01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yil talabasi” tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 28 maydagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yil talabasi” respublika tanlovi nizomini tasdiqlash va tanlovni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 471-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15 – 25 oktabr kunlari universitetda Respublika tanlovining birinchi bosqichi o‘tkaziladi. Tanlovda  talabalar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin:

1. “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”;

“Yilning eng tashabbuskor talabasi”;

“Yilning eng ixtirochi talabasi”;

“Yilning sportchi talabasi”;

“Yilning ijodkor talabasi”.

Tanlov Nizomi va tanlov to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi (O.Omonov +99894.172-77-66)dan olishingiz mumkin.

Tanlov nizomini yuklab olish. Buyruq-471-28.05.2018