0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

JAHON TARIXI KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: t.f.n.

Nilufar Rajabova 

Elektron manzili: rnilufar_75@mail.ru 

Kafedra tarixi

1957 yilda Umumiy tarix” kafedrasi nomi bilan, 1996 yildan Jahon tarixi”, 2004 yilning 29 sentabridan “Jahon tarixi” kafedrasi hamda “Arxeologiya va etnologiya” markazi negizida “Jahon tarixi va arxeologiya” kafedrasi tashkil etilgan. Turli yillarda bu kafedraga prof. G.To’xtametov, prof. O.Eshquvvatov, prof. A.Mavlonov, dots. X.Egamberdiyev, dots. S.Turdiyev, dots. Yu.Manzarov, dots. T.Rashidova va O.Bo’riyevlar mudirlik qilishgan. 2014 yil iyunida 2018 dekabrigacha O’zbekiston tarixi va Jahon tarixi va arxeologiya kafedralari Tarix kafedrasiga birlashtirildi. 2018 yilning dekabridan kafedra ikkiga bo’linib, Jahon tarixi qayta tashkil etildi, unga t.f.n. N.Rajabova mudirlik qilmoqda.

Mudirlar orasida kafedraning ravnaqiga juda katta hissasini qo’shgan olimlardan G.To’xtametov, O.Eshquvvatov, A.Mavlonov, T.Rashidova va O.Bo’riyevlardir. Ular QarshiDU “Umumiy tarix” (keyinchalik Jahon tarixi va atxeologiya) kafedrasida unumli faoliyat ko’rsatishdi. Ish jarayonida unumli mehnat qilib, ustoz degan ulug’ nomni sharaf bilan oqladilar. Ular o’z faoliyatlari davomida yoshlarimizni yetuk mutaxassis, komil inson qilib tarbiyalashga ulkan hissa qo’shish bilan birga yuzdan ortiq ilmiy maqolalar, risolalar va kitoblar yozib nashrdan chiqarishdi.

2004-2013 yillarda Ochil Bo’riyev kafedraga mudirlik qildi. Uning rahbarligi jarayonida ham kafedra ish faoliyati susaygani yo’q, aksincha yanada yuqoriga ko’tarildi. Kafedra qoshida “07.00.07 – Etnologiya, etnografiya va antropologiya” ixtisosligi bo'yicha ilmiy seminar faoliyat ko’rsatdi. Unda ko’plab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari muhokama qilinib, himoyaga tavsiya etilgan (jumladan xorijiy tadqiqotchilar ham).

Dots. O.Bo’riyev 2013 yilning yanvar oyida Turon Fanlar akademiyasining akadimigi, 2017 yilning iyunidan universitetning faxriy professori bo’ldi.

2000 yildan boshlab kafedraga yosh o’qituvchilar qabul qilinib, aspiranturada tahsil olib, nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Ularga t.f.n., dots. G.Tosheva (1976-2012), t.f.n. F.Rahmonov, N.Rajabova va M.Usmonovlarni kiritish mumkin.

Kafedrada hozirgi vaqtda 1 ta professor, 2 ta fan nomzodi, 1 ta PhD, 9 ta katta o'qituvchi va assistent-o'qituvchi faoliyat ko'rsatadi.

Kafedrada o’qitiladigan barcha fanlardan zamonaviy pedagogik texnologiyalari va axborot texnologiyalari asosida ta’lim texnologiyalari yaratilgan. Kafedra qoshida bitta zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan ma’ruzalar zali mavjud. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ma’ruza mashg’ulotlari mazkur ma’ruzalar zalida olib boriladi

Kafedraning o’quv yuklamasida arxeologik, etnologik va pedagogik amaliyotlar ham bo’lib, talabalar belgilan rejaga muvofiq amaliyotga olib chiqiladi.

Kafedra O'zRFA Tarix, Arxeologiya, Sharqshunoslik ilmiy-tadqiqot institutlari, O'zMU, SamDU, TerDU, BuxDU, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti kabi oily ta’lim muassasalari bilan doimo ilmiy hamkorlik qilib keladi.

Kafedra qoshida “Yosh arxeolog” to'garagi faoliyat ko'rsatib, unda 40 ga yaqin iqtidorli talaba jalb etilgan hamda ularga ilmiy tadqiqoti ishi mavzulari berilgan.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriat 

1. Xronologiya va metrologiya

2. Tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar va metodlar

3. Tarixiy antropologiya

4. Arxeologiya va etnologiya

5. Jahon tarixi

6. Fan va texnika tarixi

7. Xalqaro hamkorlik va diplomatiya tarixi

8. Jahon sivilizatsiyalari tarixi

9. Tarix o’qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari

10. Sharq allomalarining ilmiy merosi

11. Xorijiy mamlakatlarning zamonaviy tarixi

12. Jahon san’ati tarixi 

Magistratura

1. O’rta asrlar Yevropasi tarixi tarixshunosligi va manbashunosligining dolzarb masalalari  

2. Yangi va eng yangi davr tarixi tarixshunosligi va manbashunosligi: rivojlanishning asosiy bosqichlari

3. O’zbek xalqi etnologiyasining dolzarb masalalari

4. Jahon etnologiyasining dolzarb masalalari 

Kafedra professor-o'qituvchilari:

1. Rajabova Nilufar

2. Ochil Bo’riyev

3. Rahmonov Faxriddin

4. Usmonov Murtoz

5. Ravshanova Gulora

6. Do’stov Abduvali

7. Sharipov Fayzullo

8. Berdiyev Jamshid

9. Samadova Feruza

10. Egamberdiyev Faxriddin

11. To’xtamisheva Fotima

12. Jabborova Iqbol

13. Karimov Mansur 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedraning ilmiy-tadqiqot mavzusi “Janubiy O'zbekiston tarixi, arxeologiyasi va etnologiyasining dolzarb masalalari”deb nomlanib, mazkur yo’nalish bo'yicha O.Bo’riyev, F.Rahmonov, N.Rajabova, F.Sharipov, M.Usmonov, J.Berdiyev, F.Egamberdiyev, F.Samadova, F.To’xtamishevalar doktorlik dissertatsiyalari ustida ishlamoqdalar. 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar: 

O.Bo’riyev. Dala etnologik ekspeditsiyalari uyushtirish metodikasi.

N.Rajabova. Arxeologiya fanidan o’quv qo’llanma

N.Rajabova. Arxeologiya atamalarining izohli lug’ati

N.Rajabova. O’rta asrlar Yevropasi tarixi tarixshunosligi va manbashunosligining dolzarb masalalari fanidan kurs ishi yozish bo’yicha uslubiy ko’rsatma

F.Rahmonov. Janubiy O’zbekiston o’zbeklarining dehqonchilik bilan bog’liq urf-odat va an’analarining transformatsion jarayonlari

M.Usmonov. Etnologiya fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma

A.Do’stov. Xronologiya va metrologiya fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma 

Kafedraning manzili: Ijtimoiy fanlar fakulteti 1-qavat, 124-xona

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________