0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

OTMlarda Call-markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

2019 yil 14 iyundan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida, 15 iyundan respublikadagi barcha OTMlarda Call-markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

O‘tgan davr mobaynida yurtdoshlarimizning 30 mingga yaqin savollariga javob berildi. 

So‘nggi kunlarda abituriyentlardan eng ko‘p 5 yillik stajga ega bo‘lgan xodimlarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida ko‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda. Shu bois mazkur mavzu yuzasidan ma’luomtlarni qayta keltirib o‘tmoqchimiz. 

 

✅ Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.  

✅ Joriy yilda 33 ta vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalariga o‘z xodimlarini tavsiyanoma asosida o‘qitish huquqi berilgan. 

 

- Ташкилотлар рўйхати; (https://t.me/eduuz/968)
- Қабул қилиш тартиби; (https://t.me/eduuz/997)
- Зарур ҳужжатлар рўйхати; (https://t.me/eduuz/967)
- Тавсиянома намунаси; (https://t.me/eduuz/998) 

 

✅ Tasdiqlangan ro‘yxatda qayd etilgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 2019/2020 o‘quv yili uchun 100 nafargacha xodimga tavsiyanoma berishi mumkin.  

✅ Suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan, tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-shartnoma mablag‘lari ishlab turgan tashkilot tomonidan to‘lab beriladi.   

✅ Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlarning sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari muayyan OTM qabul komissiyasi tomonidan 20 iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.  

✅ Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abituriyentlar bilan suhbatlar 10 avgustdan 20 avgustga qadar o‘tkaziladi.

 

Manba: edu.uz

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________