0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarga sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra yangilangan ro‘yxati tasdiqlandi

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 18 iyuldagi 3-son bayoni qaroriga muvofiq:

 ✅ Vazirlik va idoralarning ko‘plab murojaatlarini e’tiborga olib, Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarga sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining yangilangan ro‘yxati tasdiqlandi (ro‘yxat quyida taqdim etilmoqda).

✅ Bunda, vazirlik, idora yoki yirik ho‘jalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida besh yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga (texnik xodimlar bundan mustasno) ushbu vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, mos (turdosh) ta’lim yo‘nalishlarining sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun tavsiya berish shaxsan birinchi rahbar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

✅ Manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek fuqarolarning ko‘plab murojaatlarini inobatga olib, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalarini qabul qilishning so‘nggi muddati istisno tariqasida joriy yilning 10 avgusti (shu kuni ham) etib belgilandi.

✅ O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni qaroriga 21-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi. 

 

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarga sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining yangilangan ro‘yxati.(pdf)

 

Manba: edu.uz

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________