Magistrlik dissertatsiyalar

QARSHI SHAHRINING XVIII ASR IKKINCHI YARMI XX ASR BOSHLARIDAGI TARIXIDAN

Mustaqillik sharoitida jamiyatdagi yangi o’zgarishlarni amalga oshirish jarayonida jamiyat a‘zolarini erkin, demokratik tafakkur va milliy ruhda tarbiyalash vazifalarini bajarishda tarix fanini ahamiyati tobora oshib bormoqda. Mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab xalqning tarixiy xotirasini tiklash, tarix faniga doir tadqiqotlarni har tomonlama takomillashtirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Prezident I.A.Karimov  1998 yil yozida  bir guruh yetakchi  tarixchi olimlar bilan bo’lgan uchrashuvida ta‘kidlaganidek, «...o’z tarixini bilgan, u bilan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur

ko'chirish


 

TALABALAR  NUTQINING  LINGVOMADANIY  VA  SOTSIOPRAGMATIK  XUSUSIYATI 

Mustaqillik  yillarida  ona  tilimizning  qo`llanish  sathi  sezilarli  darajada  kengaydi.  Milliy  tilning  rivojlanishi,  jamiyat  taraqqiyotiga,  milliy  o`zlikni  anglashga  imkon  berdi.  Yurtimizda  oddiy  fuqarolar  yig`inidan  to  Oliy  Majlisgacha  amalga  oshirilishi  olib  borilayotgan  muloqotlarning  davlat  tilida  ekanligi  quvonarli  hol,  albatta.  Bu  esa  mamlakatimizning  barcha  fuqarosini  o`zbek  tilida  erkin,  mantiqli,  adabiy  til  me`yorlariga  amal  qilgan  holda  so`zlashishni  talab  etadi.

ko'chirish


 

TILSHUNOSLIK FANI RIVOJLANISHINING FALSAFIY XUSUSIYATLARI

Insonning tafakkuri, hayot tarzi o’zgarib borsa-da, uning falsafiy bilimlarga ehtiyoji tuganmasdir.Zero, bilim insonga o’zini anglashga, dunyoda o’z o’rnini topishga yordam beradi.XXI asrda mafkuraviy jarayonlarning jadal rivojlanishi dunyoqarash mexanizmlarining ham takomillashishini talab etmoqda.Darhaqiqat, Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Biz odamlarning fikrini boshqarish emas, aksincha, ularning dunyoqarashini kengaytirish va yuksaltirish tarafdorimiz” [Karimov, 2009, b 11], bu esa, falsafiy metodologik jihatlarini tadqiq etishni taqozo etadi.Ushbu dissertatsiyada falsafa va tilshunoslik fanining uzviy bog’liqligi hamda lingvofilosofiyani shakllanishiga turtki bo’lgan davrlar tahlil qilingan

ko'chirish


 

Boshlang‘ich ta’lim jarayonida didaktik materiallardan foydalanishni takomillashtirish yo‘llari

Jahon hamjamiyati mamlakatlari orasida o‘zining mustahkam o‘rni va mavqeiga ega bo‘lib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyoti ko‘p jihatdan yosh avlodni yuksak ma’naviyat va intellektual salohiyat egasi etib tarbiyalashga bog‘liq. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng ijtimoiy hayotning barcha yo‘nalishlari, shu jumladan, ta’lim sohasini isloh qilish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

ko'chirish


 

JoomShaper