0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Fakultet tarixi

Fakultet 1956-yilda tashkil etilgan bo’lib, malakali kadrlar tayyorlash bo’yicha eng nufuzli tarixiy faoliyatga ega. Fakultetda ta’lim olgan malakali kadrlar Respublika va Viloyat oliygohlarida hamda ta’lim tizimi sohalari,  xalq xo’jaligining turli sohalarida faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.

Fakultet jamoasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga amal qilgan tarzda olib bormoqda. Fakultet faoliyati oliy ta’lim, kasb – hunar va o‘rta maxsus ta’lim, umumta’lim muassasalari  uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

 Fakultet ma'muriyati:

 Fizika – matematika fakulteti dekani

Tashatov Allanazar Qarshiyevich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

(Dushanbadan tashqari)

Telefon: (+998 91)  451-95-90

E-mail: qardu_tashatov@edu.uz

 

O’quv ishlar bo’yicha dekan muovini

Muqumov Asqar Hamza o’g’li

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

(Dushanba va shanba kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 93) 906-84-98

E-mail: muqumovasqar@gmail.com

 

 O’quv ishlari bo’yicha dekan muovini

Yuldoshev Ismoil Abriyevich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

(Dushanba va shanba kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 90) 187-76-52

E-mail: yuldoshev-i@umail.uz

 

 

O’quv ishlari bo’yicha dekan muovini

Nazirov Zulqaynar Sharopovich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

(Dushanba va shanba kunlaridan  tashqari)

Telefon: (+998 95) 681-12-12 

E-mail:  nazirovz@umail.uz

 

 Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini

Eshqorayeva Norxol G’uzorovna

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

(Dushanba va shanba kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 91) 215-17-71

E-mail: norxol@mail.ru 

 

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini

Ochilov Alisher Oripovich

Qabul vaqti: Har kuni: 10.00-12.00

(Dushanba va shanba kunlaridan tashqari)

Telefon: (+998 90) 638-27-44

E-mail: alisherochilov69@mail.ru

Fakultet kafedralari:

  • Fizika
  • Matematika
  • Amaliy matematika va informatika
  • Kasbiy ta’lim 

Fakultet quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlarni tayyorlaydi: 

  • Fizika
  • Matematika
  • Amaliy matematika va informatika
  • Informatika o’qitish metodikasi
  • Energetika
  • Engil sanoat mahsulotlari texnologiyasi
  • Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash

Quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha magistrlarni tayyorlaydi: 

  1. Matematika
  2. Fizika
  3. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari fizikasi atrof-muhit turg‘unligi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

Fizika-matematika fakultetida  o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-uslubiy ishlar OTM faoliyatiga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmonlari, Vazirlar mahkamasi qaror va farmoyishlari,  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining bo‘yruq va topshiriqlari asosida universitet Ilmiy kengashi, rektor buyruqlari, shuningdek ta’liimga oid huquqiy - meyoriy hujjatlar asosida tuzilgan ish rejasida ko‘rsatilgan ishlar amalga oshirildi.

Fakultet 5 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va 3 ta  magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Fakultetda 1188 nafar talaba tahsil oladi. Shulardan 4 nafari Turkmaniston Respublikasi fuqarolari hisoblanadi.

Bakalavriaturada; 5130100 – matematika, 5140200 – fizika 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi , 5130200 – Amaliy matematika va informatika,  5111000 – Kasb ta’lim (sohalar bo‘yicha)

Magistraturada: 5A140202 – Fizika yo‘nalishlar bo‘yicha (optika, magnitooptika, molekulyar optika), 5A130101- Matematika,  Qayta tiklanuvchi energiya manbalari fizikasi atrof-muhit turg‘unligi.

Ilmiy salohiyat. Fakultetda 4 kafedra mavjud bo‘lib, 104 dan ortiq nafar professor–o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Professor –o‘qituvchilar tarkibida 6 fan doktor, professor, 30 fan nomzodi dotsent,  15 katta o‘qituvchi va assistentlar 1188 nafar talabalarga ta’lim tarbiya berib kelmoqda. Ilmiy salohiyat –41%. 

Fakultet kafedralari tomonidan “Noaniq informatsion holatlarda texnologik jarayonlarni matematik modellashtirish” va “Complex analizda integral formulalar va ko‘p o‘lchovli qoldiqlar” “Matematik fizika tenglamalari uchun to‘gri va teskari masalalar”, “Energiya resurslarini tejashda alternativ energiya manbalaridan foydalanish muammomlar va yechimlar” “Kasb ta’limi bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlashning ilmiy –uslubiy asoslari” borasida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Keyingi 3 yil ichida fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan  4 ta darslik, 14 ta  o‘quv    qo‘llanma, 12 ta  monografiya, 18 ta risola va mingdan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirilgan.

Fakultetdagi ta’lim yo‘nalishlarining kasbiy faoliyat turlari:

5130100 – Matematika - ta’lim jarayonida mos umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida o‘quv-tarbiya ishlari; matematik jarayonlarni ifodalovchi adabiyotlar; tushunish, o‘rganish va idrok etish; ta’lim jarayoni  meyoriy meyoriy xujjatlari; laboratoriya qurilmalari va uskunalari: fan va ishlab chiqarishdagi masalalar; axborot texnologiyalari; ixtisoslik bo‘yicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari; tashkiliy-boshqaruv jarayoni; ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlari bo‘yicha faoliyat obyektlarini qamrab oladi. Ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-boshqaruv, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasi, pedagog (umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar  ta’limi tizimida kasbiy faoliyat turlarini olib boradi.

5140200 -Fizika ta’lim yunalishi - ta’lim jarayonida mos umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida o‘quv-tarbiya ishlari; fizik jarayonlarni ifodalovchi adabiyotlar; tushunish, o‘rganish va idrok etish; ta’lim jarayoni  meyoriy meyoriy xujjatlari; laboratoriya qurilmalari va uskunalari: fan va ishlab chiqarishdagi masalalar; axborot texnologiyalari; ixtisoslik bo‘yicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari; tashkiliy-boshqaruv jarayoni; ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlari bo‘yicha faoliyat obyektlarini qamrab oladi. Ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-boshqaruv, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasi, pedagog (umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar  ta’limi tizimida kasbiy faoliyat turlarini olib boradi.

5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi -umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlovchi yo‘nalish bo‘lib, ushbu yo‘nalishda ta’lim olganlar umumiy urta, urta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, oliy, malaka oshirish va kayta tayyorlash muassasalarida o‘rnatilgan tartibda yordamchi xodimlar, O‘zFA va tarmoq ITIda,   ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida, davlat boshqaruv organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarida kasbiy faoliyat yuritish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

5130200 – Amaliy matematika va informatika ta’lim yo‘nalishi - ilm-fan va texnika sohalaridagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, u fanning turli tarmoqlarida matematikani qo‘llashnning talablariga va amaliy faoliyatning turli sohalariga matematik usullarning kirib borishini o‘rganish, soha istiqbolini belgilash, kasbiy ko‘nikmaga, mutassaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining bilim vositalari, usullari va uslublari majmuasini o‘z ichiga oladi. Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining obyektlari:  tajriba –konstruktorlik tashkilotlarida matematik va dasturiy ta’minot; pedagogika va axborot texnologiyalari; matematik usullar va kompyuter texnologiyalari.

5111000– Kasb ta’limi (5320900-Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi)- ilmiy-tadqiqot; ishlab chiqarish; tashkiliy-boshqaruv; loyihaviy-konstruktorlik; pedagogik va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Bakalavr tayyorlanadigan kasbiy faoliyatning muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasasi tomonidan aniqlanadi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________