01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborish

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi ta`lim muassasalarida Elektron ta`limni joriy etish markazi bilan hamkorlikda navbatdagi yangi- “Abituriyentlarning hujjatlar to`plamini qaytarib olish uchun elektron murojaat yuborish” xizmati joriy etildi.

Oliy o`quv yurtlariga kirish uchun topshirilgan hujjatlar to`plamini imtihon natijalari e`lon qilingandan so`ng qaytarib olish zaruriyati tug`ilganda, abituriyentlar Yagona portal orqali to`g`ridan-to`g`ri ariza yuborishlari mumkin. Joriy etilgan yangi xizmat viloyatlarda, oliy o`quv yurtidan olisda istiqomat qiluvchi abituriyentlar uchun hujjatlar to`plamini qaytarib olishda qulay imkoniyat yaratadi. Xizmat natijasiga ko`ra, abituriyentga buyurtma pochta orqali hujjatlar to`plami qaytariladi. Arizachi yashash manziliga yaqin bo`lgan pochta bo`limlariga tashrif buyurib, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etgan holda hujjatlarni olishi mumkin.

Mazkur xizmatni ko`rsatishda abituriyent hujjatlari to`plamini tayyorlash, qayta ishlash va yetkazib berish uchun eng kam oylik ish haqining 15% miqdorida to`lov amalga oshirilishi ko`zda tutilgan.

Abituriyentlarning hujjatlar to'plamini qaytarib olish uchun elektron to'lov

Oplata.uz

Xizmatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga tashrif buyurish kerak

https://my.gov.uz 

Manba: www.edu.uz

JoomShaper