01 / 07
02 / 07
03 / 07
04 / 07
05 / 07
06 / 07
07 / 07

Talabalarning ilmiy faoliyati

Iqtidorli talabalar – bizning kelajagimiz

Universitetda iqtidorli talabalar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘quv yili boshida bo‘limning yillik ish rejasi tasdiqlangan.

Barcha fakultetlarda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha mas’ullar tayinlangan bo‘lib, rejaga ko‘ra iqtidorli talabalarning yangi tarkibi shakllantirilgan. Universitetda 439 nafar iqtidorli talaba bo‘lib, ular bilan ishlash uchun professor-o‘qituvchilar biriktirilgan. Mutaxassis tayyorlovchi kafedralar qoshida talabalar uchun fan to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib, unda faoliyat yuritayotgan talabalar o‘zlarining maqolalari bilan viloyat va respublika konferensiyalariga ishtirok etib kelishmoqda. Jumladan, 2017 yilda “Fan, taraqqiyot va yoshlar” ilmiy-amaliy konferensiyasida iqtidorli talabalar tomonidan 447 ta ilmiy maqola, “Ilm-fan va innovatsiya” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida universitet professor-o‘qituvchilari hamda magistr-talabalar tomonidan 48 ta ilmiy maqola nashr qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017- yil 23-martdagi 162-sonli buyrug‘i asosida universitetda 2017-yilning 27-martidan 15-apreligacha “Respublika talabalar Fan olimpiadasi”ning I bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Shundan 35 nafar talaba Fan olimpiadasining II bosqichida mutaxassislik va umumkasbiy fanlar bo‘yicha muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Ulardan tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Kattaboyeva Gulnoza Safarovna biologiya (mutaxassislik) fani bo‘yicha 1-o‘rinni, tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) yo‘nalishi 4-kurs talabasi To‘xtayev G‘olib Sobirovich tarix fani bo‘yicha 3-o‘rinni va shu fakultetning turizm yo‘nalishi 4-kurs talabasi Qurbonova Malika Ahmad qizi servis fani bo‘yicha 3-o‘rinni, pedagogika fakulteti psixologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasi Ergashev Quvonch Orifjon o‘g‘li psixologiya fani bo‘yicha 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

  Universitet iqtidorli talabalari orasida 2016-2017-o‘quv yili uchun bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari va Davlat stipendiyalariga tanlovning 1-bosqichi o‘tkazildi. Unda barcha tashkiliy ishlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 10-iyundagi 87-02-1969-sonli modemogrammasiga binoan olib borildi. Universitet rektorining  buyrug‘i asosida tuzilgan imtihon komissiyasi tomonidan sinov imtihonlarini o‘tkazish jarayonida adolatlilik prinsiplariga qat’iy amal qilindi. Sinovda yuqori natija ko‘rsatgan “Ijtimoiy-gumanitar va ijtimoiy fanlar” yo‘nalishi bo‘yicha 1 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga, 7 nafar talaba esa Davlat stipendiyalari Respublika bosqichida ishtirok etish uchun saralab olindi va to‘rt nafar talaba Davlat stipendiyasiga munosib topildi. Navoiy Davlat stipendiyasiga Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti 4-kurs talabasi Omonova Sarvinoz Orif qizi va O‘zbek filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi Boymirova Dilshoda Oblayor qizi, Ulug‘bek Davlat stipendiyasiga Fizika-matematika fakulteti 4-kurs talabasi Murodov Shukrilla Abdusaid o‘g‘li hamda Islom Karimov Davlat stipendiyasiga Tabiiy fanlar fakulteti 3-kurs talabasi Kattaboyeva Gulnoza Safarovnalar sazovor bo‘lishdi.