01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

«Malaka oshirish va qayta tayyorlash» markazi

Markaz boshlig’i: fizika-matematika fanlari nomzodi

Mallayev Amin Sayfulloevich

Telefon: (+99897) 382-29-19

Elektron manzil: qardumo@umail.uz

Qarshi Davlat universiteti qoshidagi Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi 1999 yil 9 aprelda tashkil topgan. 2010 yilning mart oyida Markaz huzurida “Umumta’lim fanlari” kafedrasi tashkil etilgan. Hozirgi paytda kafedrada 5 nafar dotsent, 3 nafar katta o‘qituvchi va 4 nafar o`qituvchilar faoliyat yuritmoqda.

 

Markaz Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim boshqarmalarining akademik litseylari va kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlari malakasini oshirish va nopedagog kadrlarini pedagogik qayta tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Mazkur markaz ish boshlagandan buyon zikr etilgan soha vakillaridan 7408 nafar oqituvchilar malakasi oshirildi, 2907 nafar qayta tayyorlash dasturini bajardilar.


Malaka oshirish va qayta tayyorlash tinglovchilari bilan kasbiy bilimlari, mahorati va ko‘nikmalari bo‘yicha suhbatlar o‘tkaziladi va guruhlar tashkil etiladi. O‘z fanini qay darajada bilishi, ma’naviy, madaniy, iqtisodiy va huquqiy savodxonligini aniqlash bo‘yicha kirish - chiqish testlari o‘tkaziladi. Ularga kasbiy malakalarini oshirishning zamonaviy usullarini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy bilimlari, mahorati va ko‘nikmalarini uzluksiz yangilab borish yo‘llari o‘rgatiladi. Ular tegishli maslahatlar olib shaxsiy vazifalarini belgilaydilar, o‘z fanlari bo‘yicha ma’ruza matnlarini tayyorlash yoki amaliy mashg‘ulotlarini bajarishning yangicha interfaol usullarini yaratishga kirishadilar.

O‘quv jarayonida zamon talablariga javob beradigan, buyurtmachi ta’lim muassasalarining fikr-mulohazalari, o‘quv rejalari va ta’lim dasturlari majmuasi asosida professor-o‘qituvchilar tomonidan markazdagi mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha yaratilgan o‘quv metodik majmualar va elektron ta’lim resurslaridan keng foydalaniladi

 

Malaka  oshirish va qayta tayyorlash markazi olimlari ijodidan namunalar

Markaz huzuridagi “Umumta’lim fanlari” kafedrasining 2015 yilga mo‘ljallangan o‘quv yuklamasi 11968 soatni tashkil qiladi, Shundan ma’ruza 3984 soatni, amaliy va boshqa mashg‘ulotlar esa  7984 soatni tashkil qiladi.

 O‘tgan 2016 yil mobaynida kafedra prof-o‘qituvchilari tomonidan  2 ta o‘quv va uslubiy qo‘llanma hamda 30 dan ortiq ilmiy va ilmiy uslubiy maqolalar chop etilgan. Joriy yilda 3 ta  uslubiy qo‘llanma (Kursni tugatish ishi, malaka ishi va amaliyotlarni tashkil etish bo‘yicha) nashrga tayyorlandi.Malaka oshirish va qayta tayyorlash kursi tinglovchilari bilan ta’lim sifati va samaradorligini oshirishni ta’minlovchi noan’anaviy darslarni tashkil etish metodlari hamda  bayram tadbirlariga bag‘ishlangan xar xil mavzuda madaniy va ommoviy tadbirlar reja asosida tashkil etilib va o‘tkazib borilmoqda.