01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Qarshi Davlat Universiteti akademik litseyi

Ovozlar reytingi:  / 3
SayozZo'r 

Akademik litsey direktori

Xushmurodova Ismigul Berdimurodovna, Pedagogika fanlari nomzodi

Telefon: (+99898) 117-44-31

Electron manzil: QDU-2akadem@inbox.uz

 

 

  

Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Pardayev Asror Abdijabborovich, Tarix fanlari nomzodi

Telefon: (+99893) 931-70-12 

Electron manzil: asror8025.pardayev@umail.uz

 

 

 

O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Eshnayev Iskandar Azizovich 

Telefon: (+99893) 695 -34-98 

Electron manzil: iskandar79.eshnayev@umail.uz

 

 

Qarshi davlat universiteti akademik litseyi Respublikamizdagi eng nufuzli o‘rinlarni egallagan bilim maskanlaridan biridir. Qarshi davlat universiteti akademik litseyi 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi O‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazining 27. 09. 2004 yildagi №194 sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.  2016 yil 26 sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3290 sonli qaroriga ko‘ra, akademik litseyga Qarshi davlat universiteti akademik litseyi maqomi berildi. 

Akademik litseyda 4 ta yo‘nalish bo‘yicha ixtisosliklar asosida o‘quvchilarga darslar olib boriladi. 

Bu yo‘nalishlar: 

- Aniq fanlar (texnika, iqtisodiyot); 

- Tabiiy fanlar (kimyo, biologiya); 

- Ijtimoiy-gumanitar fanlar (tarix); 

- Xorijiy tillar (ingliz). 

Akademik litseyda yo‘nalishlar bo‘yicha to‘rtta bo‘lim mavjud bular: 

- Aniq fanlar bo‘limi; 

- Xorijiy tillar bo‘limi; 

- Ijtimoiy gumanitar fanlar bo‘limi; 

- Tabiiy fanlar bo‘limi, 

Akademik litsey o‘qituvchilari Qarshi davlat universiteti axborot resurs markazidan doimiy foydalanib kelmokda va akademik litsey axborot resurs markazi bilan hamkorlikda ish olib bormokda. 

Akademik litsey 2004 yilda o‘quv jihozlar bilan ta’minlangan. 6 ta lingafon xonasi, 3 ta kompyuter xonasi, 2 ta fizika laboratoriyasi 2 ta kimyo laboratoriyasi, 1 ta biologiya laboratoriyasi mavjud bo‘lib barchasi jihozlangan. 

Akademik litseyda 60 dona kompyuter mavjud bo‘lib, ular ichki lokal tarmoq va internet tizimlariga ulangan. 

2016 yil Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Suyunov Odil Qirg‘izistonda o‘tkazilgan bel olib kurash sport turining Osiyo gran-pri musobaqasida faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. 

2016-2017 o‘quv yilida akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Qarshi davlat universiteti stipendiyasi uchun o‘tkazilgan tanlovda akademik litseyning o‘quvchilaridan To‘rayev Serob, Mallayev Adham, Qalqonov Ro‘zibek va Murodova Gulshan ishtirok etib, “Qarshi davlat universiteti stipendiyasi”ga sazovor bo‘ldilar. 

2017  yil litseyning o‘quvchisi Xalimov Ravshan Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan sportning karate turi bo‘yicha Osiyo chemponatida  mutlaq g‘olib bo‘ldi. 2017 yilda akademik litsey o‘quvchisi Xakimov Anvar “Kamolot shaxmat taxtasi” musobaqasining Respublika bosqichida faxrli birinchi o‘rinni egalladi. 

2016 yil “Yuksak ma’naviyatli avlod” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida O‘ngboyeva Umida hamda Xo‘jayorov Asliddin, Qo‘ldoshev SHerzodlar  birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Akademik litsey o‘quvchisi Safarova Gulzoda 2016 yil O‘Zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasiga bag‘ishlab “Marrani doim baland qo‘yib yashang, davr bizniki, marra bizniki” shiori ostida o‘tkazilgan Respublika ijodiy ishlar qo‘rik tanlovining “Eng yaxshi insho yo‘nalishida ishtirok etgani uchun” Faxriy yorliq bilan taqdirlandi. 

2017 yil akademik litsey o‘quvchisi Toshev Javohir Xitoyning Nankin  universitetiga o‘qishga qabul qilindi. 

2018 yil akademik litseyi o‘quvchisi Mustarov Abbos Xitoy davlatining Sichuan universitetiga “Bir makon bir yul” granti asosida halqaro biznes menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha grant sohibi bo‘ldi. 

2017 yil akademik litsey xodimlaridan, litsey direktori Ismigul Xushmurodova va tarix fani o‘qituvchisi Raximov Baxtiyor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan «Konstitutsiyaning 25 yilligi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, akademik litsey ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Pardayev Asrorga “Turon” fanlar akademiyasining faxriy akademigi ilmiy unvoni berildi. 

2017 yil 25 dekabrda Qarshi davlat universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-son qarori ijrosi bo‘yicha viloyat miqyosida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. 

2018-2019 o‘quv yilida akademik litseyda bitta harbiy guruh tashkil etildi. 2018-2019 o‘quv yilidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3290 sonli qarori asosida 338 nafar o‘quvchi saralash imtixonlari bilan o‘qishga qabul qilindi. 

Qarshi davlat universiteti akademik litseyini bitirib nufuzli oliygohlarni bitirgan o‘quvchilar respublikamiz ravnaqiga hissa qo‘shish maqsadida respublikamizning yuqori davlat  tashkilot va organlarida faoliyat yuritmoqdalar. 

Jumladan: Akademik litseyda tarix fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan Mamatqulov Bekzod SHerozovich ayni vaqtda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot hizmati kotibi lavozimida ishlamoqda.O‘quvchilarimizdan Xudoyqulov Samar Respublika ho‘jalik sudida, “Shuhrat” medali sohibi Yusupov Bohodir Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi bosh muharrir o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda. 

Qarshi davlat universiteti akademik litseyi nufuzi bo‘yicha Respublikada beshinchi o‘rinda turadi. Akademik litseyda o‘quvchilarning  o‘qishga kirish ko‘rsatkichi 60 %. 

amalga oshirilayotgan o‘quv-uslubiy, tarbiyaviy-ma’rifiy jarayonlardan ko‘zlangan pirovard maqsad O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlarini og‘ishmay hayotga tadbiq etish hamda DTS talablari asosida yetuk mutaxassislarni tayyorlash, har tomonlama yetuk, jismonan va ma’nan sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir.