0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

TABIIY FANLAR FAKULTETI

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Fakultet tarixi

Fakultet jamoasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga amal qilgan tarzda olib bormoqda. Fakultet faoliyati oliy ta’lim, kasb – hunar va o‘rta maxsus ta’lim, umumta’lim muassasalari  uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

Tabiiy fanlar  fakulteti 1960-yil 20-yanvarda Kimyo – biologiya fakulteti nomi bilan ish boshlagan. Keyinchalik ya’ni 1994-yil “Tabiatshunoslik” markaziga aylantirilgan. 2001-yilda markaz tarkibida “Ximiya - geografiya” hamda “Biologiya -tuproqshunoslik” fakulteti tashkil etilgan.

2005-yil 26-avgustda har ikki fakultet birlashtirilib Kimyo – biologiya fakulteti deb nomlangan. 2011-yil, 5-noyabrdan “Tabiatshunoslik va geografiya” fakulteti nomi bilan yuritilayotgan edi. 2014-yil 8-iyul oyidan fakultet “Tabiiy fanlar” fakulteti deb nomlandi.

Fakultet ma'muriyati:

Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlar nomzodi

Boysunov Bobur Xidirovich

Qabul vaqti: Har kuni 14.00 – 18.00

Telefon: (+99890) 721-66-99

E-mail: bbaysunov@mail.ru

   

 

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovuni

Boymurodov Sami Mamurovich

Qabul vaqti:  Har kuni 15.00 – 17.00

Telefon: (+99891) 218-28-21

E-mailb.sami@mail.ru

 

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovuni

Allanov Abdig'affor Berdiyorovich

Qabul vaqti: Har kuni: 14.00-18.00

Telefon: (+99891) 963-25-45

E-mail:  abdigaffor.allanov.74@mail.ru

 

 

 

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovuni 

Norchayev O‘tkir Toshkentovich

Qabul vaqti: Har kuni: 14.00-18.00

Telefon: (+99890) 444-74-04

E-mail: u.norchayev-74_tab@umail.uz

 

 

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha dekan muovuni

Samatova Shohista Azamatovna

Qabul vaqti: Har kuni: 14.00-18.00

Telefon: (+99891) 451-45-13

E-mail: kannaliza@mail.ru

 

 

 

 Fakuletet 6 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va 3 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi.

 

Bakalavriaturada; 5140100 – biologiya, 5140500 – kimyo, 5110500 – geografiya o‘qitish metodikasi, 5620100 – tuproqshunoslik, 5630100 – ekologiya va atrof muhit muhofazasi, 5320500 – biotexnologiya

Magistraturada: 5А140101 – Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha), 5A140103-Ixtiologiya va gidrobiologiya,  5A140503 – Neft va tabiiy gaz kimyosi,  5A140501-Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha) 

Fakultetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun 5 ta – Biologiya, Biotexnologiya, Kimyo, Geografiya, Tuproqshunoslik va ekologiya kafedralari faoliyat ko‘rsatadi. 

Fakultetda 1142 nafar talaba tahsil oladi. Shulardan 14 nafari Turkmaniston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi. 

- Ilmiy salohiyat. Fakultetda 5 kafedra mavjud bo‘lib, 80 dan ortiq nafar professor–o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Professor –o‘qituvchilar tarkibida 3 nafar fan doktor, professor, 40 nafar fan nomzodi dotsent, 40 nafar katta o‘qituvchi va assisentlar 1142 nafar talabaga ta’lim tarbiya berib kelmoqda. Ilmiy salohiyat –50%

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________