0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

VILOYATDAGI AKADEMIK LITSEYLAR O‘QUVCHILARI DIQQATIGA!

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Qarshi davlat universiteti rektorining 2019-yil 28-fevraldagi 88 T-sonli buyrug‘iga asosan, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda munosib taqdirlash maqsadida:

Qashqadaryo viloyatida hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan akademik litsey o‘quvchilarini jalb etgan holda 2019-yilning 10-mart kuni (soat 1000 da) quyidagi matematika, fizika, kimyo, biologiya, ona tili va adabiyoti, tarix, geografiya, xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, rus tili) fanlaridan “XXI asr-intellektual avlod asri” shiori ostida “Universitet birinchiligi” bo‘yicha an’anaviy fan olimpiadasini o‘tkazish bo‘yicha 

TANLOV E’LON QILADI 

Tanlov har o‘quv yili davomida muntazam o‘tkazib boriladi. “Universitet birinchiligi” bo‘yicha an’anaviy fan olimpiadasida ishtirok etmoqchi bo‘lgan viloyatdagi akademik litseylar o‘quvchilari va ularga mas’ul etib belgilangan o‘qituvchilar 2019 yil 10 mart kuni soat 830 ga qadar universitet bosh binosida ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.

Tanlov yakunlari bo‘yicha g‘oliblarga sertifikat va rag‘batlantiruvchi sovg‘alar taqdim etiladi. 

Eslatma: “Universitet birinchiligi” bo‘yicha an’anaviy fan olimpiadasida qatnashmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar 2019 yil 10 mart kuni soat 830 ga qadar I bosqichda g‘olib bo‘lganligi to‘g‘risida Hakamlar hay’atining qaroridan ko‘chirma, shaxsini tasdiqlovchi hujjat, reyting daftarchasining asl nusxasi bilan universitetning bosh binosiga kelishlari lozim. 

Qarshi davlat universiteti

Murojaat uchun telefonlar: (93) 906-20-37, (75) 221-21-29

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________