2017 yil - “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturining maqsadi va vazifalari

Mustaqil Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz tomonidan boshlab berilgan demokratik islohotlarni izchil davom ettirish va chuqurlashtirish, hayotga keng joriy etish, jadallashtirish maqsadida konstitutsiyamizning 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda, joriy 2017 yilni mamlakatimizda, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili ” deb e’lon qildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining davlat va jamiyat bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlariga yangicha ruh, yangicha yo‘nalish berish orqali ularni ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, bir so‘z bilan aytganda “Xalq manfaatlari hamma narsadan ustun,- degan tamoyilni amalda to‘liq bajarishdan iborat.

Mamlakatimiz rahbari Davlat dasturining birlamchi vazifalari sifatida quyidagilarni belgilab berdi. Xususan dastur joylarda qabul qilingan qonunlar, buyruqlar va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi, davlat organlarining o‘zlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarini bajarish bo‘yicha faoliyatining samaradorligi ustidan parlament va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini shakllantirish bo‘yicha chora tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Dasturda ta’kidlanishicha dastur doirasida aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi samarali mexanizmlari va uslublari joriy etiladi. Dastur shuningdek barcha hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisob berish tizimini joriy etishni ko‘zda tutadi. Aholining huquqiy madaniyati va moliyaviy iqtisodiy savodhonligini oshirish hamda fuqarolarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash tizimini shakllantirish bo‘yicha tadbirlar ham davlat dasturiga kiradi. Ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiyalar miqdorini oshirish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish ham dasturdagi birlamchi vazifaga aylandi.

2017 yildan boshlab “Xalq qabulxonalari” ga qilingan hech bir murojat e’tiborsiz qolmaydigan tizim yaratiladi. Muxtasar aytganda odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo‘lish, og‘irini yengil qilish - aholining davlat va jamiyatga ishonchini mustahkamlashga hizmat qiladi. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili davlat dasturini amalga oshirishga 37,7 trln so‘m va $8,3 mlrd. yo‘naltiriladi. Joriy 2017 yil mamlakatimiz siyosatining bosh maqsadi inson manfaati har narsadan ulug‘, degan ezgu g‘oyani izchil davom ettirish, hayotimizni yanada obod va farovon etish yo‘lida yana bir ulkan qadam bo‘ldi.

 

JoomShaper