0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

O‘zbekiston tarixi kafedrasi

Ovozlar reytingi:  / 3
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: t.f.n.   

Akrom Hasanov Mo‘minovich

Telefon: (+99890) 616-42-33

Elektron manzili:  ahasanov75@umail.uz

 

 

Kafedra haqida

"O‘zbekiston tarixi " kafedrasi 2014 yilda "O‘zbekiston tarixi" va ”Jahon tarixi va arxeologiya” kafedralarining qo‘shilishidan tashkil etilgan. 1957 yilda “Umumiy tarix” kafedrasi nomi bilan, 1996 yildan “Jahon tarixi”, 2004 yilning 29 sentyabridan “Jahon tarixi” kafedrasi hamda “Arxeologiya va etnologiya” markazi negizida “Jahon tarixi va arxeologiya” kafedrasi tashkil etilgan. Turli yillarda bu kafedraga prof. G.To‘xtametov, prof. O.Eshquvvatov, prof. A.Mavlonov, dots. X.Egamberdiyev, dots. S.Turdiyev, dots. Yu.Manzarov, dots. T.Rashidova va O.Bo‘riyevlar mudirlik qilishgan. Qarshi davlat universiteti rektorining 2018 yil 3 dekabrdagi 565-X sonli buyru'giga asosan Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix kafedrasi negizida “O’zbekiston tarixi” kafedrasi tashkil etildi. 2018 yil 3 dekabrdan boshlab t.f.n A.Hasanov kafedra mudiri lavozimini davom ettirib kelmoqda.

О‘zbekiston tarixi” kafedrasiga 1993-yilda asos solingan bо‘lib, 1993-1997-yillarda professor O.Jо‘raqulov, 1997-2006-yillarda dotsent N.Ismoilov, 2006-2013-yillarda prof.A.Choriyev mudirlik qildi. Kafedraning ilmiy-uslubiy faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib,  so‘nggi yillarda kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan 3 darslik, 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, 20 gа yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 1000dan ortiq ilmiy, uslubiy va ommabop maqolalar xalqaro, respublika  va mahalliy nashrlarda  chop etildi. 

Kafedrada 3 nafar fan doktori, professor, 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 7 nafar fan nomzodi, katta o‘qituvchi, 1 nafar katta o‘qituvchi hamda 10 nafar assistent-o‘qituvchilar  faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar: 

Bakalavriat 

 5120300- Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) 

  • О‘zbekiston tarixi
  • Tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizatsiya jarayonlari
  • O‘zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi
  • Sharq allomalarining ilmiy merosi
  • О‘zbekiston davlatchiligi tarixi
  • O‘rta Osiyo allomalarining ilmiy merosi va tasavvuf tariqatlari tarixi
  • О‘rta Osiyoning qadimgi va о‘rta asrlar urbanizatsiyasi tarixi
  • Muzeyshunoslik
  • Arxivshunoslik
  • Etnogenez va o‘zbek xalqining etnik tarixi
  • O‘zbekistonning eng yangi tarixi
  • Qashqadaryo vohasi tarixi.  

Magistratura 

5A120302-Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) 

  • Qadimgi Osiyo tarixi tarixshunosligi va manbashunosligining nazariy muammolari
  • O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash ishi tarixi
  • XX asrda Yevrosiyoda siyosiy jarayonlar mustabid tuzumning qulashi
  • Globallashuv sharoitida Yevropa va Osiyo mamlakatlarining O‘zbekiston bilan hamkorligi  

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati. 

Kafedraning professor-o‘qituvchilari, “Janubiy O‘zbekiston tarixi, arxeologiyasi va etnologiyasining dolzarb muammolari” mavzusida tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha prof. A.Choriyev 10 ta,  N.O‘roqova 3 ta, G.Mo‘minova 1 ta, A.Ernazarov (Prof. O.Bo’riyev bilan hammualliflikda) monografiya, o’quv uslubiy qo’llanma va risolalar nashr ettirishgan. 

Shuningdek, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishidan kelib chiqib, kafedrada ilmiy-uslubiy seminar faoliyat ko‘rsatmoqda. Seminarni t.f.d, B.Eshov boshqarmoqda. Kafedra qoshida iqtidorli talabalar bilan o‘qit. Husan Qo’ldoshev ish olib bormoqda. To‘garak talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etishga qaratilgan bo‘lib, talabalar tomonidan ilmiy rahbarlari bilan birgalikda 80 dan ortiq maqola va tezislar Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida chop etildi. 

Kafedra Kasbi maishiy xizmat ko‘rsatish kolleji va Nishon qishloq xo‘jaligi kolleji, Qarshi tibbiyot kolleji hamda QarshiDU qoshidagi 1-AL bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Kafedra tomonidan muntazam ravishda uslubiy qo‘llanmalar, tarqatma materiallar, elektron ta'lim resurslari tayyorlanib, AL ва KHKlarga uslubiy yordam berilib kelinmoqda. 

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. Hasanov Akrom Mo’minovich - kafedra mudiri, tarix fanlari nomzodi,  kattao‘qituvchi
  2. Eshov Bahodir Jo‘rayevich - tarix fanlari doktori, professor.
  3. Choriyev Ahmadjon Huvayevich -  tarix fanlari doktori, professor.
  4. Sagdullayev anatoliy Sagdullayevich- tarix fanlari doktori, akademik.
  5. Mavlonov O‘ktam Maxmasobirovich -  tarix fanlari doktori, professor.
  6. Bo‘riyev Ochil XXX - tarix fanlari nomzodi, professor.
  7. O‘roqova Nigora Salomovna - tarix fanlari nomzodi, dotsent.
  8. Mo‘minova Gavhar Esanovna -  tarix fanlari nomzodi, dotsent v.b.
  9. To‘rayeva Matluba Xoliqulovna - tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  10. Sohibova Mahliyo To’rayevna - tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  11. Nizomov Xayriddin XXX -  tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  12. Quvvatova Nodira Kadirovna -  tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  13. Xoliqov Qahramon XXX -  tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  14. Qodirova Mamlakat Muminovna - tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.
  15. Xudoyqulov To‘lqin Do’stboboyevich - tarix fanlari nomzodi, o‘qituvchi.
  16. Karomov G‘ulom Xamidovich -  katta o‘qituvchi.
  17. Achilov Anvar Tuychiyevich -  o‘qituvchi.
  18. Ko‘charov Jamshid Qulnazarovich -  o‘qituvchi.
  19. Botirov Sarvar Ilhomovich - o‘qituvchi.
  20. Normatov Sherzod Mirzayevich - o‘qituvchi.
  21. To‘rayev Shuhrat Raxmonovich - o‘qituvchi.
  22. Qo‘ldoshev Husan Shaharovich - o‘qituvchi.
  23. Mo’minov Usmon Muhamad o’g’li- o‘qituvchi.
  24. Karimov Bahrom Djalolovich- o‘qituvchi.
  25. Tillayev Ermat Raxmatovich- katta o’qituvchi.
  26. Nishonov Jamshid To’raqul o’g’li-o’qituvchi
  27. Ernazarov Azim Xudoyqulovich - o‘qituvchi, kabinet mudiri.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________