0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

PSIXOLOGIYA KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Kafedra mudiri:

Fayziyeva Mavluda Xudayarovna

Telefon: (+99891) 451-07-83

Elektron manzil: mfayziyeva69@umail.uz

 

Kafedra tarixi

Qarshi Davlat Universiteti Psixologiya kafedrasi 1985-yildan e‘tiboran Pedagogika-psixologiya kafedrasi tarkibidan ajralib chiqqan holda alohida faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Psixologiya kafedrasini 1985-1990 yillar dots.G.Mazetova, 1991-1993 yillar dots. A.Jabborov, 1994-1998 yillar dots. N.Boymurodov, 1999-2015 yil professor Azim Jabborov, 2015 yildan 2016 yilgacha dots, X.Karimov 2016 yildan 2018 yilgacha falsafa  fanlari nomzodi, dotsent Sh. Tog'ayev 2018 yildan xozirgi vaktgacha dots.M.Fayziyeva   boshqarib kelmoqda

Psixologiya kafedrasida 1993-1994 o`quv yilidan boshlab “5310200- Psixologiya  ta‘lim yo`nalishida 2015 yildan boshlab “5210200”Psixologiya faoliyat turlari yo‘nalishi bo‘yicha  oliy ma‘lumotli va tayanch mutaxassislik diplomini olish uchun bakalavrlar tayyorlanmoqda. Ushbu mutaxassislik  Qashqadaryo viloyatidagi 1200 dan ortiq o`rta maktablar  va 130 dan ortiq o`rta maxsus va kasb-hunar ta‘limi muassasalarini psixolog kadrlar bilan ta‘minlab kelmoqda. Psixologiya kafedrasida 21 nafar professor - o`qituvchilar faoliyat ko`rsatadi. Shundan 1ta fan doktori, professor; 6 ta fan nomzodi dotsent; 3 ta katta o`qituvchi; 11 ta o`qituvchi faoliyat ko`rsatadi.

Kafedrada  “5210200- Psixologiya” yo`nalishida quyidagi fanlar o`qitiladi:

1. Umumiy psiхologiya 

2. Etnopsiхologiya va din psiхologiyasi 

3. Eksperimental psiхologiya va praktikum 

4. Psiхologiya tarixi 

5. Psiхologik fenomenlar va uslubiyoti 

6. Ijtimoiy reablitasiya 

7. Konsultativ psiхologiya va psiхokorreksiya 

8. Umumiy psiхodiognostika 

9. Sosial psiхologiya 

10.Ontogeniz psiхologiyasi 

11.Pedagogik psiхologiya va psiхologiyani o`qitish metodikasi 

12.Tibbiyot psiхologiyasi va psiхoterapiya 

13.Mehnat va muhandislik psiхologiyasi 

14.Sosial psiхologik trening 

15.Psiхologik xizmat 

16. Huquq psiхologiyasi 

17. Differensial psiхologiya 

18. Psixologiya mutaxassisligiga kirish 

19. Ma’naviyat psixologiyasi 

20.Oila psixologiyasi  

Kafedrada o`qitiladigan barcha fanlardan zamonaviy ta`lim tehnologiyalari va axborot tehnologiyalariga asoslangan elektron o`quv uslubiy majmualar yaratilgan. Kafedra qoshida bitta zamonaviy axborot-kommunikasiya vositalari bilan jihozlangan ma`ruzalar zali mavjud. Kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan 30 dan ortiq ma`ruza mashg`ulotlari mazkur ma`ruzalar zalida olib boriladi. 

Keyingi 5 yilda kafedrada 5 ta nomzodlik dissertasiyasi (PhD)tayyorlanib ieylfy 2 kishi muvaffaqiyatli ximoya qildi (B.Jo‘rayev, G.Sattorova) kafedra a’zolaridan 2 kishi (SH.Bekova va I.Jabborovlar) ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlab kelmoqdalar.. Bundantashqari  kafedra professor o’qituvchilari tomonidan keng miqiyosda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, professor A.Jabborov 4 ta, dots. M.Fayziyeva 3 ta, dots. L.Beknazarova 3 ta, B.Jo‘rayev 3 ta , fan nomzodi M.Maqsadova 2ta managrafiya va risola nashr ettirishgan. 

Kafedrada “Yosh psixolog” to`garagi mavjud bo`lib, I-IV kurs talabalari jalb etilgan hamda to`garakning  ilmiy-tadqiqot yo`nalishi Psixologiyaning dolzarb mavzularida bahs yuritadi.

  Kafedraning xalqaro aloqalar borasida amalga oshiradigan ishlari xam diqqatga sazovordir. Kafedra ayni vaqtda Rossiyaning Prejevalsk Federal universiteti, Turkiyaning Nejmeddin Erbakan nomli Universiteti, Antalyaning Akdeniz universitetlari bilan xamkorlik shartnomalarini imzolaganlar. Kafedra a’zolaridan 3 nafari (M.Fayziyeva, L.Beknazarova,B.Jo‘rayevlar) bu yil  Turkiyada ilmiy safarda bo‘lib u yerdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro tajriba almashinib , u yerda o‘tkazilgan xalqaro simpoziumda ishtirok etib sertifikatlarni qo‘lga kiritib qaytdilar. 

Kafedra a’zolari Xalqaro simpoziumda

Turkiyaning Antaliyadagi Akdeniz universiteti bilan hamkorlik

Turkiyaning diqqatga sazovor joylariga sayohat(Jaloloddin Rumiy muzeyi)

     Kafedra manzili: Qarshi shahri  Ko‘chabog‘, 17-uy 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________