0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

O'ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Bahriddinova Bashorat Ма’diyevna

Telefon: (+998 90) 638-56-25

Elektron manzili: baxriddinova74@.mail.ru

 

Kafedra haqida

О‘zbek tilshunosligi kafedrasi tarixan qariyb Qarshi davlat universiteti bilan tengqur bо‘lib, ilk kafedra mudiri lavozimida filologiya fanlari nomzodi, dotsent T.S.Yadixanova faoliyat kо‘rsatgan. Olima T.S.Yadixanova kafedrada 25 yil (1954-1979) davomida mudirlik lavozimida ish olib bordi. U rahbarlik qilgan davrda о‘zbek adabiyoti kafedrasi ham ma’lum vaqt (1963-1964) о‘zbek tilshunosligi kafedrasi tasarrufiga kirdi va О‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi nomi bilan yuritildi. Bu davrda tilshunoslardan A.Mamatqulov, T.О‘rinov, B.Egamberdiyev, A.Hazratqulov, T.Nafasov, E.Shodmonov, K.Usmonov, H.Hamroyev, N.Mirzayev B.Choriyev, T.Qudratov kabi olimlar nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilishib, kafedra ilmiy salohiyatini oshirishga о‘z hissalarini qо‘shdilar. Shuningdek, pedagogika fanlari nomzodlari I.Choriyev, H.Zohirov, G‘.Azizovlar ham ona tili о‘qitish metodikasidan nomzodlik dissertatsiyasini yoqlashdi.

Kafedrani 1979-1985-yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent B.Choriyev boshqardi. Bu davrda kafedra olimlari bir necha о‘quv qо‘llanmalari, kо‘plab monografiya va maqolalar e’lon qilishdi.

Professor T.Nafasov 1986-2003-yillarda о‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. Bu yillarda kafedraga о‘nga yaqin iste’dodli yoshlar ishga qabul qilindi. Ulardan prof. T.Nafasov rahbarligida E.Jabborov, O.Begimov nomzodlik, prof. E.Begmatov rahbarligida X.Jabborov nomzodlik, professor H.Ne’matov rahbarligida T.Jumayev nomzodlik, B.Mengliyev esa nomzodlik va doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.

2018-yil yanvar oyidan buyon kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent B.Bahriddinova rahbarlik qilib kelmoqda. 2017-2018 o‘quv yilida kafedra professor-o’qituvchilaridan X.Jabborov fan doktori, G.Tojiyeva, X.Norxo‘jayeva, T.Valiyevlar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd) dissertatsiyalarini himoya qildi.

Kafedra katta o’qituvchisi, f.f.n. N.Musulmanova fevral oyida Rossiyadagi Moskva davlat lingvistika universitetida “Zahiriddin Muhammad Bobur ­– buyuk o’zbek shoiri” mavzusidagi davra suhbatida “Boburning shoirlik mahorati” mavzusida o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. N.Yuldasheva iyun oyida Turkiyadagi Najmiddin Erbakan universitetida o’tkazilgan xalqaro konferensiyada qatnashib, ikki  universitet o’rtasida ilmy yo’nalish bo’yicha xalqaro shartnoma imzolab qaytishdi.


Hozirgi kunda 4 nafar professor-o‘qituvchi doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqotlar olib bormoqdalar (B.Bahriddinova, N.Musulmanova, N.Yuldasheva, O.Shukurov).

Bugungi kunga kelib kafedrada magistratura mutaxassisligi mavjud bo‘lib, magistratura talabalari ham kafedra ilmiy muammosi yo‘nalishi doirasida ilmiy tadqiqotlarga jalb qilingan. Magistrlarga kafedraning professor-o‘qituvchilari ilmiy rahbarlik qilib kelmoqdalar.

Ayni paytda kafedra jamoasi 16 nafar professor-o‘qituvchidan iborat bo‘lib, shundan 1 nafar fan doktori, dotsent; 3 nafar  dotsent; 5 nafari fan nomzodi, 3 nafar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd), 3 nafar katta o’qituvchi 1 nafar o‘qituvchidan iborat. Hozirgi kunga kelib 9  nafar xotin-qizlar tashkil etadi. Kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘rtacha yoshi 48, ilmiy salohiyati esa 85 % ga yetgan.

Kafedra tashkil etilgan kundan ishlab kelmoqda. Shu davr jarayonida kafedra o‘qituvchilari tomonidan bir qator monografiyalar, risolalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari tayyorlandi va turli mavzularda ilmiy maqolalarni ittifoq va respublika gazeta, jurnallarida chop ettirdilar. 

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Rossiya FA huzuridagi Turkologiya bo‘limi, Moskva davlat lingvistika universiteti, Turkiyadagi Najmiddin Erbakan universiteti, Chelyabinsk davlat universiteti (Rossiya) Turkiya respublikasi FA turkologiya (Anqara) bo‘limi, shuningdek, O‘zR FA, Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, O‘zMU, Nizomiy nomidagi TDPU, BuxDU, SamDU, FarDU, TerDU, UrgenchdU, NamDU, QDPIlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Hozirgi kunda kafedrada dotsentlar X.Jabborov, B.Bahriddinova, N.Yuldosheva; fanlari nomzodlaridan E.Jabborov, T.Jumayev, O.Shukurov, O.O‘rinova, N.Musulmonova, G.Tojiyeva, X.Norxodjayevalar talabalarga saboq berish bilan birga yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar.

 

Kafedra har yili “O‘zbek tilshunosligi masalalari” nomli to‘plamini nashr qilib kelmoqda. Unda universitet va fakultetlar hamda kafedraning professor-o‘qituvchilari o‘z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etib kelmoqdalar. 

Universitetda an’anaviy ravishda har yili ikki marta turli mavzularida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etib, o‘tkazmoqdalar.

Kafedrada tayyorlanayotgan ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar:

5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi.

Kafedra ilmiy yo‘nalishi:

1. “Til sathini sistema sifatida taqdid etish”

2.  “Leksikografiya va lug‘atchilik muammolari”

Kafedra professor-o'qituvchilari:

  1. Bahriddinova Bashorat Ma’diyevna – dotsent, f.f.n.

  2. Jabborov Xo‘jamurod – filologiya fanlari doktori, dotsent

  3. Jumayev Tursunali – katta o‘qituvchi, f.f.n.

  4. Bobojonov Sharif Xudoyshukurovich – dotsent, f.f.n.

  5. Jabborov Eshpo‘lat – katta o‘qituvchi, f.f.n.

  6. Yuldosheva Nilufar Ergashevna – dotsent, f.f.n.

  7. Shukurov Otabek Ulashovich – katta o‘qituvchi, f.f.n.

  8. O‘rinova Olima Tog‘ayevna – katta o‘qituvchi, f.f.n.

  9. Musulmonova Nargiza Raxmatullayevna – katta o‘qituvchi, f.f.n.

  10. Norxadjayeva Xurshida Sharipovna – katta o‘qituvchi, f.f.f.d

  11. Tojiyeva Gulbahor Nomozovna – katta o’qituvchi, f.f.f.d

  12. Shodmonova Dildora Ergashevna – katta o‘qituvchi

  13. Valiyev To‘ychi Qorjovovich – o‘qituvchi

  14. Bozorova Dildora Tursunovna – katta o‘qituvchi

  15. Kenjayev To‘lqin Arabovich – katta o‘qituvchi

  16. Nabiyeva Munira Hamroqulovna – o’qituvchi

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________