01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

Iqtidorli talabalar bilan ishlash

Universitetda iqtidorli talabalar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘quv yili boshida bo‘limning yillik ish rejasi tasdiqlangan.

Barcha fakultetlarda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullar tayin-langan bo‘lib, rejaga ko‘ra iqtidorli talabalarning yangi tarkibi shakllantirilgan. Universitet bo‘yicha 439 nafar iqtidorli talaba bilan ishlash uchun professor-o‘qituvchilar biriktirilgan. Mutaxassis tayyorlovchi kafedralar qoshida talabalar uchun fan to‘garaklari tashkil etilgan. 2017 yilda “Fan, taraqqiyot va yoshlar” ilmiy-amaliy konferensiyasida iqtidorli talabalar tomonidan 447 ta ilmiy maqola, “Ilm-fan va innovatsiya” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida universitet professor-o‘qituvchilar hamda magistr talabalari tomonidan 48 ta ilmiy maqolalar nashr qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 23 martdagi 162-sonli buyrug‘i asosida universitetda 2017 yilning 27 martidan 15 apreligacha bo‘lib o‘tgan “Respublika Talabalar Fan olimpiadasi”ning I bosqichi bo‘lib o‘tdi. Olimpiadaning I bosqichini o‘tkazish uchun 165 nafar professor-o‘qituvchilardan iborat Tashkiliy qo‘mita tuzildi. Uning tarkibi Qarshi davlat universiteti rektori prof. B.Shoimqulov tomonidan tasdiqlandi. Olimpiada tarkibiga kiritiladigan umumkasbiy va mutaxassislik fanlari test sinovi, yozma ish, og‘zaki va laboratoriya ishi topshiriqlari tashkiliy qo‘mita tomonidan ishlab chiqildi.

Talabalar fan olimpiadasining I bosqichi uchun ishlab chiqilgan test topshiriqlari, yozma ish variantlari, amaliy topshiriqlar va baholash mezonlari “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari” asosida yaratilgan, amaldagi o‘quv dasturiga mazmunan mos kelishiga e’tibor qaratildi. Tashkiliy qo‘mita tomonidan I bosqichning adolat mezonlari asosida tashkillashtirilishi ta’minlandi.

Fan olimpiadalari 15 ta umumkasbiy fanlaridan va 20 ta mutaxassislik fanlaridan bo‘lib o‘tdi. Olimpiadaga 165 ta professor-o‘qituvchilar tashkiliy qo‘mita a’zolari sifatida, 150 nafar professor-o‘qituvchilar ilmiy rahbar sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, jami 225 nafar talaba ishtirokchi sifatida qatnashdi.

Shundan 35 nafar talaba Fan olimpiadasining II bosqichida mutaxassislik va umumkasbiy fanlar bo‘yicha muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Ulardan tabiiy fanlar fakulteti, biologiya ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Kattaboyeva Gulnoza Safarovna biologiya (mutaxassislik) fani bo‘yicha 1-o‘rinni, tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti, tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) yo‘nalishi 4-kurs talabasi To‘xtayev G‘olib Sobirovich tarix fani bo‘yicha 3-o‘rinni va shu fakultetning turizm yo‘nalishi 4-kurs talabasi Qurbonova Malika Ahmad qizi servis fani bo‘yicha 3-o‘rinni, pedagogika fakulteti, psixologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasi Ergashev Quvonch Orifjon o‘g‘li psixologiya fani bo‘yicha 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Universitet iqtidorli talabalari orasida 2016-2017 o‘quv yili uchun bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari va Davlat stipendiyalariga tanlovning 1-bosqichi o‘tkazildi. Unda barcha tashkiliy ishlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 10 iyundagi 87-02-1969-sonli modemogrammasiga binoan olib borildi. E’lonlar o‘z vaqtida barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha fakultetlarga yetkazildi. Fakultet dekanlari tomonidan a’lochi, jamoatchi va dunyoqarashi keng talabalarning nomzodlari tavsiya etildi. Tanlovda ishtirok etishni xohlab hujjat topshirgan 19 nafar iqtidorli talaba O‘zbekiston tarixi, informatika va axborot texnologiyalari va chet tili (ingliz, fransuz) fanlaridan 100 balli tizimda sinovdan o‘tkazildi. Universitet rektorining buyrug‘i asosida tuzilgan imtihon komissiyasi tomonidan sinov imtihonlarini o‘tkazish jarayonida adolatlilik prinsiplariga qat’iy amal qilindi. Sinovda yuqori natija ko‘rsatgan “Ijtimoiy-gumanitar va ijtimoiy fanlar” yo‘nalishi bo‘yicha 1 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga, 7 nafar talaba esa Davlat stipendiyalari Respublika bosqichida ishtirok etish uchun saralab olindi va ularning hujjatlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi komissiyaga taqdim etildi.

Ulardan to‘rt nafari Davlat stipendiyasiga munosib topildi. Bular: Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti 4-kurs talabasi Omonova S., o‘zbek filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi Boymirova D., fizika-matematika fakulteti 4-kurs talabasi Murodov Sh., va tabiiy fanlar fakulteti 3-kurs talabasi Kattaboyeva G.

Davlat stependiyalari sohiblarining ro‘yxati

Talabalarning

F.I.O.

Yo‘nalish shifri, nomi va kursi

Stipendiya turlari

1.

Omonova Sarvinoz Orif qizi

5120300-Tarix (mamlakatlar va mintaqalar) yo‘nalishi, 4-kurs

Navoiy

2.

Boymirova Dilshoda Oblayor qizi

5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi, 3-kurs

Navoiy

3.

Murodov Shukrilla Abdusaid o‘g‘li

 

5130200-Amaliy matematika va informatika yo‘nalishi, 4-kurs

M.Ulug‘bek

4.

Kattaboyeva Gulnoza Safarovna

5140100-Biologiya yo‘nalishi, 3-kurs

Islom Karimov