01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni

 Askari baquvvat yurt qudratli bulur

Amir Temur

         1992 –yilning 14-yanvarida Respublika Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, mamlakatimiz hududidagi harbiy tuzilmalar O‘zbekiston  Respublikasi tasarrufiga o‘tkazildi.

         1993- yilning 29-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni sifatida belgilandi.

         O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “ Milliy armiyamiz – mustaqilligimizning tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir ” nomli asarida ta’kidlaganlaridek, Vatan himoyachilari kunini faqat harbiy xizmatchilar emas, ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming – minglab navqiron farzandlarimizning qutlug‘ bayrami deb qabul qilishimiz, uni eng ulug‘ va eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami singari yuksak darajada nishonlashimiz lozim, degan edilar.

         Mamlakatimiz hayotidagi mana shu qutlug‘ sanaga bugun 25 yil to‘ldi. O‘tgan chorak asr mobaynida Qurolli Kuchlarimiz tarixida muhim ishlar amalga oshirildi. Armiyamizga sog‘lom, baquvvat, mard,  Vatanga sadoqatli yoshlar jalb etildi. Shunindek, Qurolli Kuchlarimizni harbiy salohiyatga ega, tajribali harbiy xodimlar bilan ta’minlashga ham katta ahamiyat berish bilan birga ularni tajribalarini yanada oshirish maqsadida ko‘plab harbiy taktik mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

         O‘tgan davr mobaynida O‘zbekistonda mamlakatimiz havfsizligi va barqarorligi, sarhadlarimiz dahlsizligini ishonchli himoya qilish borasida taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir bo‘lgan, ixcham, tezkor, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlangan milliy armiyamizni barpo etish bo‘yicha ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra haqiqatdan ham ulkan ishlar  tizimli ravishda bosqichma-bosqich amalga oshirilganligini alohida ta’kidlash kerak.

         Armiyani isloh qilishni har tomonlama puxta o‘ylangan dasturga muvofiq, mamlakatimiz xavfsizligiga qarshi qaratilgan tashqi va ichki tahdid va hatarlarni chuqur o‘rganish asosida Qurolli Kuchlarni qurish va boshqarishning mutlaqo yangi tizimi shakllantirildi. Harbiy okruglar, chegara hududlarini tuzulishi, harbiy operatsiyalar olib boriladigan eng muhim yo‘nalishlarda jangovor qo‘shin guruhlarining tashkil etilishi, o‘z tarkibiga eng muhim harbiy tuzulmalarni birlashtirgan Qurolli Kuchlar Birlashgan Shtabining shakllantirilishi mamlakatimizda yagona maqsad va vazifalar negizida uzviy bog‘langan ishonchli mudofaa tizimini    yaratish imkonini berdi.

         Qurolli Kuchlar safini to‘ldirish tartibi izchil va bosqichma-bosqich takomillashtirildi. Muddatli harbiy xizmat bir yil etib belgilandi, safarbarlik – chaqiruv rezerv xizmati joriy etildi. Bunday chora – tadbirlarning barchasi Qurolli Kuchlarimizning jangovor kuch va imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirib, butun armiyamizning qiyofasini tubdan o‘zgartirdi. Eng muhumi, aholimiz, birinchi navbatda yoshlarimiz o‘rtasida harbiy xizmatning obro‘-e’tibori yuksak darajaga ko‘tarildi, armiyada xizmat qilish tom manoda shon – sharaf ishiga aylandi.

         Shu yillar mobaynida serjant va ofitser kadrlarni professional asosida tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida ko‘p ishlar qilindi.

 Jumladan, ”Serjantlar –armiya tayanchi ” deganimizdek , mustaqillik yillarida serjantlar tarkibini qayta tayyorlash maqsadida Serjantlar tayyorlash maktablari ochildi. Qurolli Kuchlarimizda xizmat qilayotgan serjantlarimiz shaxsiy tarkibning yuksak jangovor va siyosiy tayyorgarligini ta’minlash, harbiy qism va bo‘linmalardan sog‘lom ma’naviy – axloqiy muhitni, harbiy tartib va intizom saqlashning muhim omiliga, armiyamizning asosiy o‘zagi va tayanchiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ayniqsa, armiyani qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash, qo‘shinlarning moddiy- texnik bazasini mustahkamlash, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari uchun ijtimoiy – maishiy sharoitlarini yaxshilash masalasida alohida e’tibor qaratilgan. Masalan, harbiy xizmatchilarni uy-joylar bilan ta’minlash, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlar uchun ishga joylashish va oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish bo‘yicha qator imtiyozlar tizimi belgilandi.

         Xullas , so‘zim yakunida shuni aytmoqchimanki harbiy xizmatchilarni kasb bayramlari bilan tabriklab,ularga uzoq umr, mashaqqatli ishlarida kuch va g‘ayrat tilayman.  

 

   Qarshi davlat universiteti Fizika –matematika fakultetining Matematika yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Jamshid Boysunov.