Rektorat

Shoimqulov Baxodir Allaberdiyevich – Qarshi davlat universiteti rektori

Telefon: +99875 225-34-13

Elektron pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

B.A.Shoimqulov 1959 yilda tug’ilgan. 1981 yilda Toshkent Davlat universitetini (hozirgi O’zbekiston Milliy universiteti) matematika ixtisosligi bo’yicha tugatgan. Fizika-matematika fanlari doktori. 60 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 5 ta o’quv-metodik qo’llanma va 1 ta monografiya muallifi.

Uning ilmiy ishlari matematikaning dolzarb sohalaridan biri bo’lgan ko’p o’zgaruvchili kompleks funksiyalar nazariyasiga bag’ishlangan bo’lib, olgan natijalari xorijlik taniqli mutaxassislar monografiyalariga kiritilgan.
B.A.Shoimqulov O’zbekiston Milliy universiteti matematik analiz kafedrasi mudiri (2001-2007), O’zMU mexanika matematika fakulteti dekani (2003-2012), O’zMU o’quv ishlar bo’yicha prorektor (2012-2014), O’zMU ilmiy ishlar bo’yicha prorektor (2014-2015) lavozimlarida ishlagan. U ish faoliyati davomida professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirishga, iqtidorli talabalarni qo’llab quvvatlashga, ta’lim sifatini oshirishga, universitet bilan ilmiy tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni kengaytirishga katta e’tibor berib kelmoqda.
B.A.Shoimqulov doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo’yicha Ilmiy kengash va OO’MTV qoshidagi muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatida faol ishtirok etib kelmoqda.

  

Qabul kunlari: Har kuni. Soat 8-00 dan 10-00 gacha.

  

Yoziyev Lutfullo Habibullayevich  Qarshi davlat universiteti ilmiy ishlar prorektori, biologiya fanlari doktori, professor.

Telefon: +99875 221-21-15

Elektron pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

Yoziyev Lutfullo Habibullayevich – 1958 yil 10 martda tug‘ilgan. 1980 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini mazkur institutning o‘rmonchilik kafedrasida o‘qituvchilikdan boshlagan. Bu yerda 1987 yilning oxirigacha ishlab, 1988 yildan Qarshi davlat  pedagogika institutiga ishga o‘tgan. O‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri va fakultet dekani lavozimlarida ishlagan. 2007 yil avgustidan ilmiy ishlar  bo‘yicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.      

1988 yili “O‘zbekistonda iqlimlashtirilgan botqoq sarvisi va metasekvoyyaning bioekologik xususiyatlari” mavzusida nomzodlik, 1999 yilda “Janubiy O‘zbekiston sharoitida daraxt va butalarni iqlimlashtirishning yakunlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2004 yilda unga professor ilmiy unvoni berilgan. Jamoatchilik ishlari va ilmiy faoliyati uchun 1991 yili unga O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi mukofoti laureati, 1999 yilda “Oliy ta’lim fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 2001 yili Finlyandiyaning Oulu universitetida malaka oshirgan.

Ilmiy yo‘nalishi: botanika, dendrologiya, daraxt o‘simliklarining introduksiyasi. 100 dan ortiq ilmiy ishlarining 5 tasi monografiya, 1 tasi o‘quv qo‘llanma. 2 nafar shogirdi nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.

 

Qabul kunlari: Haftaning chorshanba va juma kunlari. Soat 15-00 dan 18-00 gacha. 


Eshkabilov Yusup Xalbayevich 
– Qarshi davlat universiteti O‘quv ishlari prorektori, fizika-matematika fanlari doktori

Telefon: +99875 221-21-16

Elektron pochta: eshkabilov@qarshidu.uz

 

Eshkabilov Yusup Xalbayevich 1962 yilda tug‘ilgan. 1984 yil Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti) matematika mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan, fizika-matematika fanlari doktori. 1998-2000 yillarda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi oliy ta’lim muassalari Attestatsiya va Akkreditatsiya Boshqarmasida o‘rindosh asosida mutaxassis sifatida faoliyat olib borgan. U O‘zbekiston Milliy Universiteti mexanika-matematika fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini (2006-2008),  “Algebra va funksional analiz” kafedrasi mudiri (2012-2016) lavozimida ishlagan. 2014 yilda Respublika Bosh ilmiy metodik markazida “Ta’lim tizimi menejmenti” bo‘yicha malaka oshirish kursini tugatgan. Toshkent “Operator algebralar va funksional analiz” ilmiy maktabining vakili.

100 dan ortiq ilmiy maqolalar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. 30 dan ortiq maqolalari AQSH, Pol’sha, Germaniya, Gollandiya, Rossiya, Ukraina va boshqa mamlakatlar davriy ilmiy jurnallarda e’lon qilingan. Ilmiy qiziqishlari matematikaning qismiy integral operatorlar spektral nazariyasi hamda statistik mexanika modellarining Gibbs o‘lchovlari nazariyasiga bag‘ishlangan. “Chastichno integralniye operatori tipa Fredgolma” monografiyasi Germaniyada (2013 yil) chop etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi qoshidagi matematikaning 01.01.01-matematik analiz, 01.01.02 - differensial tenglamalar va matematik fizika, 01.01.05 - ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, 01.01.06 - algebra ihtisosliklari bo‘yicha tayyorlangan doktorlik dissertatsiyalarni muhokamadan o‘tkazuvchi Ilmiy Kengash a’zosi.

Amerika Matematka Jamiyati a’zosi va “Mathematical Reviews” xalqaro matematik tahlil jurnali referenti, O‘zR FAning “O‘zbekiston Matematika Jurnali” tahririyat a’zosi. Y.X. Eshkabilov funksional analiz va uning tadbiqlari bo‘yicha erishgan yutuqlari uchun 2016 yil 10 mayda Amerika Fan va Texnologiyalar Assotsiatsiyasi - American Association for Science and Technology (AASCIT) ning haqiqiy a’zoligiga saylangan.  

                       

Qabul kunlari: Haftaning dushanba va payshanba kunlari. Soat 15-00 dan 18-00 gacha. 

 

 

Vakant – Qarshi davlat universiteti Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori.

 

 

 

Qobilov Anvar Eshpo'latovich – Qarshi davlat universiteti moliya-iqtisod ishlari bo'yicha prorektori, O'zbekiston liberal-demokratik partiyasi a'zosi.

Telefon: +99875 221-00-39

Elektron pochta:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

1979 yil 16 sentabrda tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent avtomobil yo'llari instituti (bakalavr); 2003 Toshkent avtomobil yo'llari instituti (magistratura)ni tamomlagan. 2014 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasini tamomlagan. 

2014 yil 2 sentabrdan Qarshi davlat universiteti moliya-iqtisod ishlari bo'yicha prorektori

 

 Qabul kunlari: Haftaning seshanba va juma kunlari. Soat 15-00 dan 18-00 gacha. 

 

Tog‘ayev Shavkat Xurramovich – Qarshi davlat universiteti Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.

Telefon +99875 221-20-99 

Elektron pochta:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

SH.X.Tog‘ayev 1965 yil tug‘ilgan. 1995 yil O‘zbekiston Milliy Universiteti (sobiq ToshDU) Falsafa fakultetining Falsafa bo‘limini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1982 yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi “Qizil yulduz” kolxozida traktorchilikdan boshlagan. 1985-1987 yillari harbiy xizmatni o‘tagan. 1987 yildan “Glavtashkentstroy”dagi SU-11 qurilish boshqarmasida usta bo‘lib ishlagan. 1990 yildan Toshkent davlat universiteti falsafa fakultetida talaba, 1995 yildan shu fakultetdagi “Ijtimoiy falsafa” kafedrasida aspiranturada o‘qigan. 1999 yildan Toshkent davlat avtomobil yo‘llar institutida “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi  o‘qituvchisi, 2003 yildan O‘zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti “Falsafa” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2006 yildan shu fakultetdagi “Milliy g‘oya va ijtimoiy falsafa” kafedrasi dotsenti, 2012-2015 yillari O‘zMU Huquqshunoslik fakulteti “Milliy g‘oya va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2015 yil dekabridan Qarshi davlat universiteti Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.

2002 yilda "O‘zbek xalqi milliy g‘ururining shakllanishida madaniy merosning o‘rni" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 2008 yili dotsent unvonini olgan. 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shu jumladan, 3 ta monografiya, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 2 ta ilmiy-ommabop risola, 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari chop etilgan.

SH.Tog‘ayev Respublika oliy o‘quv yurtlarida faoliyat ko‘rsatayotgan “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi hamda shu ta’lim yo‘nalishi bazasidagi magistratura mutaxassisligi Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini tayyorlash va takomillashtirishda faol qatnashgan. 10 dan ortiq magistrlik dissertatsiyasi va Bitiruv malakaviy ishlariga ilmiy rahbarlik qilgan. Respublika miqyosidagi 2 ta ilmiy-amaliy anjuman tashkilotchisi.

Ilmiy yo‘nalishi: 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa. "Milliy mafkurani rivojlantirishning ilmiy-nazariy masalalari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.

 

Qabul kunlari: Haftaning payshanba va shanba kunlari. Soat 15-00 dan 18-00 gacha.

JoomShaper