0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON LABORATORY OBOD 02 03 04 05 07 09
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LANGUAGES

05 / 15

TTJ

TTJ

06 / 15

JARAYON

07 / 15

MARAFON

08 / 15

LABORATORY

09 / 15

OBOD

OBOD

10 / 15

02

11 / 15

03

12 / 15

04

13 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
14 / 15

07

15 / 15

QarshiDU

09

QarshiDU
Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Siz O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishni va bu sayohat orqali qo‘shni mamlakatlar va mamlakat bo‘ylab bepul sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni xohlaysizmi? Unda bu tanlov aynan siz uchun!

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish, mamlakatimizning boy turizm salohiyatini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida Tourism challenge (Turizm Chorlovi) loyihasini e’lon qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3514 sonli qarori asosida tasdiqlangan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida Tourism challenge (Turizm Chorlovi) tanlovi tashkil etiladi.

Tanlovda universitetda tahsil olayotgan talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

1.Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar (ta’lim muassasasi nomidan) tanlovning www.tourchallenge.uz veb sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar;

2.Sayohatga borgan hududga borgach, tanlovning mas’ul vakilidan tegishli atributni (ta’lim muassasasining raqami yoki nomi yozilgan bayroq) oladilar va tanlov uchun maxsus tayyorlagan xaritaga joylashtiradilar;

3.Shundan so‘ng, xarita yonida va turizm obyektlarida o‘z jamoasi bilan suratga tushib, ommaviy axborot vositalari, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar (facebook, instagram, telegram va boshqalar) orqali chorlov yo‘llaydilar va o‘z sayohatlarini keng yoritadilar;

Ishtirokchilarning sayohatlari hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi:

-sayohatlarni tashkil etish davri (turizm mavsumi past davrlarga – yanvar, fevral, mart oylari uchun ustunlik beriladi);

-sayohatlarning umumiy masofasi;

-sayohatlar marshrutlarining yangiligi va o‘ziga xosligi (kreativligi);

-sayohatlarning davomiyligi (ketma-ketligi);

-sayohatlar soni;

-sayohatchilar soni;

-sayohatlarning OAV da yoritilganligi (soni va OAV turi);

-sayohatlarning ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatilishi (qancha foydalanuvchi ko‘rganligi);

-sayohat davrida olingan foto surat va video materiallarning sifati.

Tanlov g‘oliblari 2018-2019 o‘quv yilining so‘ngida oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari bo‘yicha alohida aniqlanadi va e’lon qilinadi.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadilar:

1-o‘rinlar: Qo‘shni ikkita mamlakatga 7 kunlik sayohat uchun 6 kishilik (sayohatlarni tashkil etishda eng faol qatnashgan va keng yoritgan ishtirokchilar) yo‘llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (100 dona);

2-o‘rinlar: Qo‘shni ikkita mamlakatga 5 kunlik sayohat uchun 6 kishilik (sayohatlarni tashkil etishda eng faol qatnashgan va keng yoritgan ishtirokchilar) yo‘llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (50 dona);

3-o‘rinlar: O‘zbekistonning 3 ta shahriga 5 kunlik sayohat uchun 6 kishilik yo‘llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (50 dona) bilan taqdirlanadi.

Batafsil ma’lumotlarni www.tourchallenge.uz veb sayti hamda +998951933402 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________