Kafedra mudiri: katta o'qituvchi
Parda Qurbonov Axmedovich
Telefon: (+998 91) 639-23-62
Elektron manzili: pqurbonov@umail.uz
pqurbonov@yahoo.com
Kafedra tarixi
Kafedra 2009 yilda tashkil topgan. Kafedra 2018-yil noyabr oyidan beri “Fakultetlararo Ingliz tili” deb nomlangan. Hozirgi kunda, kafedra mudiri katta o’qituvchi Parda Qurbonov Ahmedovich bo’lib u bir nechta xorijiy davlat universitetlarida bo’lib tajriba almashgan xususan, Vengriya (1989), Janubiy Korea( 2001), Buyuk Britaniya (2008) va Slovakiya (2011-2012)da.
Kafedrada 1 nafar fan nomzodi 2 nafar katta o’qituvchi va 19 nafar assistant –o’qituvchi mavjud.
Kafedraning O’zbekiston va Xorij davlat universitetlari bilan o’zaro ilmiy aloqalari yo’lga qo’yilgan xususan, O’zDJTU, SamDChTI, BuxDU, Moskva Lingvistika universiteti, Belgrad davlat universiteti va Konstantin falsafa universiteti shular jumlasidandir.
Kafedrada “Colingo” to’garagi faoliyat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari, Kitob maishiy xizmat kolleji va universitet qoshidagi 2 akademik litseylar bilan doimiy ilmiy hamkorlik mavjud. Bu davr ichida kafedra a’zolari tomonidan bir qancha ilmiy maqolalar monografiyalar va o’quv qo’lanmalar chop ettirilgan.
Kafedra o’qituvchilari P.Qurbonov va N.Suyarovalarning ilmiy tadqiqot mavzulari OAK buletenida e’lon qilindi, bundan tashqari assistant-o’qituvchilar L.Baymuradova, U.Davurova va N. Qurbonovalarning ilmiy tadqiqot mavzulari ham tasdiqlanish arafasida.
Kafedraning ilmiy tadqiqot yo’nalishi:
Bakalavriat
Chet tili (Ingliz tili)barcha ta’lim yo’nalishlari uchun
Magistratura
Amaliy chet tili (Ingliz tili) barcha mutaxassisliklarda
Kafedra professor-o’qituvchilari tarkibi:
Qurbonov Parda Ahmedovich–katta o’qituvchi
Aliqulov Abduhakim G’aniyevich-f.f.n, katta o’qituvchi
Tursunov Jahongir Aminovich -o’qituvchi
Alimov Toshtemir Amirkulovich -o’qituvchi
Turopova Lola Suyunovna -katta o’qituvchi
Husanova Ruqiya Hushvaqtovna -o’qituvchi
Xoliqova Dilafro’z Shuhratovna -o’qituvchi
Berdiyorova Rahima Karimovna – o’qituvchi
Shukurova Saboxat Odilovna -o’qituvchi
Choriyeva Madina Muzaffarovna -o’qituvchi
Elmurodova Sohiba Saidmurodovna –o’qituvchi
Baymuradova Laylo Kaxramonovna – o’qituvchi
Mamadaliyeva Susana Atamovna -o’qituvchi
Davurova Umida Jo’raqul qizi -o’qituvchi
Amirova Zohida Oripovna -o’qituvchi
Qurbonova Nargiza Abdusoatovna -o’qituvchi
Oqboyeva Zulfiya Bobonazarovna –o’qituvchi
Suyarova Nargiza Yuldoshevna-o’qituvchi
Avlayeva Saida Bozorovna-o’qituvchi
Sharipova Shaxnoza Yunus qizi –o’qituvchi
Latipova Umida Usmanovna -o’qituvchi
Normo’minov O’tkir Ishmuradovich-o’qituvchi
2018-yilning 6-oktabr kuni Qarshi davlat universitetida Xorijiy tillar fakulteti Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi mudiri katta o‘qituvchisi Qurbonov Parda Axmedovichning “Bayron ijodida Sharq va sharqona motivlar tavsifi (qiyos va tarjima)” falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi (mutaxassislik 10.00.06 Qiѐsiy adabiѐtshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik) mavzusida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda P.A.Qurbonovning ilmiy rahbari f.f.d.prof. M.N.Xolbekov, f.f.d.prof. N.Shodmonov, f.f.d.prof. B.Yo‘ldoshev, f.f.d. prof. X.Jabborov, f.f.n.dots A.P.Erkayev. Samarqand tibbiyot institutidan f.f.d. U.Qarshiboyeva, Buxoro davlat universitetidan f.f.d. prof. M.Jo‘rayeva, Sam.T.I.dan f.f.n.dots. D.Babeyeva va f.f.n.dots. G‘Xo‘jayev, f.f.n.dots Y.Hamrayeva, Xorijiy tillar fakulteti dekani katta o‘qituvchi E. Murtazayev, Fransuz tili va adabiyoti kafedra mudiri katta o‘qituvchi G Qo‘shayeva, Nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri katta o‘qituvchi A. Maxmudov, shuningdek Fakul’tetlararo xorijiy tillar kafedrasi va Nemis tili va adabiyoti, Fransuz tili va adabiyoti va Rus tili va adabiyoti kafedralari professor - o‘qituvchilari ishtirok etishdi.