0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

MILLIY G'OYA, MA'NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA'LIMI KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: Falsafa fanlari nomzodi, dotsent

Qanoatova Feruza Bobokulovna 

Telefon: (+998 91) 211 88 48

Elektron manzili: fkanoatova@umail.uz

 

Kafedra haqida  

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligining 2005-yil 17-sentyabrdagi 9/2 sonli qarori hamda Qarshi davlat universiteti rektorining 2006-yil 4-dekabrdagi 253 X – sonli buyrug’iga muvofiq 2006-yilda tashkil etilgan. Kafedra  mudiri lavozimida  falsafa fanlari nomzodi, dotsent Qanoatova Feruza  faoliyat yuritmoqda. 

Kafedrada 23 nafar professor – o’qituvchilar faoliyat ko’rsatadi, shundan: 1 nafar fan doktori, professor, 5 nafar fan nomzodi dotsentlar, 1 nafar PhD – katta o’qituvchi, 3 nafar fan nomzodi – katta o’qituvchilar, 2 nafar katta o’qituvchi, 11 nafar assistent o'qituvchilardir. Ilmiy salohiyat –49%.

Kafedra O'zMU, SamDU, Termiz DU, BuxDU, Nizomiy nomidagi TDPU, TDYuU, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv Akademiyasi, Toshkent Islom universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, Qozo’giston Respublikasi Miras univeristeti bilan ham doimiy ilmiy hamkorlikda.   

Kafedrada o’qitiladigan fanlar: 

  • Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlarini o’qitish metodikasi.
  • Ma’naviyatshunoslik.
  • Dinshunoslik.
  • Ma’naviyatning axloqiy asoslari.
  • Ma’naviyatning estetik asoslari.
  • Etnomadaniyat.
  • Globallashuv asoslari.
  • Davlat va huquq tarixi va nazariyasi.
  • Xalqaro huquq. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyasi.
  • Ma’muriy huquq
  • Ekologiya huquqi
  • Mehnat  huquq.
  • Jinoyat huquqi
  • Fuqarolik huquqi
  • Oila huquqi
  • Jahon siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi.
  • Ijtimoiy ta’minot huquqi.
  • Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi
  • Geosiyosat asoslari.
  • Tadbirkorlik – biznes huquqi. 

Magistratura 

  • Mutaxassislik fanlarni o’qitish metodikasi.
  • Ma’naviyatning ilmiy asoslari.
  • Sharq va G’arb ma’naviyati.
  • Ma’naviyatning diniy asoslari.
  • Ma’naviyat ommaviy madaniyat.
  • Ma’naviyat va ijtimoiy taraqqiyot. 

O’quv - uslubiy ishlar 

Kafedraning quyidagi professor-o’qituvchilari tomonidan bir qancha monografiyalar, darsliklar, o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlanib nashrdan chiqarildi: 

2018-yil 31-martda kafedra professor-o’qituvchilaridan B.Omonov “O’zbekistonning Orol bo’yi mintaqasidagi ekologik siyosati” (09.00.04-Ijtimoiy falsafa) mavzusidagi Falsafa fanlari fo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyani himoya qildi. 

- Falsafa fanlari doktori, professor O.Ergashevning “Konstitutsiya: shaxs-jamiyat-davlat” (hammualliflikda) Q-2013 y.; 

- A.Erkayevning “Milliy g’oya va ma’naviyat” T-2002-y, “Ma’naviyat va taraqqiyot modeli” T-2005-y, “Tafakkur erkinligi” T-2006-y, “Духовность и развитие” Т-2008-y, “Sobit qadam karvon” T-2009-y, “O’zbekiston yo’li ” T-2017-y.; 

- Falsafa fanlari nomzodi, dotsent M.Oltiboyevning “Istiqlol yashash demakdir” Qarshi. 2013-y.; 

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent G’.Soatov “O’zbekiston madaniyati” O’quv qo’llanma. “Tafakkur bo’stoni” nashriyoti. Toshkent-2011-y.; 

Falsafa fanlari nomzodi, dotsent G’.Soatov “Madaniyatshunoslik” O’quv qo’llanma. “Fan” nashriyoti. Toshkent- 2008-y.; 

Falsafa fanlari nomzodi, dotsent X.Maxmanovaning “Konstitutsiya va kuchli fuqarolik jamiyati sari” O’quv-uslubiy qo’llanma. Qarshi - 2015-y.; 

Falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Omonovning 2014 yilda “O’zbekistonning Orol bo’yi mintaqasidagi ekologik siyosati” nomli monografiyasi; 

 

 Kafedra ilmiy yo’nalishi: 

Kafedraning bosh ustuvor ilmiy-tadqiqot mavzusi “O`zbekistonda huquqiy va demokratik jamiyat qurish jarayonida ma'naviy madaniyatning roli: muammo va yechimlar”. 

Kafedra professor-o’qituvchilari doimiy ravishda xorijiy jurnallarda ilmiy maqollalar bilan qatnashadilar. 

Kafedra 

  1. 2015-yil “Postmodern jamiyat va inson muammosi”.
  2. 2017 yil  “Ijtimoiy fanlarni oliy ta’limda o’rganishning dolzarb nazariy metodologik muammolari” mavzularida Respublika ilmiy-amaliy konfrentsiya o’tkazildi.
  3. 2018 yil noyabr oyida “Mustaqillik yillarida ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimining  takomillashuvi“ nomli konferensiya o’tkazish rejalashtirilgan. 

Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar: 

  1. 5111600 – “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo’nalishi  
  2. 5A111601 “Ijtimoiy fanlarni o’qitish metodikasi(ma’naviyat asoslari)” mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlanmoqda.  

Kafedra professor-o’qituvchilari tarkibi: 

Qanoatova Feruza Bobokulovna – kafedra mudiri, Falsafa fanlari nomzodi, dotsent

 

 

 

 

Ergashev Ochil – Falsafa fanlari doktori, professor.

 

 

  

 

 

 

 

 

 

Erkayev Abdurahim – Falsafa fanlari nomzodi, dotsent

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Oltiboyev Murodilla – Falsafa fanlari nomzodi, dotsent.

  

 

 

 

 

 

 

 

Do’stmuratov Jomurod Xurramovich – Falsafa fanlari nomzodi, dotsent

 

 

 

 

 

  

 

 

 

Soatov G’ayrat – Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tog’ayev Shavkat – Falsafa fanlari nomzodi, dotsent

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Maxmanova Xosiyat Normo’minovna – Falsafa fanlari nomzodi,

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O’roqova Nargiza Salomovna – Falsafa fanlari nomzodi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Omonov Bahodir Nurillayevich–falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

 

 

  

Manaviy-axloqiyvatarbiyaviyishlar

Kafedra qoshida muntazam “Yosh ma’naviyatchilar” to’garagi faoliyat olib boradi.

 

Kafedra professor-o’qituvchilari doimiy ravishda universitet  va Viloyat miqyosida o’tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadi.

 

 “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo’nalishi talabalari turli xil  Viloyat va Respublika miqyosidagi tanlov va olimpiadalarga ishtirok etadi.

 

 

Kafedra muntazam ravishda ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari bilan  aloqada

 

 Kafedra manzili:   Qarshi shahar Ko’chabog’ ko’chasi  17-uy, Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti, 333-xona.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________