0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU
01 / 07

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07
ARM

TASVIRIY SAN‘AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Kafedramudiri: FhD – Pedagogika fanlari bo’yicha 

Kamolov Iftixor Baxtiyorovich

Telefon: (+99890) 313-82-16

Elektron manzili:  qardu_tsvmg@edu.uz

Kafedra haqida

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi 2008 yil 20 mayda Kasbiy ta’lim kafedrasi negizida tashkil etildi. Kafedrada hozirgi vaqtda 13 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda, shulardan: 2 nafari texnika fanlari nomzodi, dotsent; 1 nafari PhD (Pedagogika fanlari bo’yicha), 3 nafar katta o‘qituvchi, 7 nafari assistent-o‘qituvchilar bo‘lib, ilmiy salohiyat 23 % ni tashkil etadi. 

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis tayyorlovchi kafedra hisoblanadi. 

 

Har yili kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalarning ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi. 2016 yil may oyida «Ustoz va shogird an’analarida ranglar jilosi» nomli tasviriy va amaliy san’at asarlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.  

Kafedrada kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra ko‘p yillardan beri Shahrisabz pedagogika kolleji bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Kafedramiz katta o‘qituvchisi E.Jabborov Qarshi san’at kollejida o‘rindoshlik asosida dars beradi.

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi talabalari doimiy ravishda o’zlarining ijodiy asarlari bilan nafaqat respublikamiz miqyosidagi balki boshqa mamlakatlarda o’tkaziladigan ko’rgazmalarda ham faol qatnashib kelmoqdalar, hamda sovrinli o’rinlarni egallab diplom va sertifikatlar sohibi bo’lishmoqdalar.

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar: 

1.Chizma geometriya
2.Qalamtasvir
3.Rangtasvir. Kompozitsiya
4.Chizmachilik
6.Plastik anatomiya
7.Akademik qalamtasvir asoslari va kompozitsiya
8.Dastgohli akademik rangtasvir va kompozitsiya
9.Tasviriy sa’nat texnologiyasi va nusxa ko‘chirish
10.Haykaltaroshlik
11.Amaliy san’at. Badiiy bezak san’ati.
12.Grafik tasvirlash asoslari
13.Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o‘qitish nazariyasi va metodikasi
14.Tasviriysan’atvamuhandislikgrafikasio‘qitishninginnovatsion pedagogiktexnologiyalari
15.Kompyuter grafikasi
16.Tasviriy san’at tarixi
17.Soyalar nazariyasi
18.Miniatura 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi: 

  1. Kamolov Iftixor Baxtiyorivich -Pedogogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori – kafedra mudiri
  2. Ochilov Farhod Egamberdiyevich- t.f.n.,dotsent
  3. Maxamov Xo‘jaahmad Tavashovich -t.f.n.,dotsent
  4. Astanov Tolib Muxtarovich-katta o‘qituvchi,
  5. Jabborov Erkin Xolliyevich-katta o‘qituvchi
  6. To’rayev Elyor Isoqovich- katta o‘qituvchi
  7. Shafoatov Zokir Jovliyevich -o‘qituvchi
  8. Muxammadiyev Mufazzal Maxmanazarovich- o‘qituvchi
  9. Qorjovov Bobur Jovliyevich- o‘qituvchi
  10. Muhammadiyeva Zarifa Lutfullayevna- o‘qituvchi
  11. Mirzayev Orifjon – o‘qituvchi
  12. Sattorova Aziza Anvarovna- o‘qituvchi
  13. Xo‘jaqulov Elbek Ermatovich- o‘qituvchi
  14. Mirzayev Orif Nurmuxammadovich 

Kafedrada xalqaro aloqalar yaxshi yo’lga qo’yilgan. Rossiya faderasiyasining Belgorod davlat milliy tadqiqotlar universiteti, Belgorod davlat texnologiya universiteti, Belgorod davlat san’at va madaniyat instituti, Krasnoyarsk davlat badiiy instituti, Gjel davlat universiteti, Oryel  davlat universiteti, Qozog’iston Respublikasining Ko’kchatov va Jetisuv  davlat universitetlari hamda Janubiy Koreyaning Xanbat universitetlari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.Ularga asosan hamkorlik aloqalari davom etmoqda. F.Ochilov 2018 yil oktyabr oyida bir oy davomida Belgorod milliy tadqiqotchilik universitetida malaka oshirishda bo’lib qaytdi. Bu vaqt oralig’ida F. Ochilov Belgorod davlat milliy tadqiqotlar universiteti va Qarshi davlat universiteti o’rtasida o’zaro hamkorlik ta’lim dasturi asosida 47.03.01. “Pedagogik ta’lim” Tasviriy san’at va 5110800 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishlari bo’yisha kelishuv shartnoma imzolandi.

 

2018/2019 o’quv yilidan o’zaro hamkorlik fakulteti tashkil etilib unga talabalar qabul qilinadi. Qabul qilingan talabalar 3+1 (3 yil QarshiDU da va 1 yil Belgorod DUda) sxema asosida tahsil olishadi.

Shuningdek 2018 yil dekabr oyida ikki hafta davomida Belgorod davlat universiteti dotsenti A.P. Danilenko ilmiy safarda Qarshi davlat universitetida bo’ldi. U bu vaqt ichida

  

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi  barcha kurs talabalar uchun mahorat darslari o’tkazdi va ma’ruzalar o’qidi. 

          Shuningdek Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi talabalari universitetda bo’lib o’tadigan tadbirlarda faol ishtirok etishadi.

 

Ilmiy-uslubiy ishlar:

   

1.F.E.Ochilov., M.R. Radjabov. “Geometrik va proyeksion chizmachilikdan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar”, O‘quv uslubiy qo‘llanma- Qarshi 2012- yil. 

2. M.R.Rajabov, F.E.Ochilov. Muhandislik grafikasi(uzatmalar)-Qarshi 2014-y 

3. T.A.Ergashev. Tasviriy san’atdan izohli lug‘at- Qarshi 2013. 

4. F. Ochilov va boshqalar. “Развитие научного и творческого потенциала личности в образовательном пространстве” Jamoaviy monografiya.

Ilmiy-tadqiqotishlari:

Kafedrada asosan quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda tadqiqot ishlari olib boriladi: 

1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at va chizmachilik fanlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish metodikasi. 

2. Kasb-hunar kollejlarida muhandislik grafikasi fanini o‘qitishni takomillashtirish metodikasi 

3. O‘quvchilarni rangli madanlarga badiiy ishlov berish jarayonlarida ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasi yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 

Mazkur ilmiy yo‘nalishlarda texnika fanlari nomzodi dotsent F.Ochilov Pedogogika fanlari doktori, R.D.Shodiyevlar rahbarligida tadqiqot ishlari olib boriladi. 

2018 yil 11 iyun oyida kafedpamiz o‘qituvchisi I.Kamolov “O‘quvchilarni rangli madanlarga badiiy ishlov berish jarayonlarida ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasi” mavzusi bo‘yicha ilmiy ish yoqlab pedogogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. 

Kafedra Belgorod davlat universiteti, Gjel davlat universiteti Krasnoyar davlat san’at instituti, kabi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. 

Yuqoridagi chet el universitetlari bilan hamkorlikda 2016-2017 o‘quv yili iyun oyida  kafedra tomonidan halqaro miqyosidagi tasviriy san’at ko‘rgazmasi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha  o‘tkazildi. 

Rang tasvir 

Grafika 

Amaliy san’at 

Ko‘rgazmada Belgorod davlat universiteti, Gjel davlat universiteti Krasnoyar davlat san’at instituti, kabi ilmiy-tadqiqot institutlaridan bir qancha ishtirokchilar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan qatnashishdi.

Fan tugaraklari: 

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi  kafedrasi huzurida tashkil etilgan tugaraklar va ularning faoliyati 

Tugaraklar nomi

Tugarak rahbari F.I.SH.tug‘ilgan yili, lavozimi, ilmiy darajasi

Tashkil etilgan joyi

Mashg‘ulotlar davomiyligi

1

Yosh musavvir

To‘rayev E. 1988 yil katta o‘qituvchi.

O‘quv ustaxonada

Haftada ikki marta

Kafedraning moddiy texnik bazasi:

Kafedraning moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha 1 ta proyektor, 15 ta kompyuter, 3 ta printer «2 tasi hp LaserJet 1000» va 1 tasi «Canon LBP3010B», hamda 40 ta molbert,  ko‘rgazmali qurollar va o‘quv qurollari bilan 100 foiz to‘liq ta’minlangan.  

Kafedra manzili: Pedagogika fakulteti, 4-qavat,411-xona

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________