayoni va sifat ta’minoti jarayonini tizimlash

       hamda mustahkamlashga kо‘maklashish  

  • Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan Bolonya jarayoni va xalqaro standartlar kontekstida ta’lim sifatini ta’minlash tizimi amaliyoti integrasiyasi bо‘yicha uzoq muddatli hamkorlik
  • О‘zbekiston Oliy ta’limi sohasida ta’lim sifatini ta’minlash milliy tizimini shakllantirish
  • О‘quv dasturlarini takomillashtirish\yaratish orqali akademik tarkibning kasbiy malakasini oshirishga kо‘maklashish 

 

       Loyiha muddati: 3 yil (15.11.2011- 15.11.2014 yy).

Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlarni www.qapd.uz saytidan olishingiz mumkin

1.2. 544134-TEMPUS-1-2013-1-BE-TEMPUS-SMGR «UzDOC: О‘zbekiston oliy ta’lim muassalari doktorantura tizimi sifatini oshirish»

Loyiha maqsadi:

  • Yevropa oliy ta’lim tizimining tamoyillariga muvofiq  holda О‘zbekistonda doktorantura tizimining sifat bosqichini oshirish;

Loyiha muddati: 3 yil (15.11.2013- 15.11.2017 yy)

Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlarni http://uzdoc.eu saytidan olishingiz mumkin

 

      2. Koreyaning xalqaro hamkorlik agentligi KOICA tashkilotining “Volontyorlar dasturi” bo‘yicha hamkorligi

 2010 yil 21 yanvardan buyon davom etmoqda. Koreya elchixonasiga qarashli KOICA tashkiloti  bilan hamkorlik 2010 yil 21 yanvardan volontyorlar dasturi shartnoma tuzilgan bo‘lib, hozirga qadar universitetda 7 ta volontyor faoliyat ko‘rsatdi, ya’ni 5ta koreys tili bo‘yicha  - Park Jungeun, Li Jeongyun, Park Eun Suk, Cho Gyongxva, Xvan Dok Ran va kompyuter texnologiyalari bo‘yicha   Kim Hyunjin, Cho A Ran.  KOICA tashkiloti volontyor Kim Hyunjin tomonidan 2014 yil may oyida 20 000 AQSH dollar hajmida “Kompyuter texnologiyalar kabineti jihozlash” bо‘yicha loyiha ishlari amalga oshirildi. 2014 yilning 8 iyul kuni KOICA tashkiloti direktori janob Lee Kyung-Sang va tarjimon Malika Raximova va universitet rektori L.X.Yoziyev, universitet professor- о‘qituvchilari, koreys tili volontyorlari ishtirokida Kompyuter texnologiyalari kabinetini rasmiy ochilishi о‘tkazildi.  Ushbu tashkilot bilan hamkorlik bо‘yicha ma’lumotlar quyidagi www.koica.go.kr veb-sayti orqali olishingiz mumkin.

        3.  Buyuk Britaniyaning (British Council) “PRESETT dasturi”

         Vazirlikning 19.08.2009 yildagi №87-02-1354-sonli modemogrammasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Britaniya Kengashi o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq amaldagi ingliz tilini maxsus oliy ta’lim muassasalarida va ushbu tildagi mutaxassis tayyorlovchi universitetlarning fakultetlarda o‘qitish, xalqaro standartlar darajasiga yetkazish loyiha doirasida universitetning Ingliz tili va adabiyoti kafedrasining o‘qituvchilaridan G.To‘rayeva, N.Amirqulova, N.Jumayeva, M.Doniyeva, G.Elmurodova, G.Ergasheva, SH.Nashirova va boshqalar faoliyat yuritib kelmoqdalar. Hozirgi kunda Xorojiy tillar fakulteti ingliz tili va adabiyoti  bo‘limida 4ta eksperimental guruhda talabalar britaniya uslubi asosida mutaxassislar tayyorlanmoqda. 2013-2014 o‘quv yilida britaniya uslubi asosida tayyorlangan ikkinchi eksperimental guruhi talabalari bitiruv malakaviy kurslarini muvaffaqiyatli himoya qilib, yakuniy davlat attestasiyasidan o‘tkazildilar.

Ushbu tashkilot bilan hamkorlik bо‘yicha ma’lumotlar quyidagi veb-sayti orqali olishingiz mumkin:

https://www.facebook.com/BritishCouncilUzbekistan 

          4.Germaniya elchixonasiga qarashli Toshkendagi Gyote instituti bilan hamkorlikligi   2002 yildan buyon davom etib kelmoqda. Gyote instituti tomonidan  universitetning nemis tili bo‘limiga o‘quv darsliklar, professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv seminarlar, stipendial dasturlar doirasida konkurslar o‘tkazilgan. Hozirgi kunga qadar Gyote instituti sovrindorlari 4ta  nemis tili mutaxassislari faoliyat yuritib kelmoqda. Bular roman-german filologiyasi kafedrasining yetakchi o‘qituvchilari Gulchehra Sodiqova, Anvar Axmedov, Quvonova Shaxnoza va Maxmudova Nigora. Jumladan, 2013 yilda Quvonova Shaxnoza va Maxmudova Nigoralar Gyote institutining grantiga sazovor bo‘ldilar.

Ushbu tashkilot bilan hamkorlik bо‘yicha ma’lumotlar quyidagi veb-sayti orqali olishingiz mumkin:

http://www.goethe.de/ins/uz/ru/tas.html

5. Germaniya elchixonasiga qarashli DAAD (Germaniyaning akademik almashinuv xizmati) tashkiloti bilan hamkorligi   2000yildan buyon davom etib kelmoqda. DAAD tashkiloti tomonidan  universitetning nemis tili bo‘limiga o‘quv darsliklar, professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv seminarlar, stipendial dasturlar doirasida konkurslar o‘tkazilgan. Ushbu tashkilot bilan hamkorlik bо‘yicha ma’lumotlar quyidagi veb-sayti orqali olishingiz mumkin:

http://www.goethe.de/ins/uz/ru/tas.html

            6.Universitetning Fransiya elchixonasiga qarashli Fransiya instituti bilan hamkorligi  2001 yildan buyon davom etib kelmoqda. Fransiya instituti tomonidan  universitetning fransuz tili bo‘limiga o‘quv darsliklar, professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv seminarlar, stipendial dasturlar doirasida konkurslar o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875 qarori hamda OO‘MTVning 2013 yil 6 maydagi 147-sonli buyruqning ijrosini ta’minlash maqsadida Fransiya instituti tomonidan fransuz tilidan dars berayotgan professor-o‘qituvchilari uchun 20-24 may kunlari Qarshi davlat universitetida  o‘quv seminarlar tashkil etildi. Ushbu tashkilot bilan hamkorlik bо‘yicha ma’lumotlar quyidagi veb-sayti orqali olishingiz mumkin:

https://www.fasebook.com/institutfrancaisouzbekistan; 

http://www.ambafrance-uz.org

 

JoomShaper