0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

TARIX KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: t.f.n.   

Akrom Hasanov Mo‘minovich

Telefon: (+99890) 616-42-33

Elektron manzili:  ahasanov75@umail.uz

 

 

 Kafedra haqida

"Tarix" kafedrasi 2014 yilda "O‘zbekiston tarixi" va ”Jahon tarixi va arxeologiya” kafedralarining qo‘shilishidan tashkil etilgan. 1957 yilda “Umumiy tarix” kafedrasi nomi bilan, 1996 yildan “Jahon tarixi”, 2004 yilning 29 sentyabridan “Jahon tarixi” kafedrasi hamda “Arxeologiya va etnologiya” markazi negizida “Jahon tarixi va arxeologiya” kafedrasi tashkil etilgan. Turli yillarda bu kafedraga prof. G.To‘xtametov, prof. O.Eshquvvatov, prof. A.Mavlonov, dots. X.Egamberdiyev, dots. S.Turdiyev, dots. Yu.Manzarov, dots. T.Rashidova va O.Bo‘riyevlar mudirlik qilishgan. 

О‘zbekiston tarixi” kafedrasiga 1993-yilda asos solingan bо‘lib, 1993-1997-yillarda professor O.Jо‘raqulov, 1997-2006-yillarda dotsent N.Ismoilov, 2006-2013-yillarda prof.A.Choriyev mudirlik qildi. Kafedraning ilmiy-uslubiy faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,  so‘nggi yillarda kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan 3 darslik, 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, 20 gа yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 1000dan ortiq ilmiy, uslubiy va ommabop maqolalar xalqaro, respublika  va mahalliy nashrlarda  chop etildi. 

Kafedrada 3 nafar fan doktori, professor, 1 nafar fan nomzodi, dotsent, 12 nafar fan nomzodi, katta o‘qituvchi, 5 nafar katta o‘qituvchi hamda 10 nafar assistent-o‘qituvchilar  faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar: 

Bakalavriat 

 5120300- Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) 

  • О‘zbekiston tarixi
  • Xronologiya va metrologiya
  • Tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar va metodlar
  • Tarixiy antropologiya
  • Arxeologiya
  • Etnologiya
  • Jahon tarixi
  • Fan va texnika tarixi
  • Tarixiy geografiya
  • Tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya jarayonlari
  • O‘zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi
  • Sharq allomalarining ilmiy merosi
  • Tarix falsafasi va metodologiyasi
  • Tarix o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari
  • Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi
  • О‘zbekiston davlatchiligi tarixi
  • O‘rta Osiyo allomalarining ilmiy merosi va tasavvuf tariqatlari tarixi
  • О‘rta Osiyoning qadimgi va о‘rta asrlar urbanizatsiyasi tarixi
  • Jahon sivilizatsiyalari tarixi
  • Muzeyshunoslik
  • Arxivshunoslik
  • Etnogenez va o‘zbek xalqining etnik tarixi
  • O‘zbekistonning eng yangi tarixi
  • Qashqadaryo tarixi  

Magistratura 

5A120302-Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) 

  • Qadimgi Osiyo tarixi tarixshunosligi va manbashunosligining nazariy muammolari
  • O‘rta asrlar Yevropasi tarixi tarixshunosligi va manbashunosligining dolzarb masalalari
  • Yangi va eng yangi davr tarixi tarixshunosligi va manbashunosligi rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari
  • Jahon etnologiyasining dolzarb muammolari
  • O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash ishi tarixi
  • XX asrda Yevrosiyoda siyosiy jarayonlar mustabid tuzumning qulashi
  • Globallashuv sharoitida Yevropa va Osiyo mamlakatlarining O‘zbekiston bilan hamkorligi  

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati. 

Kafedraning professor-o‘qituvchilari, “Janubiy O‘zbekiston tarixi, arxeologiyasi va etnologiyasining dolzarb muammolari” mavzusida tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha prof. A.Choriyev 10 ta,  dotsent O.Bo‘riyev 8 ta,  N.O‘roqova 3 ta, F.Rahmonov 1 ta, G.Mo‘minova 1 ta, N.Rajabova 1 ta, G.Ravshanova 1 ta monografiya va risolalar nashr ettirishgan. 

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidan kelib chiqib, kafedrada ilmiy-uslubiy seminar faoliyat ko‘rsatmoqda. Seminarni t.f.d, B.Eshov boshqarmoqda. Kafedra qoshida iqtidorli talabalar bilan o‘qit. Rano To‘xtayeva ish olib bormoqda. To‘garak talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etishga qaratilgan bo‘lib, talabalar tomonidan ilmiy rahbarlari bilan birgalikda 80 dan ortiq maqola va tezislar Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida chop etildi. 

Kafedra Kasbi maishiy xizmat ko‘rsatish kolleji va Nishon qishloq xo‘jaligi kolleji, Qarshi tibbiyot kolleji hamda QarshiDU qoshidagi 1-AL bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Kafedra tomonidan muntazam ravishda uslubiy qo‘llanmalar, tarqatma materiallar, elektron ta'lim resurslari tayyorlanib, AL ва KHKlarga uslubiy yordam berilib kelinmoqda. 

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. Hasanov Akrom Mo’minovich - kafedra mudiri, tarix fanlari nomzodi,  kattao‘qituvchi
  2. Eshov Bahodir Jo‘rayevich - tarix fanlari doktori, professor.
  3. Choriyev Ahmadjon Huvayevich -  tarix fanlari doktori, professor.
  4. Mavlonov O‘ktam Maxmasobirovich -  tarix fanlari doktori, professor.
  5. Sulaymonov Rustam Hamidovich - tarix fanlari doktori, professor.
  6. Bo‘riyev Ochil XXX - tarix fanlari nomzodi, professor.
  7. O‘roqova Nigora Salomovna - tarix fanlari nomzodi, dotsent.
  8. Mo‘minova Gavhar Esanovna -  tarix fanlari nomzodi, dotsent v.b.
  9. Rahmonov Faxriddin Shaymardonovich -  tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  10. Rajabova Nilufar Nasriddinovna - tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  11. To‘rayeva Matluba Xoliqulovna - tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  12. Sohibova Mahliyo To’rayevna - tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  13. Nizomov Xayriddin XXX -  tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  14. Quvvatova Nodira Kadirovna -  tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  15. Xoliqov Qahramon XXX -  tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  16. Qodirova Mamlakat Muminovna - tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  17. Xudoyqulov To‘lqin Do’stboboyevich - tarix fanlari nomzodi, o‘qituvchi.
  18. Usmonov Murtoz Shodiyevich - katta o‘qituvchi.
  19. Sharipov Fayzulla Narziyevich -  katta o‘qituvchi.
  20. Do‘stov Abduvali G’aniyevich -  katta o‘qituvchi.
  21. Karomov G‘ulom Xamidovich -  katta o‘qituvchi.
  22. Ravshanova Gulora Poyonovna -  katta o‘qituvchi.
  23. Egamberdiyev Faxriddin Panjiyevich - o‘qituvchi.
  24. Berdiyev Jamshid Panjiyevich - o‘qituvchi.
  25. Samadova Feruza Ne’matovna - o‘qituvchi.
  26. Achilov Anvar Tuychiyevich -  o‘qituvchi.
  27. Ko‘charov Jamshid Qulnazarovich -  o‘qituvchi.
  28. Botirov Sarvar Ilhomovich - o‘qituvchi.
  29. To‘xtayeva Ra’no Norto’xtayevna - o‘qituvchi.
  30. Normatov Sherzod Mirzayevich - o‘qituvchi.
  31. To’xtamishova Fotima Musirmanovna - o‘qituvchi.
  32. Suyarov Nurbek Rustamovich -  o‘qituvchi.
  33. To‘rayev Shuhrat Raxmonovich - o‘qituvchi.
  34. Qo‘ldoshev Husan Shaharovich - o‘qituvchi.
  35. Ernazarov Azim Xudoyqulovich -  kabinet mudiri.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________