0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

TAYYORLOV KURSIGA MARHAMAT!

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Hurmatli oliy o‘quv yurtlariga kirish istagidagi abituriyentlar hamda ularning ota-onalari!

Qarshi davlat universiteti “Tayyorlov kursi” respublikamizning barcha oliy o‘quv yurtlariga o‘qishni xohlovchi abituriyentlarni kirish testlariga sifatli va kafolatli tayyorlaydi.

“Tayyorlov kursi”da:

Ona tili va adabiyot

Tarix

Ingliz tili

Koreys tili

Nemis tili

 Matematika

 Fizika

 Kimyo

 Biologiya

 Rus tili

fanlari bo‘yicha o‘quv kurslari faoliyat olib boradi.

Shuningdek, abituriyentlarni ijodiy suhbat, diktant, insho kabi sinov turlariga tayyorlash uchun ham kurslar mavjud.

“Tayyorlov kursi”da dars jarayonlari belgilangan va tasdiqlangan reja bo‘yicha, joriy yil Davlat test markazi tavsiya qilgan darsliklar asosida universitetning malakali professor-o‘qituvchilari hamda oliy va yetakchi toifali mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

Darslar 2-apreldan boshlanadi va haftaning har kuni ( yakshanbadan tashqari) soat 14:00 dan 16:00 gacha, 16:00 dan 18:00 gacha bo‘ladi.

Har oyda bir marta 3 blokli sinov testlari o‘tkaziladi va sinov testlaridan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

“Tayyorlov kursi” universitet akademik litseyi binosida tashkil etiladi. To‘lov miqdori 60 ming so‘m. To‘lovni naqd pul yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirish mumkin.

Unutmang, bizning maqsad: sifatli ta’lim - yuqori natija! 

Manzilimiz: Qarshi shahri, Olimlar ko‘chasi, Qarshi davlat universiteti akademik litseyi. Mo‘ljal: 6-, 35-, 7-, 37-, 5-, 18-yo‘nalishi marshrutlari.

Murojaat uchun telefonlar: +99893-931-70-12, +99893-695-34-98

TAYYORLOV KURSIGA MARHAMAT!

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________