01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Bo‘lim boshlig'i: Jurayev Asrorjon Xasanovich

Tel: 8 (375) 221 21 05;  Faks: 8 (375) 225 57 01

Elektron manzil: asrorjon68@umail.uz

 

 

Qarshi davlat universiteti Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi tarkibiy tuzilmasi 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchilari:  

Nurillayeva Shahzoda, Aminov Nurbek

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim uslubchisi: 

Omonov Oybek

Fakultet dekanlarining Yoshlar bilan ishlash (ma’naviy-ma’rifiy ishlar) bo‘yicha o‘rinbosarlari

1. Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti: Ravshanov Xasan

2. O‘zbek filologiyasi fakulteti: Kenjayev To‘lqin

3. Xorijiy tillar fakulteti: Boratov Eldor, Amirqulova Nargiza

4. Pedagogika fakulteti: Fayzullayev Xolmo‘min, Yo‘ldoshev Nazar

5. Tabiiy fanlar fakulteti: Norchayev O‘tkir

6. Fizika-matematika fakulteti: Eshqorayeva Norxol, Ochilov Alisher

7. Jismoniy madaniyat fakultet:i Davronov Ernazar 

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘ining lavozim vazifalari:

Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

O‘zbekiston Respublikasining ta’lim-taribiyaga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;

O‘quv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va iqtidorli talabalar bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish.

Bilishi kerak:

Bo‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, universitet rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi.

Malaka talablari:

Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lishi, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish yuritish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;

Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.