0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

“Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish muammolari va yechimlari” mavzusidagi amaliy seminar

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

  AXBOROT XATI

Qarshi davlat universitetida 25.12.2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish muammolari va yechimlari” mavzusida amaliy seminar o‘tkaziladi.

Amaliy seminarning maqsadi oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish muammolarini o‘rganish va amaliy yechimlarni ishlab chiqish.

Amaliy seminarga mualliflar tomonidan taqdim etiladigan maqolalarga qo‘yiladigan talablar:

- maqolalar amaliy seminar mavzusiga oid, ilmiy asoslangan, tahlil qilingan va tugallangan fikrlar asosida, taklif va tavsiyalar bilan  taqdim etilishi lozim;

- amaliy seminar materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin;

- maqolalar matnlari tahrir qilingan holda A-4 o‘lchovidagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1.5 sm. joy qoldirib rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi bir qator tashlab, keyingi qatordan muallifning familiyasi, ismi va sharifi yoziladi. Yangi qatordan esa maqola muallifi ishlaydigan tashkilot nomi, lavozimi  va muallifning elektron manzili ko‘rsatiladi. So‘ngra 1 interval qoldirilib, yangi qatordan maqolaning mazmuni 1 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida,  maqolalar 5-8 betgacha hajmda bo‘lishi lozim.

Amaliy seminar tili: o‘zbek, rus va ingliz.

Seminarda qatnashish uchun ishtirokchilar 2017 yil 1 dekabrdan 10 dekabrga qadar belgilangan tartibda maqolalarni universitet akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limiga qog‘oz va elektron variantda yetkazishi so‘raladi (umarovadilorom@umail.uz).

Maxsus ekspertlar tomonidan seminar talabiga mos kelmagan maqolalar dasturga va materiallar to‘plamiga kiritilmaydi. Yuborilgan maqolalar mualliflarga qaytarilmaydi. Tahrirdan o‘tgan maqolalar amaliy seminar materiallari to‘plamida chop etiladi.

Tashkiliy qo‘mita manzili: Qarshi davlat universiteti. Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy. Tel.: 0(375) 221-20-99, faks.: 0(375) 221-00-56. Batafsil ma’lumot www.qarshidu.uz saytida berilgan.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________