Xalqaro aloqalar

 

 

 

 Bo'lim boshlig'i:  Azizova Nasiba Baxritdinovna                          

 Tel./faks: (8 375) 225-57-01

 Elektron manzili:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

                                                                                       

 

 

 

Xalqaro aloqalar bo‘limining maqsadi:

Xalqaro aloqalarni rivojlantirish orqali Qarshi davlat universitetida ta`lim sifatini modernizatsiya qilish va zamonaviy o’quv jarayonini tashkil etish hamda QarDUning respublika oliy o’quv yurtlari orasida yetakchilar qatoridan o’rin olishiga ko’maklashish.

Xalqaro aloqalar bo’limi universitetning xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikni yo’lga qo'yish, eng so’nggi o’quv va ilmiy tajribalarni o’rganish va ularni ta’limga tadbiq etish, talaba va o’qituvchi xodimlarni dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tajriba orttirib qaytishi kabi tashkiliy ishlarni muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi bo’limdir. Bu esa o`z navbatida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga bo’lim universitetda Xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish hamda o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarida jahon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida tashkil qilingan.

Xalqaro aloqalar bo‘limining vazifalari:

  • Universitet bilan xorijiy oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari o’rtasida o’rnatilayotgan aloqalarni shartnoma, memorandum, bayonnoma, kelishuv asosida belgilangan tartiblarga muvofiq rasmiylashtirish va bajarilishini nazorat qilish;
  • Universitetga tashrif buyuruvchi xorijiy mutaxassislar, akademik xodimlar va hamkor vakillarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Ta’limni rivojlantirishga qaratilgan xorijiy sarmoyalarni jalb etish;
  • Universitet ilmiy tadqiqotchilari, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilari, professor va o’qituvchi xodimlari, talabalari uchun ta’lim grantlari va ilmiy tadqiqotlari uchun fond mablag’larini olish uchun tanlovda ishtirok etishlariga ko’mak berish va ularni muvofiqlashtirish;
  • Universitet professor-o’qituvchilari, xodimlari, tadqiqotchilari, mustaqil izlanuvchilarni, katta ilmiy xodimlarni chet el xizmat safarlariga borishlari uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda ko’mak berish va muvofiqlashtirish;
  • Universitet professor-o’qituvchilari va mustaqil izlanuvchilarni, katta ilmiy xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ISTE`DOD” jamg’armasi va boshqa Xalqaro tashkilot va ta’lim fondlari tanlovlariga tavsiya etish;
  • O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus vakillari bilan munosabatlarni o'rnatish va rivojlantirish.

Xalqaro aloqalarning ustuvor yo`nalishlari:

  • universitet professor-o'qituvchilari, doktorantlar va talabalar malakasini oshirish;
  • ta'lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish;
  • xorijning nufuzli oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik o`rnatish;
  • xalqaro grant va dasturlarda ishtirok etib, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish;
  • xorijiy OTMlardan yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislarni ma'ruza o'qish uchun taklif qilish;  
  • imzolangan shartnomalar doirasida turli muddatli xorijiy safarlar tashkil etish;
  • xorijiy hamkor OTMlar bilan birgalikda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va forumlar tashkil qilish;
  • O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan elchixona va vakolatxonalar bilan ta'lim sohasida do'stona aloqalar o'rnatish va boshqalar.
                                                               Qarshi davlat universitetining  xorijiy oliy ta’lim muassalari bilan xalqaro aloqalari
                                                                                         
 
Universitetda Yevropa Ittifoqining TEMPUS dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalari 

Qarshi davlat universiteti chet el grantlari va xorijiy loyihalar bо‘yicha faoliyati – Yevropa Ittifoqining TEMPUS IV dasturining  «QAPD: Yetakchi akademik liderlarning kasbiy malakasini oshirish orqali ta’limda sifat tizimini  takomillashtirish»  loyihasi, Koreyaning KOICA tashkilotining “Volontyorlar dasturi”, Buyuk Britaniyaning (British Council)  “PRESETT dasturi”, Germaniya elchixonasiga qarashli Toshkentdagi Gyote instituti, Fransiya elchixonasiga qarashli Fransiya instituti yordamida tashkil etildi.

Qarshi davlat universiteti Yevropa Ittifoqining TEMPUS dasturining 2 ta loyihasida ishtirok etmoqda:

1. «QAPD: Yetakchi akademik liderlarning kasbiy malakasini oshirish orqali ta’limda sifat tizimini  takomillashtirish» Batafsil ma'lumot: www.qapd.uz

Loyiha maqsadi:

  • Universitet va vazirlik darajasida ta’lim jarayoni va sifat ta’minoti jarayonini tizimlash hamda mustahkamlashga kо‘maklashish;  
  • Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan Bolonya jarayoni va xalqaro standartlar kontekstida ta’lim sifatini ta’minlash tizimi amaliyoti integratsiyasi bо‘yicha uzoq muddatli hamkorlik;
  • О‘zbekiston Oliy ta’limi sohasida ta’lim sifatini ta’minlash milliy tizimini shakllantirish;
  • О‘quv dasturlarini takomillashtirish, yaratish orqali akademik tarkibning kasbiy malakasini oshirishga kо‘maklashish. 

 Loyiha muddati: 3 yil (15.11.2011- 15.11.2014 yy).

 Loyiha hamkorlari:

  • London Metropoliten universiteti (London);

  • Vitautas Magnus Universiteti (Litva, Kaunas);

  • Peloponnesa Universiteti (Gretsiya, Tripoli);

  • Oliy va О‘rta maxsus ta’lim vazirligi;

  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

  • Qarshi davlat universiteti;

  • Samarqand davlat xorijiy tillar instituti;

  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

  • Buxoro davlat universiteti;

  • Britaniya kengashi (British council);

Ushbu loyiha doirasida 5ta professor-о‘qituvchilarimiz 2012-2013 yillarda malaka oshirib qaytdilar.

2. 544134-TEMPUS-1-2013-1-BE-TEMPUS-SMGR «UzDOC: О‘zbekiston oliy ta’lim muassalari doktorantura tizimi sifatini oshirish»

 

 Loyiha muddati: 3 yil (15.11.2013- 15.11.2017 yy)

 Loyiha hamkorlari:

  • Yevropa Poytaxt universitetlar birlashmasi  (Brussel);

  • Zagreb Universiteti (Xorvatiya);

  • Sapiyenza Universiteti (Ruminiya);

  • Grenada Universiteti (Ispaniya);

  • Bratislava Komenus Universiteti (Slovakiya);

  • Azens Universitetining Iqtisodiyot va Ilmiy-Tadqiqotlar  markazi (Gretsiya);

  • Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi;

  • Toshkent Moliya instituti;

  • О‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti;

  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

  • Qarshi davlat universiteti;

  • Qaraqalpoq davlat universiteti.

 

Universitetning Koreyaning KOICA tashkilotining “Volontyorlar dasturi” bо‘yicha hamkorligi 

2010-yil 21-yanvardan buyon davom etmoqda. Koreya elchixonasiga qarashli KOICA tashkiloti bilan hamkorlik 2010-yil 21-yanvardan volontyorlar dasturi shartnomasi tuzilgan bо‘lib, hozirga qadar universitetda 6 ta volontyor faoliyat kо‘rsatdi, ya’ni 5ta koreys tili bо‘yicha  - Park Jungeun, Li Jeongyun, Park Eun Suk, Cho Gyongxva, Xvan Dok Ran va kompyuter texnologiyalari bо‘yicha  1 ta – Kim Xyon Djin. 

      

 

 

 

 

 

 

 

 

Koreyaning KOICA tashkilotining Qarshi davlat universitetidagi faoliyati fotolavhalari 

 

 

 

JoomShaper