QARSHI SHAHRINING XVIII ASR IKKINCHI YARMI XX ASR BOSHLARIDAGI TARIXIDAN
Mustaqillik sharoitida jamiyatdagi yangi o’zgarishlarni amalga oshirish jarayonida jamiyat a‘zolarini erkin, demokratik tafakkur va milliy ruhda tarbiyalash vazifalarini bajarishda tarix fanini ahamiyati tobora oshib bormoqda. Mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab xalqning tarixiy xotirasini tiklash, tarix faniga doir tadqiqotlarni har tomonlama takomillashtirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Prezident I.A.Karimov 1998 yil yozida bir guruh yetakchi tarixchi olimlar bilan bo’lgan uchrashuvida ta‘kidlaganidek, «...o’z tarixini bilgan, u bilan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur
TALABALAR NUTQINING LINGVOMADANIY VA SOTSIOPRAGMATIK XUSUSIYATI
Mustaqillik yillarida ona tilimizning qo`llanish sathi sezilarli darajada kengaydi. Milliy tilning rivojlanishi, jamiyat taraqqiyotiga, milliy o`zlikni anglashga imkon berdi. Yurtimizda oddiy fuqarolar yig`inidan to Oliy Majlisgacha amalga oshirilishi olib borilayotgan muloqotlarning davlat tilida ekanligi quvonarli hol, albatta. Bu esa mamlakatimizning barcha fuqarosini o`zbek tilida erkin, mantiqli, adabiy til me`yorlariga amal qilgan holda so`zlashishni talab etadi.
TILSHUNOSLIK FANI RIVOJLANISHINING FALSAFIY XUSUSIYATLARI
Insonning tafakkuri, hayot tarzi o’zgarib borsa-da, uning falsafiy bilimlarga ehtiyoji tuganmasdir.Zero, bilim insonga o’zini anglashga, dunyoda o’z o’rnini topishga yordam beradi.XXI asrda mafkuraviy jarayonlarning jadal rivojlanishi dunyoqarash mexanizmlarining ham takomillashishini talab etmoqda.Darhaqiqat, Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Biz odamlarning fikrini boshqarish emas, aksincha, ularning dunyoqarashini kengaytirish va yuksaltirish tarafdorimiz” [Karimov, 2009, b 11], bu esa, falsafiy metodologik jihatlarini tadqiq etishni taqozo etadi.Ushbu dissertatsiyada falsafa va tilshunoslik fanining uzviy bog’liqligi hamda lingvofilosofiyani shakllanishiga turtki bo’lgan davrlar tahlil qilingan
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida didaktik materiallardan foydalanishni takomillashtirish yo‘llari
Jahon hamjamiyati mamlakatlari orasida o‘zining mustahkam o‘rni va mavqeiga ega bo‘lib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyoti ko‘p jihatdan yosh avlodni yuksak ma’naviyat va intellektual salohiyat egasi etib tarbiyalashga bog‘liq. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng ijtimoiy hayotning barcha yo‘nalishlari, shu jumladan, ta’lim sohasini isloh qilish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.