0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

O'ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Buxoro birlashgan pedagogika va o‘qituvchilar institutining Qarshi filiali (1945-yil)da tashkil etilgan. 1956-yilda mazkur filial Qarshi davlat pedagogika institutiga aylantirildi va Tarix-filologiya fakulteti tashkil etildi. 1963-yildan boshlab O‘zbek filologiyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlay boshladi. 1977-yilda Tarix-filologiya fakultetidan Filologiya fakulteti alohida fakultet sifatida ajralib chiqdi. 1989-yilda tarix va filologiya fakultetlari birlashtirildi. 2008-yilda mazkur fakultet yana alohida ikkita fakultetga ajratildi. O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2011-yilda tasdiqlangan Qarshi davlat universitetining yangi tashkiliy tuzilmasida Filologiya fakulteti deb yuritilgan. 2014-yil avgust oyida tasdiqlangan Qarshi davlat universitetining yangi tashkiliy tuzilmasida O‘zbek filologiyasi fakulteti deb nomlandi.

2017-2018 - o‘quv yilida O‘zbek filologiyasi fakultetida 465 nafar talaba tahsil oladi.

Fakultet ma'muriyati:

O'zbek filologiyasi fakulteti dekani

Jumayev Rashid Normurotovich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00 (Dushanbadan tashqari)

Telefon: (+998 91) 470-96-95

E-mail:  rashid62@umail.uz

 

 

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan muovini

Karomova Shohida Lutfullayevna

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

(Dushanba va shanba kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 91) 474-68-28

E-mail:  karomova-shohida@mail.ru

 

 

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini

Kenjayev To‘lqin Arabovich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

(Seshanba va juma kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 91) 955-76-96

E-mail: tkenjayev1972@umail.uz

 

 

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini

Xoliqov Azamat Baxriddinovich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

(Seshanba va juma kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 91) 450-38-84

E-mail: xoliqovazamat@umail.uz

 

Fakultet kafedralari:

  • Adabiyotshunoslik kafedrasi

  • O‘zbek tilshunosligi kafedrasi

Fakultet quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlaydi:

  • 5120100–Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)

Quyidagi mutaxassisliklar boyicha magistrlarni tayyorlaydi:

  • 5A111201O‘zbek tili va adabiyoti

Hozirgi vaqtda fakultetda 38 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi, shundan: 2 nafari fan doktori, professor; 2 nafar fan doktori, dotsent; 5 nafar fan nomzodi, dotsent; 15 nafar fan nomzodi, katta o‘qituvchi; 5 nafar katta o‘qituvchi, 9 nafari assistent - o‘qituvchilardir. Ilmiy salohiyat ­­­- 63% ni tashkil etadi.

FAKULTETDA ERISHILGAN YUTUQLAR 

Fakultetda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ishlanmalar hamda o‘qitiladigan fanlarning o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlashga alohida e’tibor berilib, universitet Axborot-resurs markazi, ZiyoNET tarmog‘i va boshqa saytlarda joylashtirib borilmoqda. Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan oxirgi uch yilda 13 ta monografiya, 15 ta o‘quv qo‘llanma, 30 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ishlanmalar, 160 dan ortiq ilmiy maqolalar ва 320 dan ortiq tezislar xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalarda hamda ilmiy to‘plamlarda nashr ettirildi.

Kafedralar

nomi

Darsliklar

soni

O‘quv qo‘llanmalar soni

Monografiyalar

soni

1.

Adabiyotshunoslik

-

8

8

2.

O‘zbek tilshunosligi

-

7

5

Fakultetda o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha professor-o‘qituvchilarning Ilmiy-nazariy seminari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu seminarda professor-o‘qituvchilar ilmiy ishlari bo‘yicha ma’ruzalar, ilmiy maqolalari, shuningdek, doktorlik dissertatsiyasi ustida izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarning ishlari muhokama qilinadi va himoyaga tavsiya etiladi. 

Fakultetning iqtidorli talabalaridan  Islomova Shoira (2010-yil), Akbarov Muhiddin (2011-yil), Pirnazarova Sitora (2012-yil), Sulaymonov Bobur (2015-yil), Mamanova Adolat (2016-yil), Bobojonova Shoхsanam (2016-yil), Boymirova Dilshoda (2017-yil) Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldilar. Fakultet talabasi Odilova Nodira 2015-yilda “Yilning eng faol yosh jurnalisti” Respublika ko‘rik tanlovining radio yo‘nalishida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. 2016-yilda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Kecha kim edig-u, bugun kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” mavzusidagi maqolalar tanlovida qatnashgan fakultetning 2-kurs talabasi Tursunova Yulduz faxriy yorliq bilan taqdirlandi. 2016-yilda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostida o‘tkazilgan ilmiy ma’ruzalar tanlovi Respublika bosqichi ishtirokchisi 3-kurs talabasi Mamanova Adolat sertifikat bilan taqdirlandi. 

Fakultet kafedralari qoshida 2 ta fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bular “Adabiyotshunoslik” kafedrasi qoshidagi “Ezgu so‘z” (rahbari: f.f.n., kat.o‘qit. Sh.Karomova) yosh ijodkorlarning adabiy to‘garagi, “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi qoshida “Yosh tilshunos” (rahbari: o‘qituvchi M. Nabiyeva) fan to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________