0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

ADABIYOTSHUNOSLIK KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: 

Shodmonov Nafas Namozovich, Filologiya fanlari doktori

Telefon: (+99897) 311-06-26

Elektron manzili:  nafasxon-622@mail.ru

 

 

Kafedra haqida

“Adabiyotshunoslik” kafedrasi 1964-yildan mustaqil kafedra sifatida faoliyat kо‘rsatib keladi. Kafedrada professor va fan nomzodlaridan A.Shermatov, V.Tohirzoda, A.Qahhorov, X.Rizayeva, O.Ikromov, A.Rasulov, T.Bozorov, F.Eshimov, P.Ravshanov, B.Yо‘ldoshev, D.Tо‘rayev, G.Imomovalar uzoq yillar mudirlik vazifasida ishlaganlar. 2014-yil 29-maydan kafedrani filologiya fanlari doktori Nafas Namozovich Shodmonov boshqarmoqda.

Kafedrada 19 nafar professor-o’qituvchi, shundan 2 nafar fan doktori, professor, 3 nafar dotsent, 8 nafar fan nomzodi, katta o’qituvchi, 2 nafar katta o‘qituvchi va 4 nafar assistent o’qituvchi faoliyat ko’rsatadi. Kafedrada ilmiy salohiyat 67% bo’lib, fan doktorlarining o’rtacha yoshi – 60, fan nomzodlarining o’rtacha yoshi – 45 yoshni tashkil etadi.

Hozirgi kunda kafedra professor-о‘qituvchilaridan prof. D.Tо‘rayev, f.f.d. N.N.Shodmonov, filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar G.Imomova, Sh.Qahhorova, D.Xalilova, filologiya fanlari nomzodlari, katta o‘qituvchilar A.Ergashev, S.Mо‘minova, A.Hamdamov, N.Ochilov,  Sh.Karomova, Sh.Nuriddinov,  R. Jumayev, katta o’qituvchilar, B.Rizayev, F.Qiyomov hamda assistеnt o‘qituvchilar M.Rayhonova, N.Sultonova, O.Avaznazarov, J.Husanov lar talabalarga saboq berish bilan birga ularning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilib kelmoqdalar.

Kafedra professor-о‘qituvchilarining ko‘p yillik faoliyati davomida ko'plab ilmiy monografiyalar, risolalar, o‘quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlandi va turli mavzulardagi ilmiy maqolalar xorijiy va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallarda chop etildi.

Kafedrada “Hozirgi o‘zbek adabiyotining janrlar taraqqiyoti” va “O‘zbek mumtoz adabiyoti va xalq og‘zaki ijodini o‘rganish muammolari” kabi ustuvor mavzularda kompleks ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

2018- yildan buyon kafedrada universitet huzurida ochilgan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash o‘z faoliyatini yuritmoqda.

Kafedra O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O’zMU, TDPU, BuxDU, SamDU, TerDU  kabi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.Kafedra qoshida “Shalola” to‘garagi faoliyat ko‘rsatib, unga 40 dan ortiq iqtidorli talaba jalb etilgan hamda ularga ilmiy tadqiqot ishi mavzulari berilgan.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini tashkil etishga amaliy yordam berish uchun ular bilan hamkorlik shartnomalari tuzilib, mazkur ta’lim muassasalarida kafedra filiallari tashkil etilgan. Jumladan, Qarshi davlat universiteti qoshidagi 1-, 2-, 4-akademik litseylar, Qarshi pedagogika kolleji, Qarshi madaniyat kolleji, Qarshi bank kolleji, Qarshi tuman iqtisodiyot kolleji, G‘uzor agrobiznes kasb-hunar kollejlariga kafedraning malakali o‘qituvchilari biriktirilgan.

Kafedra a’zolari respublika va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjuman va ko’rik tanlovlarga o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashib kelishmoqda. Har yili kafedra a’zolari tashabbusi bilan adabiy fanlar dolzarb muammolariga bag‘ishlangan respublika va vazirlik miqyosidagi ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazib kelinadi. Jumladan, 2013-yil 3-mayda “Adabiy manba: o‘rganishnining zamonaviy tamoyillari va nashr muammolari” mavzusida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Kafedra ilmiy yo‘nalishi: “O‘zbek mumtoz adabiyoti va xalq og’zaki ijodini o’rganish muammolari”.

Kafedrada oqitiladigan fanlar:

Bakalavriat

О‘zbek folklori

О‘zbek adabiyoti tarixi

Adabiyotshunoslik nazariyasi

Jahon va turkiy xalqlar adabiyoti

Matnshunoslik asoslari

Navoiyshunoslik

Adabiyot о‘qitish metodikasi

Aruz asoslari

Yangi о‘zbek adabiyoti  va adabiy tanqid tarixi

Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari

Adabiyot - (boshlang‘ich ta’lim yо‘nalishi uchun)

Bolalar adabiyoti ( maktabgacha ta’lim yо‘nalishi uchun)

Fors tili

Fors tili (tarix yо‘nalishi uchun)

Magistratura

Mutaxassislik fanlarini о‘qitish metodikasi

Mumtoz adabiyotning asosiy yо‘nalishlari

Istiqlol davri o’zbek adabiyotining nazariy asoslari

Adabiy tur va janrlar estetikasi

Nutq madaniyati

Kafedra professor-oqituvchilari tarkibi:

Shodmonov Nafas Namozovich – filologiya fanlari doktori, kafedra mudiri

Tо‘rayev Damin – filologiya fanlari doktori, professor

Imomova Gulchehra Muhammadiyevna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Ergashev Abdiolim – filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

Mо‘minova Saodat Aralovna – filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

Qahhorova Shahnoza Abdimo'minovna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Hamdamov Akram Nasriddinovich – filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

Karomova Shohida Lutfullayevna – filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

Nuriddinov Shahobiddin Boboyorovich – filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

Xalilova Dilbar Jalilovna – filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Ochilov Nasim Kamolovich – filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

Jumayeva Salima Cho‘yanovna – filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

Jumayev Rashid Normurodovich – filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi

Rizayev Baxtiyor Xolliyevich – katta o‘qituvchi

Qiyomov Farhod Raupovich – katta o‘qituvchi

Rayhonova Muhayyo Muhammadiyevna – o‘qituvchi

Sultonova Nilufar Narzullayevna – o‘qituvchi

Avaznazarov Odiljon Rahmatulloyivech – o‘qituvchi

Husanov Jamshid Nurmamatovich – o‘qituvchi


Kafedra manzili: Qarshi shahri  Ko‘chabog‘, 17-uy

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________