Avtoreferatga qo‘yiladigan talablar va uning strukturasi

 

OAK Byulleteni” jurnalida dissertatsiya himoyasi e’lon qilingach ixtisoslashgan kengash ruxsati bilan qo‘lyozma avtoreferat chop etilish kerak.

Avtoreferatda dissertatsiyaning asosiy g‘oyasi va xulosasi, izlanish olib borishda avtorning qo‘shgan hissasi ko‘rsatilishi, yangilik darajasi va natijaning amaliy ahamiyati bayon etiladi. Dissertatsiya avtoreferati tipografiya usulida yoki ixtisoslashgan kengash belgilangan ekzemplyar miqdorida ko‘paytirish apparatlarida chop etiladi.

Avtoreferat yuborilishi shart bo‘lgan muassasalar ro‘yxati belgilangan.

Avtoreferat ixtisoslashgan kengash a’zolariga va dissertatsiya sohasida mutaxassislarga ega muassasalarga ham yuboriladi. Dissertatsiyalarni yuborish himoyadan bir oy olidin amalga oshiriladi.

Ilmiy ma’ruza ko‘rinishidagi dissertatsiyalarda avtoreferat o‘rniga ilmiy dokladning o‘zi yuboriladi.

Nomzodlik dissertatsiyasi avtoreferatining hajmi - 1 bosma taboq, doktorlik dissertatsiyasi avtoreferatining hajmi – 2 bosma taboq bo‘lishi kerak.

Avtoreferatning ustki qismi belgilangan shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi. (8-ilova)

Avtoreferat uchta asosiy bo‘limdan iborat:

  • ishning umumiy tavsifi;
  • ishning qisqacha mazmuni;
  • xulosa,

shuningdek chop etilgan ishlar ro‘yxati va rezyume.

Avtoreferatni qisqacha annotatsiya bilan boshlash mumkin. Annotatsiya tadqiqotchining izlanish ob’ekti va predmetini aniq belgilab berishi, dissertatsiyaning asosiy masalalarini o‘z ichiga olgan 8-10 qatordan iborat bo‘lib, 1 abzas bilan beriladi. U masalan, quyidagi so‘zlar bilan boshlanishi mumkin: “Dissertatsiya ishida ... takomillashtirishga qaratilgan muhim ilmiy masala qo‘yilgan”

Ishning umumiy tavsifida ma’lumotlar quyidagi abzaslar bo‘yicha beriladi:

  • muammoning (ishning) dolzarbligi;
  • muammoning o‘rganilganlik darajasi;
  • dissertatsiyaning ITI rejalari mavzulari bilan bog‘liqligi;
  • tadqiqot maqsadi;
  • tadqiqot masalalari;
  • tadqiqot yo‘nalishi;
  • tadqiqot uslublari;
  • asoslanganlik va ishonchlilik;
  • himoyaga olib chiqilayotgan holatlar;
  • ilmiy yangiligi;
  • amaliy ahamiyati;
  • natijalarning amalga oshirilishi;
  • ishning aprobatsiyasi;
  • natijalarning e’lon qilinganligi;
  • dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi;

Bu bo‘lim hajmi 0,15 bosma taboqni tashkil qiladi.

Ishning qisqacha mazmuni bo‘limlar bo‘yicha briladi. Avtoreferatda oxirgi matematik ifodalar, muhim grafiklar, diagrammalar va jadvallar keltiriladi. Dissertatsiya ishidan olingan yangiliklar natijalarini qisqacha baholash beriladi.

Quyida avtoreferatning bo‘limlar bo‘yicha dissertatsiyaning boshlanish variantlari keltirilgan (bosma qog‘oz hajmi nomzodlik dissertatsiyasi uchun ko‘rsatilgan).

  • “Kirish qismida muammoning dolzarbligi asoslangan ...” (bir bilan berish mumkin).
  • “Birinchi bo‘limda ... tahlili berilgan ...” (0,15b.t.).
  • “Ikkinchi bo‘limda nazariya rivojlantirilgan ...” (xulosa uslublari beriladi) (0,3 b.t.atrofida)
  • “Uchinchi bo‘limda tajriba izlanishlari natijalari keltiriladi ...” (0,2 b.t.)
  • “To‘rtinchi bo‘limda olingan natijalar beriladi ...”(0,15 b.t.).

Xulosa 7-9 ta kengaytirilgan umumiy natijalarni va ish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ularning sxematik qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • Istiqbolli ..... tahlili bajarildi (aktualligini asoslash).
  • ......imkonini beruvchi protsedura modeli tavsiya qilinadi (yechim uslublari haqida)
  • Konstruktiv ishlangan va yaratilgan ........., patentlar olingan va h.k.
  • Birinchi bor masalalar qo‘yilgan va yechilgan (yangilik).
  • Model takomillashtirilgan (uslubiyot).
  • Fan yutuqlari tufayli masalalarning yechimi mumkin bo‘ldi ......(asoslanish darajasi).
  • Olingan yechimlar ......imkonini beradi. (amaliy va ilmiy ahamiyati). Natijalar yetakchi korxonalarda tatbiq qilindi.

Avtoreferat yakunida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tadqiqotchining ilmiy nashrlardagi chop etilgan ishlari keltiriladi. Ularda dissertatsiya ishining asosiy ilmiy natijalari, shuningdek uch tildagi – o‘zbek, rus, ingliz tildagi rezyume aks etadi.

Avtoreferatning har bir nusxasida barcha rezyumedan keyin dissertantning imzosi bo‘lishi kerak.

JoomShaper