01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

Qarshi Davlat Universiteti akademik litseyi

Akademik litsey direktori

Xushmurodova Ismigul Berdimurodovna, Pedagogika fanlari nomzodi

Telefon: (+99898) 117-44-31

Electron manzil: QDU-2akadem@inbox.uz

 

 

  

Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Pardayev Asror Abdijabborovich, Tarix fanlari nomzodi

Telefon: (+99893) 931-70-12 

Electron manzil: asror8025.pardayev@umail.uz

 

  

 

O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Eshnayev Iskandar Azizovich 

Telefon: (+99893) 695 -34-98 

Electron manzil: iskandar79.eshnayev@umail.uz

 

 Qarshi davlat universiteti qoshidagi akademik litseyi respublikamizdagi eng nufuzli o‘rinlarni egallagan bilim maskanlaridan biridir. Qarshi DU qoshidagi akademik 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi O‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazining 27. 09. 2004 yildagi №194 sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.  2016 yil 26 sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3290 sonli qaroriga ko‘ra, akademik litseyga Qarshi davlat universiteti akademik litseyi maqomi berildi. 

Akademik litseyda to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha ixtisosliklar asosida o‘quvchilarga darslar olib boriladi. Bu yo‘nalishlar: 

- Aniq fanlar (texnika, iqtisodiyot); 

- Tabiiy fanlar (tibbiyot); 

- Ijtimoiy-gumanitar fanlar (tarix, huquqshunoslik, o‘zbek tili va adabiyoti); 

- Xorijiy tillar (ingliz, olmon tili). 

Akademik litseyda yo‘nalishlar bo‘yicha to‘rtta bo‘lim mavjud bular: 

- Aniq fanlar bo‘limi; 

- Xorijiy tillar bo‘limi; 

- Ijtimoiy gumanitar fanlar bo‘limi; 

- Tabiiy fanlar bo‘limi, 

Akademik litsey o‘qituvchilari Qarshi davlat universiteti axborot resurs markazidan doimiy foydalanib kelmoqda va akademik litsey axborot resurs markazi bilan hamkorlikda ish olib bormoqda.

Akademik litsey 2004 yilda o‘quv jihozlar bilan ta’minlangan. 5 ta lingafon xonasi, 3 ta kompyuter xonasi, 2 ta fizika laboratoriyasi 2 ta ximiya laboratoriyasi, 1 ta biologiya laboratoriyasi mavjud bo‘lib barchasi jihozlangan.

Akademik litseyda 60 dona kompyuter mavjud bo‘lib, ular ichki lokal tarmoq va internet tizimlariga ulangan. 

2016 yil Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Suyunov Odil Qirg‘izistonda o‘tkazilgan bel olib kurash sport turining Osiyo gran-pri musobaqasida faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. 

2016-2017 o‘quv yilida akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Qarshi davlat universiteti stipendiyasi uchun o‘tkazilgan tanlovda akademik litseyning o‘quvchilaridan To‘rayev Serob, Mallayev Adham, Qalqonov Ro‘zibek va Murodova Gulshan ishtirok etib, “Qarshi davlat universiteti stipendiyasi”ga sazovor bo‘ldilar.

Akademik litseyda amalga oshirilayotgan o‘quv-uslubiy, tarbiyaviy-ma’rifiy jarayonlardan ko‘zlangan pirovard maqsad O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlarini og‘ishmay hayotga tadbiq etish hamda DTS talablari asosida yetuk mutaxassislarni tayyorlash, har tomonlama yetuk, jismonan va ma’nan sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir.