0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Rektorat

Ovozlar reytingi:  / 4
SayozZo'r 

Shoimqulov Baxodir Allaberdiyevich – Qarshi davlat universiteti rektori

Telefon: +99875 225-34-13

Elektron pochta: bahodir.sh@umail.uz

B.A.Shoimqulov 1959 yilda tug’ilgan. 1981 yilda Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti) matematika ixtisosligi bo’yicha tugatgan. Fizika-matematika fanlari doktori. 60 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 5 ta o’quv-metodik qo’llanma va 1 ta monografiya muallifi.

Uning ilmiy ishlari matematikaning dolzarb sohalaridan biri bo’lgan ko’p o’zgaruvchili kompleks funksiyalar nazariyasiga bag’ishlangan bo’lib, olgan natijalari xorijlik taniqli mutaxassislar monografiyalariga kiritilgan.
B.A.Shoimqulov O’zbekiston Milliy universiteti matematik analiz kafedrasi mudiri (2001-2007), O’zMU mexanika matematika fakulteti dekani (2003-2012), O’zMU o’quv ishlar bo’yicha prorektor (2012-2014), O’zMU ilmiy ishlar bo’yicha prorektor (2014-2015) lavozimlarida ishlagan. U ish faoliyati davomida professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirishga, iqtidorli talabalarni qo’llab quvvatlashga, ta’lim sifatini oshirishga, universitet bilan ilmiy tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kengaytirishga katta e’tibor berib kelmoqda.
B.A.Shoimqulov doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo’yicha Ilmiy kengash va OO’MTV qoshidagi muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatida faol ishtirok etib kelmoqda.

  

Qabul kunlari: Har kuni. Soat 8-00 dan 10-00 gacha.

  

Eshkabilov Yusup Xalbayevich – Qarshi davlat universiteti O‘quv ishlari prorektori, fizika-matematika fanlari doktori

Telefon: +99875 221-21-16

Elektron pochta: eshkabilov@qarshidu.uz

 

Eshkabilov Yusup Xalbayevich 1962 yilda tug‘ilgan. 1984 yil Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti) matematika mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan, fizika-matematika fanlari doktori. 1998-2000 yillarda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi oliy ta’lim muassalari Attestatsiya va Akkreditatsiya Boshqarmasida o‘rindosh asosida mutaxassis sifatida faoliyat olib borgan. U O‘zbekiston Milliy Universiteti mexanika-matematika fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini (2006-2008),  “Algebra va funksional analiz” kafedrasi mudiri (2012-2016) lavozimida ishlagan. 2014 yilda Respublika Bosh ilmiy metodik markazida “Ta’lim tizimi menejmenti” bo‘yicha malaka oshirish kursini tugatgan. Toshkent “Operator algebralar va funksional analiz” ilmiy maktabining vakili.

100 dan ortiq ilmiy maqolalar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. 30 dan ortiq maqolalari AQSH, Pol’sha, Germaniya, Gollandiya, Rossiya, Ukraina va boshqa mamlakatlar davriy ilmiy jurnallarda e’lon qilingan. Ilmiy qiziqishlari matematikaning qismiy integral operatorlar spektral nazariyasi hamda statistik mexanika modellarining Gibbs o‘lchovlari nazariyasiga bag‘ishlangan. “Chastichno integralniye operatori tipa Fredgolma” monografiyasi Germaniyada (2013 yil) chop etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi qoshidagi matematikaning 01.01.01-matematik analiz, 01.01.02 - differensial tenglamalar va matematik fizika, 01.01.05 - ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, 01.01.06 - algebra ihtisosliklari bo‘yicha tayyorlangan doktorlik dissertatsiyalarni muhokamadan o‘tkazuvchi Ilmiy Kengash a’zosi.

Amerika Matematka Jamiyati a’zosi va “Mathematical Reviews” xalqaro matematik tahlil jurnali referenti, O‘zR FAning “O‘zbekiston Matematika Jurnali” tahririyat a’zosi. Y.X. Eshkabilov funksional analiz va uning tadbiqlari bo‘yicha erishgan yutuqlari uchun 2016 yil 10 mayda Amerika Fan va Texnologiyalar Assotsiatsiyasi - American Association for Science and Technology (AASCIT) ning haqiqiy a’zoligiga saylangan.

                       

Qabul kunlari: Haftaning dushanba va payshanba kunlari. Soat 15-00 dan 18-00 gacha. 

 

Ostanov Akmal Yoriyevich - Qarshi davlat universiteti moliya-iqtisod ishlari bo'yicha prorektori, iqtisod fanlari nomzodi 

Telefon: +99875 221-00-39 

Elektron pochta: ostonov@umail.uz

A.Yo.Ostanov 1965-yilda tug’ilgan. 1993-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetini. Iqtisod fanlari nomzodi. O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi a’lochisi, “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni sohibi. A.Yo.Ostanov (Kitob tumanidagi davlat qurilish tashkiloti hisobchisi1993-1994), Shaxrisabz qishloq xo‘jalik kolleji buxgalteriya hisobi fani o‘qituvchisi (1994-1997), Qarshi davlat universiteti buxgalteriya, moliya kafedrasi katta o‘qituvchisi (1997-2008), Qarshi tumanidagi Xushvaqt agrobiznes kasb-hunar kolleji direktori (2009-2018) 2018-yil 2-iyul kunidan boshlab Qarshi davlat universiteti moliya va iqtisod ishlari prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Qabul kunlari: Haftaning seshanba va juma kunlari. Soat 15-00 dan 18-00 gacha. 

 

Vakant – Qarshi davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor

 

Vakant  Qarshi davlat universiteti ilmiy ishlar  va innovatsiyalar bo'yicha prorektor 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________