0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU
01 / 07

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07
ARM

MAKTABGACHA TA'LIM KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Oripova Nodima Xalilovna 

Telefon: (+99890) 288-60-73

Elektron manzil: oripova73@mail.ru

 

 

Kafedra tarixi

"Maktabgacha ta’lim" kafedrasi 1991-yilda Qarshi Davlat pedagogika institutida "Maktabgacha tarbiya" nomi bilan tashkil topgan. 1993-yilda kafedra nomi “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi va metodikasi” nomi bilan yuritila boshlangan. 2010-yilda kafedra “Ijtimoy pedagogika- psixologiya va maktabgacha ta’lim” kafedrasi nomi bilan o‘zgargan.

Mazkur kafedraga dots. T.Rasulov, prof.A.Choriyev, dots. X.Karimov, p.f.d. R.Shodiyevlar mudirlik qilgan. 2014-yil 1-apreldan universitet kafedralarining optimallashganligi sababli ushbu kafedra “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi tarkibiga qo‘shilgan va ”Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi deb nomlana boshlandi.

2018-yil oktabr oyida Qarshi davlat universiteti strukturasiga o‘zgartirish kiritilganligi bois ”Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi tarkibidan “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi ajralib chiqdi. Hozirgi kunda kafedraga pedagogika fanlari nomzodi (2008-yil 18-dekabrda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan) dotsent mudirlik qilmoqda.

 

Shu yillar moboynida kafedrada dots. T. Yaxshiyeva, f.f.n. O. Qosimxo‘jayeva, prof. T. G‘afforova, p.f.d. R.Shodiyev, dots. Sh. Nurullayeva, dots. Oripova, dots. M. Fayziyeva, p.f.n. D. Kenjayeva, p.f.n. G. Eshmurodova kabi ilmiy darajali proffessor-o‘qituvchilar faoliyat yuritgan. Mudirlar ichida kafedraning ravnaqiga katta hissasini qo‘shgan olimlardan biri professor A. Choriyevdir. Prof. A. Choriyev faoliyati jarayonida yoshlarni yetuk mutaxassis, ma’naviyati yuksak inson qilib tarbiyalashga hissa qo‘shish bilan birga yuzdan ortiq ilmiy maqolalar, risolalar va darsliklar yozib nashrdan chiqardi. Ko‘plab fan nomzodlari tayyorlab, doktorlik dissertatsiyasiga ilmiy maslahatchi bo‘ldi. U magistratura talabalari uchun tayyorlangan va nashrdan chiqarilgan “Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi” darsligining muallifidir. Shuningdek, professor A. Choriyev ilmiy izlanishlari natijasida “Pedagogikaning fanlararo bog‘liqlik metodologiyasi”, ”Pedagogika tarixi metodologiyasi” kabi o‘quv qo‘llanmalarini nashrdan chiqardi.

Prof. Choriyev mudirilik qilgan yillarda kafedra o‘qituvchilardan D. Kenjayeva, G.Eshmurodovalar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari nomzodlik ilmiy darajasini oldi.

1993-1996 yillarda kafedraga dotsent T.Rasulov mudirlik qildi. Dotsent T. Rasulov mudirlik qilgan yillarda kafedraning moddiy-texnik ba’zasi, o‘quv-metodik ta’minoti yaratildi. U kafedrada o‘quv ishlarini tashkil etish va boshqarish bilan birga mamlakatimiz ta’lim sohasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Shu yillar davomida kafedra professor- o‘qituvchilari tomonidan ham ko‘plab risolalar, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar tayoyrlandi va ommaviy axborot vositalarida, davriy matbuotda ko‘plab ilmiy maqolalar chop etildi. Shu bilan birga turli halqaro ilmiy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan faol qatnashdilar.

2014-2018 yillargacha kafedraga pedagogika fanlari doktori R. Shodiyev rahbarlik qildi. Uning rahbarligi jarayonida kafedraga ish faoliyati yanada o‘sib bordi. Kafedra o‘qituvchilari uning mudirligi davrida o‘quv, ilmiy, uslubiy, tashkiliy jihatdan ishlarni samarali olib bordi. U rahbarlik qilayotgan yillarda kafedrada 5A111701 - Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim) magistratura hamda 13.00.01 – Pedagogika tarixi va nazariyasi. Ta’limda menejment hamda 13.00.05- Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) hamda doktorantura (DSc) faoliyat yuritmoqdi.

Shodiyev Rizamat Davranovich kafedraga mudirlik qilgan davrdan buyon kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari yanada yuksalishi kuzatildi. Bu davrga kelib, kafedrada 1 nafar fan doktori,  1 nafar professor, 5 nafar fan nomzodi, 3 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsentlar faoliyat ko‘rsatdi. Ilmiy salohiyat 42 % ni tashkil etadi.

Bugungi kunda “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi 5111800-Maktabgacha ta’lim va 5A111801 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim) bo‘yicha ixtisoslik kafedrasi hisoblanadi.

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Bakalavriat:

 

5111800 - Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida quyidagi fanlar o‘qitiladi:

Maktabgacha ta’limning meyoriy asoslari

Korreksion pedagogika

Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish

Pedagogik konflektologiya

Umumiy pedagogika

Maktabgacha pedagogika

Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi

Matematik tassavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi

Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Tarbiyaviy ishlar metodikasi

Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi

Tasviriy faoliyatga o‘rgatish nazariyasi va metodikasi

Pedagogik mahorat

Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati

Maktabgacha ta’limda pedagogik diagnostika

Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari

Maktabgacha ta’limni o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirsh 

Kafedrada 5A111801 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.

Mazkur magistratura mutaxassisligida quyidagi fanlar o‘qitiladi:

 

Maktabgacha ta’lim metodologiyasi

Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi

Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari

Maktabgacha ta’limda innovatsion faoliyat

Maktabgacha pedagogik akmeologiya

Dunyo mamlakatlari ta’lim tizimi

Pedagogik konflektologiya

Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va uni o‘qitish metodikasi

Pedagogik akmeologiya

 

Kafedraning ilmiy uslubiy ishlari:

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha p.f.d. R. Shodiyev, dotsent T.G‘afforova, U. Yoziyeva, S. N.Oripova monografiya va risolalar nashr ettirishgan.

Kafedra a’zolari T. Ashurova, M. Muhammadiyevalar nomzodlik dissertatsiyalari ustida ishlamoqdalar.

Kafedra a’zolari

prof. G‘afforova Tal’at

dots. Oripova Nodima

p.f.n. Kenjayeva Dildora

p.f.n.Rahmonova Maxfuza

p.f.n. Hamroyev Shuhrat

p.f.n. Yoziyeva Umida

Muhammadiyeva Manzura

Ashurova To‘lg‘anoy

Alimardonova Mohichehra

Ashirova Sojida

Nazirov Usmon

Temirov Shuhrat Qahramonovich

Yo‘ldosheva Yulduz

Mo‘minova Nilufar

Niyozova Dilbar

 

Kafedrada olib borayotgan ilmiy ishlar:

Kafedraning bosh ustuvor ilmiy-tadqiqot mavzusi “Maktabgacha ta’lim sohasini malakali kadrlar va o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirish” deb belgilangan. 

Kafedra manzili : 6 - blok 2 – etaj

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________