0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

UNIVERSITET TALABALARI DIQQATIGA!

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 31 dekabrdagi 1070-sonli buyrug‘iga asosan, universitetda o‘quv mashg‘ulotlarini talabalarda innovatsion fikrlashni shakllantiradigan o‘qitish texnologiyalari, ularda ijodiy, ilmiy-nazariy va interfaol uslublarni joriy etish orqali innovatsion fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha individual ishlarni tashkil etish maqsadida:

talabalarning o‘z ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlashtirayotgan fanlarining o‘quv dasturiga muvofiq eng yaxshi mustaqil ishlarni bajargan talabalar uchun "Eng yaxshi mustaqil ish";

talabalarning o‘z ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlashtirayotgan fanlarining o‘quv dasturiga muvofiq topshiriqlar va kurs ishlarini ijodiy yondashib bajargan eng yaxshi ishlanmalarni bajargan talabalar uchun "Eng yaxshi ijodiy yondashuv";

- talabalarning o‘z ta’lim yo‘nalishlarida o‘zlashtirayotgan materiallari bo‘yicha ishlanmalar va takliflar tayyorlangan talabalar uchun “Eng yaxshi innovatsion g‘oya”;

- talabalarning o‘quv mashg‘ulotlarini interfaol o‘qitish uslublari bo‘yicha tayyorlagan ta’lim va o‘qitish bo‘yicha materiallar tayyorlagan talabalar uchun "Innovatsion ta’lim" loyihalari nominatsiyasi bo‘yicha 

TANLOV E’LON QILADI 

Tanlovni o‘tkazish har o‘quv yilining semestrlarida o‘qitilgan fanni o‘zlashtirish yakunida amalga oshiriladi va fan o‘qituvchisi tavsiyasiga ko‘ra talabgorning ishi fan o‘qitilayotgan kafedrasida muhokama qilinadi. Muhokama natijasi ijobiy bo‘lgan holatda fakultetning Ilmiy-uslubiy kengashiga tavsiya etiladi.

Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha talabgorlarning ishi va uni asoslovchi materiallari fakultetning Ilmiy-uslubiy kengashida muhokama qilinadi. Muhokama natijasida nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha aniqlangan g‘oliblar universitet Innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash kengashi bayonnomasi bilan tavsiya etiladi.

Tanlov yakunlari bo‘yicha g‘oliblarni alohida e’tiborga loyiq ijodiy ishlari uchun sertifikat va rag‘batlantiruvchi sovg‘alar taqdim etiladi.

Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar fakultetnining Ilmiy-uslubiy kengashi tavsiyasiga asosan Innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash kengashining yosh ekspertlari zahirasiga nomzod sifatida tavsiya etiladi.

Hujjatlar joriy yilning 15 martiga qadar universitet iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limiga taqdim etiladi. 

IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLASH BO‘LIMI

Murojaat uchun telefonlar: (94) 172-77-66, (75) 221-21-29


UNIVERSITET TALABALARI DIQQATIGA 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 31 dekabrdagi 1070-sonli buyrug‘iga asosan, universitetda talabalarni ilmiy faoliyatga yunaltirish va ularda innovatsion fikrlashni shakllantirish maqsadida "Talabalar orasida yangi startaplar” uchun 

TANLOV E’LON QILADI 

Talabalardan yangi startaplar uchun tanlovlarda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi:

"Ijtimoiy ahamiyatli innovatsiyalar";

"Texnostart";

"Eng yosh olim";

"Eng yaxshi innovatsion loyiha";

"Istiqbolli ishlanma" va boshqalar.

Tanlovning universitet bosqichi g‘oliblari quyidagicha mukofotlanadi va Respublika bosqichiga tavsiya etiladi.

birinchi o‘rin uchun - eng kam ish haqining uch barobar mikdorida pul mukofoti beriladi.

ikkinchi o‘rin uchun - eng kam ish haqining ikki barobar mikdorida pul mukofoti beriladi.

uchinchi o‘rin uchun - eng kam ish haqining bir barobar mikdorida pul mukofoti beriladi.

Tanlov g‘oliblari diplomlar va tanlov ishtirokchilari sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Talabalar orasida yangi startaplar uchun tanlovning universitet bosqichi joriy yilning aprel oyida o‘tkaziladi.

Universitet bo‘yicha aniqlangan tanlov g‘oliblari Respublika bosqichi uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tavsiya etiladi va tanlovning  Respublika bosqichi joriy yilning may oyida o‘tkaziladi.

Talabalar orasida yangi startaplar uchun tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada o‘qishni davom ettirish uchun tavsiya etiladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan iqtidorli talabalar joriy yilning 15 mart kuniga qadar Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limiga hujjat topshirishlari mumkin.

IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLASH BO‘LIMI

Murojaat uchun telefonlar: (94) 172-77-66, (75) 221-21-29

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________